O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Marketing omillari — ishlab chiqarish xatti-harakati uchun zarur 
bo‘lgan bozor shart-sharoitlari. 
Marketing rejasi — tanlangan konsepsiya va ishlab chiqilgan 
marketing strategiyasiga asoslangan ma’lum davr (operativ yoki 
istiqbolli) uchun firma rahbariyati tomonidan mo‘ljallangan hujjatlar 
to‘plami. Marketing rejasi marketing bo‘limlari harakatini boshqa-


405 
ruvchi va yo‘naltiruvchi nazorat raqamlari rejaviy ko‘rsatkichlar, 
grafiklar, prognozlar va xomashyo, talab balanslarini o‘zida aks ettiradi.
Marketing tahlili (ingl. marketing analysis) — kompaniyaning 
bozordagi imkoniyatlarini, u yoki bu tarzda bozor bilan bog‘liq bo‘lgan 
boshqa omillarni baholash, shu jumladan, ichki mikro va makromuhitni, 
bozorda raqobatchilik xulq-atvori taktikasi va strategiyasiga nisbatan 
kompaniya uchun manfaat va qiziqish uyg‘otadigan barcha tomonlarni 
baholashdir. 
Marketing tizimi — korxona bilan uning hamkorlari va tovarlari 
(xizmatlari) sotiladigan bozordagi subyektlarni o‘zaro bog‘lab turuvchi 
eng muhim munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi. Marketing 
tizimiga ta’minotchilar, vositachilar, sotuvchilar, iste’molchilar, raqobat-
chilar va korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bozor subyektlari 
kiradi.
Maqsadli marketing — bozor segmentlarini chegaralash, chegaralangan 
segmentlardan bir yoki bir nechtasini tanlab olish va har bir tanlab 
olingan segment uchun alohida-alohida tovarlar marketingi kompleksini 
ishlab chiqish jarayoni.
12
Mahsulot nufuzi / mahsulot imiji (ingl. product image) — bozorda 
tovar yoki xizmat qanday qabul qilinishini aniqlovchi fikrlash jarayoni.
Mahsulot sotish direktori / marchandayzing direktori (marchan-
dising direktor) — ishlab chiqaruvchi, chakana, ulgurji savdo, diler, 
distribyutor tomonidan mahsulot sotishga yo‘naltirilgan marketing 
faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan shaxs. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin