O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketingda tashqi soha elementlari



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
4.4. Marketingda tashqi soha elementlari 
Har qanday tizim kabi marketing tizimi ham o‘ziga xos xususiyat-
larga ega, ya’ni o‘zining belgilari, qonuniyatlari, maqsad va vazifalari 
mavjud. Bu tizim har bir elementi tashqi muhit omillariga bog‘liq. 
Marketing tizimining tashqi muhitining muhim elementlariga 
avvalambor, quyidagilarni kiritish lozim. 
1) ta’minotchilar; 2) raqobatchilar; 3) vositachilar; 4) iste’molchilar 
(bozor); 5) firma.
Firmaning samarali faoliyati bevosita sanab o‘tilgan tashqi muhit 
elementlari bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar ham unga bevosita 
ta’sir etadi. 
Ta’minotchilar – marketing tizimining subyekti bo‘lib, ularning 
funksiyasiga hamkor firmalarni zarur xomashyo va kerakli asbob-
uskunalar bilan ta’minlashdan iborat. 
Raqobat – bozorda ishlab chiqarish va tovarlarni sotish 
(o‘tkazish)ning bozordagi eng yaxshi shart-sharoitlari uchun iqtisodiy 
raqobatchilik shakli. 
Raqobatchilar– marketing obyekti sifatida samarali yo‘llarni izlab 
raqobatda ilgarilab ketishni xohlab, ular ta’minotchilarni eng qulay va 
yaqinda joylashganini tanlashga urunadilar, vositachilardan foydala-
nishda ham eng maqbulini topadilar, iste’molchilarni o‘zlariga jalb 
qilishga harakat qilib, yangi yangi tovar turlarini ishlab chiqadilar. 
Raqobatchi firmalarning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib o‘z 
strategiyalarini ishlab chiqadilar. 
Raqobat muhitini o‘rganish biznesda muvaffaqiyatga erishishga 
imkon beruvchi samarali raqobat strategiyasini ishlab chiqish uchun 
zarur. Bozorning ulushi, firma daromadining darajasi kompaniya 
raqobatchilarga qarshi qanchalik samarali kurasha olishi bilan 
belgilanadi. 


102 
Raqobatchilik tahlilini ishlab chiqishning tan olingan yetakchisi 
Garvard biznes maktabining professori Maykl Porterdir. Uning fikricha
korxonaning raqobat muhitini shakllantiruvchi raqobatchi kuchlar beshta 
guruhga bo‘linadi. 
1. O‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilar 
o‘rtasidagi) raqobatchilik kuchi.
2. O‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchilar, o‘sha 
ehtiyojning o‘zini, lekin bir qancha boshqa usullar bilan samarali 
qanoatlantiruvchi tovarni taklif qilish bilan raqobatni keskinlashtirishi 
mumkin. Ko‘pincha, aynan mana shu guruhning raqobatchilik kuchi 
firma uchun vayron qiluvchi bo‘ladi. 
3. Mahsulotlar va yarim fabrikatlarni komplektlovchi xomashyo va 
materiallar yetkazib beruvchilar. Bu guruh vakillarining firmaning 
raqobat potensialiga ta’sir etish kuchi yetkazib beruvchilarning o‘z 
tovarlari narxini oshirishi va shu tarzda firma mahsuloti tannarxiga ta’sir 
o‘tkazish yoki yetkazib beriladigan mahsulot va xizmatlarining sifatini 
pasaytirish va shu tarzda firmaning mahsulotlari yoki xizmatlari sifatiga 
ta’sir etishdan iborat. 
4.Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi. 
5. Xaridorlarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishi.
Mahsulotlarni sotib oluvchilar (xaridorlar) ham, vositachilar ham 
raqobatni kuch sifati tovarlarda belgilangan iste’mol sifati bo‘lishini 
yoki yaxshi xizmat ko‘rsatishning talab qilishga, shuningdek, pasaytirish 
maqsadida narxlarga bosim o‘tkazishga qodir. 
O‘xshash mahsulotlarning potensial ishlab chiqaruvchilari 
iste’molchilarni o‘z mahsulotlariga qayta jalb qilishi, shuningdek, mah-
sulotning potensial iste’molchilarini jalb qilishi mumkin. Raqobat-
chilarning har bir guruhini o‘rganish firmaning alohida strategiyasini 
ishlab chiqishni talab qiladi, bu esa marketing bo‘yicha mutaxassis-
larning majburiyatlaridan biridir. Tovar bozorida to‘g‘ri raqobatchilar 
o‘rtasida raqobat kurashining jadalligi va aniq shakli raqobatning 
xarakteriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu raqobatchilar harakati natijasida 
yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi darajasini xarakterlaydi. 
Tovarning raqobatbardoshligi – bu tovarda yakunlangan, xaridor uchun 
narx, u tovarni sotib olishga undaydi (xaridorda tovarni sotib olish 
istagini qo‘zg‘atadi). Raqobatbardoshli tovar, birinchidan, xaridor uchun 
shunchalik foydali, qiziq bo‘lsinki, uning uchun o‘z pulini berishga 
tayyor bo‘lsin ikkinchidan, xaridor uchun boshqa firmalarda ishlab 


103 
chiqarilgan o‘xshash yoki iste’mol sifati bo‘yicha o‘xshaydigan tovarga 
nisbatan ancha qiziqarliroq bo‘lsin. 
Firmalarning raqobatbardoshligi – uning raqobat sharoitida bozorda 
egallab turgan ulushini saqlab qolish yoki kengaytirishga imkon 
beruvchi marketing potensialidir. 
Aniq bozordagi raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda 
amalga oshiriladi: 
1. Bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash.
2. Tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniq-
lash. 
3. Tayanch raqobatchilarni baholash.
4. Raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish.
5. Potensial raqobatchilarni aniqlash. 
Raqobatlarning tahlili firmaning va raqobatchilikning tarmoq 
ichidagi, tarmoqlararo narxlarga oid va narxlarga oid bo‘lmagan kabi 
turlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi.Tahlilni o‘tkazishda iqtisodchilar 
tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish 
muhimdir. Odatda, bunday tuzilishni 4 ga bo‘lish mumkin: sof (yoki 
takomillashgan) raqobat, oligopoliya, monopolistik raqobat va 
monopoliya. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin