O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Iste’molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta’sir



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
8.4. Iste’molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta’sir 
qiluvchi omillar 
 
Marketing asosini inson ehtiyojlari va inson talablari g‘oyalari 
tashkil etadi. 
Iste’molchi – tovarlarni sotish uchun emas, shaxsiy ehtiyoji uchun 
foydalanadigan bozor subyekti. Iste’molchi hamisha ham xaridor bo‘la-
vermaydi.
Turli belgilar asosida iste’molchining turli xili ajratiladi. 
Tovarning maqsadli vazifasi bo‘yicha: individual iste’molchilar 
(shaxsiy maqsadlar uchun); muassasa (kasbiy faolityatni tashkil etish 
uchun); ishlab chiqarish iste’molchilari (ishlab chiqarish maqsadlarida). 
Tovarni uning hayot siklining turli bosqichlarida sotib olishga 
tayyorligiga ko‘ra novator iste’molchilar, erta muxlis bo‘luvchilar (joriy 
etish), ertangi ko‘pchilik (o‘sish), kechikkan ko‘pchilik (yetuklik), 
orqada qoluvchi qoloq (tanazzul) – iste’molchilarga ajratiladi. 
Psixologik o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra: ekstravertlar (jamiyat-
ning faol, ijodiy, hayotni sevuvchi) va introvertlar (taqlid qiluvchilar
konservatorlar), sangviniklar, xoleriklar, flegmatiklar, melanxoliklar. 
Narxga munosabati bo‘yicha: tejamkorlik, hech narsaga qiziqmay-
diganlar, oqillar. 


184 
Xarid vaqtida kirishimliligi bo‘yicha: xasis, loqayd, bamaylixotir 
iste’molchilar farqlanadi. 
Marketing tadqiqotlari davomida iste’molchilarni turlarga ajratish 
bozorda ishlovchi (xodim)ga uning xarakterli chizgilariga mos keluvchi 
marketing kommunikatsiya vositalarini (tovar, narx, savdo (o‘tkazish) 
ishlab chiqish imkonini beradi. 
Iste’molchilarni o‘rganish qanday xaridorlar bozorni shakllantiradi, 
degan savolga javob beribgina qolmaydi. Shuningdek, ular nimani sotib 
olayapti? Nima uchun? Xarid jarayonida kim ishtirok etayapti? Qachon 
va qayerda sotib olayapti? kabilarni aniqlash ham muhim. 
Sanab o‘tilgan savollarga javoblar xaridorning xarid qobiliyatini 
modellashtirish imkonini beradi. Iste’molchilar xarid qobiliyatini 
(muomalasini) modellashtirish jarayoni quyidagilarning tahlilini o‘z 
ichiga oladi: 
- xaridorlarning fe’l-atvorini aniqlovchi omillarni
- tovarni xarid qilish jarayonini. 
Xaridorning xarid qobiliyati, ta’sir etuvchi tashqi omillarni ikkita 
katta guruhga ajratish mumkin: 
- marketing kompleksi vositasida xaridorning xarid qobiliyati ta’sir 
etishi mumkin bo‘lgan marketing xizmati faoliyatiga bog‘liq bo‘luvchi: 
taklif qilinadigan tovarga, uning narxiga foydalaniladigan sotish 
(o‘tkazish) va yo‘naltirish tizimlariga
- marketing xizmati faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan: iqtisodiy, 
demografik, tabiiy, ilmiy-texnikaviy, siyosiy, madaniy omillar. 
Bundan tashqari iste’molchining xarid qobiliyati uning ijtimoiy, 
shaxsiy, psixologik, madaniy xarakteristikalari bilan ham aniqlanadi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan hamma omillar ko‘pincha xaridorning tovar 
sotib olish haqida bevosita xaridni amalga oshirgunga qadar qabul 
qilgan qarori jarayonini belgilab beradi. U beshta bosqichidan iborat: 
- Ehtiyojni anglab yetish. 
- Informatsiyalar qidirish. 
- Qulay variantni tanlash. 
- Xarid (sotib olish) haqida qaror qabul qilish. 
- Xaridga reaksiya. 
Bu bosqichlarni bilish bozorda faoliyat yurituvchiga u yoki bu 
bosqichda o‘zini qanday tutish, uning marketing kuchi qanday bo‘lishi 
kerakligini tushunishga yordam beradi. Dastlabki uch bosqich ishlab 
chiqaruvchidan ma’lumotlar manbalarining kengaytirilgan diapazonini 


185 
hisobga olgan holda o‘z mahsulotlari haqidagi ma’lumotlarni xaridorlar 
foydalanishi uchun tushunarli qilishni talab qiladi. Keyin tovarning tekin 
namunalarini ko‘rsatish (berish), reklama, servis, xaridorlarning xarid 
qilish haqidagi fikrlarini o‘rganish, tovarni almashtirish, pulni qaytarish
bozorga yanada sifatli tovar chiqarish zarur. 
Iste’molchilarni o‘rganishdan asosiy maqsad ularning ehtiyojini 
to‘laroq qondirish maqsadida talabini aniqlashdan iborat. 
Iste’molchilarning talabini to‘laroq qondirish uchun avvalo, mavjud 
ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish, o‘sish qonuniyatlarini o‘rganish va 
yangi ehtiyojlarning shakllanishi borasida ma’lumotlarga ega bo‘lish 
talab etiladi. 
Iste’mol tovarlarini xarid qilish turli xaridorlar guruhi bo‘yicha 
turlicha xususiyatlarga ega. Bu odatda, xaridorning tayinli tovarga 
munosabati, xarid ishtiyoqi va fe’l — atvori (talabi) ga ko‘p jihatdan 
bog‘liq bo‘ladi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin