39
Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasi. Marketingni o‘zaro
aloqaviy
konsepsiyasining asosiy g‘oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni
qatnashchilari o‘rtasidagi munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi.
Marketingni o‘zaro aloqasi samarali kommunikatsiya,
shaxsiy muloqotlar
ahamiyatini oshiradi. Marketingni o‘zaro aloqasi kommunikatsiyani kengroq jihatda
– kompaniya(firma) bilan uning sheriklari o‘rtasidagi daromad olib keluvchi
xohlagan o‘zaro aloqasi sifatida ko‘radi.
Savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qo‘llanish jarayoni o‘tish
davri
iqtisodiyotining xususiyatlari bo‘lib hisoblanadi. XXI asrning 2008-yilida iqtisodiyoti
rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqirozning vujudga kelishi natijasida moliya
bozorlari xizmatlarida marketing tizimini keng qo‘llash ahamiyati yanada ortdi.
Marketing evolyusiyasi marketing konsepsiyasini,
shaklini va elementlarini
o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Quyidagi 2.3-jadvalda marketing evolyusiyasini nazariy
asoslari, uslublari, qo‘llash sohalari bilan tanishib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: