2.5–rasm. Xolistik marketing konsepsiyasining tuzilishi
6
Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, o‘zaro munosabatlar marketingi – bozorning
tayanch hamkor kompaniyalari (xaridorlar, ta’minotchilar, distribyutorlar va
boshqalar) bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish
maqsadidagi amaliyot jarayonidir. O‘zaro munosabatlar marketingi hamkorlar bilan
tor doiradagi iqtisodiy, texnik va ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishga yo‘naltirilgandir. Bu
hamkor guruhlari bilan zarur bo‘lgan munosabatlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Jami uchta hamkor guruhi: ishchilar, marketing hamkorlari (taqsimot kanallari,
ta’minotchilar, dilerlar) va moliyaviy hamjamiyatlar (aksionerlar, investorlar,
tahlilchilar) mavjud. Bu marketing turida asosiy tamoyil oddiy: bir–biriga qiziquvchi
tayanch qiziquvchi guruhlarning foydali munosabatlar tizimini yaratish – bu biznes
muvaffaqiyatini kafolatlaydi.
Munosabatlar marketingining tarkibiy o‘qini «mijoz bilan o‘zaro
munosabatlarni boshqarish» (yoki Customer Relationship Management) tushunchasi
ifodalaydi. CRM – axborot texnologiyalaridan faol foydalaniladigan marketing
strategiyasi bo‘lib, keng ma’lumotlar to‘plami yaratish va qo‘llashni o‘z ichiga oladi
6
Эргашходжаева Ш.Ж. Холистик маркетинг концепцияси ва уни корхоналар фаолиятига татбиқ этиш. Илмий
мақола. –Иқтисодиёт ва таълим, 2014. 4-сон.
Xolistik marketing konsepsiyasi
Firmaning
ichki
marketingi
Integrasiyalash
gan marketing
Ijtimoiy
javobgar
O’zaro
munosabatlar
marketingi
Top-
menejment
Boshqa
bo’limlar
Marketing
bo’limi
Kommunikatsiya
marketing
Tovarlar va
xizmatlar
Kanallar
Etika
Ekologiya
Huquq
Jamiyat
Xaridorlar
Kanallar
Hamkorlar
44
hamda kompaniyalarga shaxsiy yondoshuvga asoslangan o‘zaro manfaatli
munosabatlar yaratish maqsadida mijozlar haqida axborot to‘plash va qayta
ishlashga imkon beradi. CRM yondashuvi ommaviyligining o‘sishi 1990- yillar
oxirida internet texnologiyalari paydo bo‘lishi bilan ta’minlangan. Xolistik
marketingda, munosabatlar marketingining maqsadi – korxona va mijoz uchun o‘zaro
manfaatli foydani ifodalaydigan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish,
rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Tahlil, mijozning (korxona, xaridor,
iste’molchi) individuallashuviga yo‘naltiriladi hamda ishonchli mijozlar va
ta’minotchilar o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi.
Keyingi maqsad esa ushbu mijoz uchun tovar va xizmatlarni to‘g‘ri tanlashdan iborat.
Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak, one-to-one marketing (yoki munosabatlar
marketingi) maqsadi – har bir mijoz bilan munosabatlar o‘rnatish, rivojlantirish va
aynan unga xizmat ko‘rsatish bo‘lib, bunda mijozni ehtiyojini qondirish uchun
axborot texnologiyalari va ma’lumotlar to‘plamlaridan foydalaniladi.
Integratsiyalashgan
marketingda
faol
bozor
subyektining
vazifasi
–
iste’molchilar uchun to‘liq integratsiyalashgan marketing dasturini tuzish, siljitish
va qadriyatlarni ko‘rsata bilishni hamda marketing chora–tadbirlarini ishlab
chiqishdan iborat. Kompaniyalarda talabni boshqarish, resurslarni boshqarish va
sherik hamkorlar tarmoqlarini boshqarish tizimi integratsiyalashgan bo‘lishi lozim.
Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida yana bir tarkibiy qismi bo‘lgan
ichki marketing turida tashkilotning barcha xodimlari, eng muhimi uning rahbariyati
tomonidan kompaniyada marketing tamoyillarini tatbiq etishni ta’minlash muhim
bo‘lib hisoblanadi. Agar korxona ishchilari uni ta’minlashga tayyor bo‘lmasa, ularga
a’lo darajagi xizmat ko‘rsatishni va’da berishning ma’nosi yo‘qdir. Ichki marketingda
faqatgina marketing bo‘limi emas, balki boshqa bo‘limlar ham o‘zaro bog‘liq holda
mijozlarga ta’sir ko‘rsatishi zarur bo‘ladi.
Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy javobgar marketingda
ekologiya, ahloqiy, huquqiy va ijtimoiy mazmundagi marketing chora–tadbirlari va
dasturlari inobatga olinadi. Ijtimoiy javobgar marketing konsepsiyasi, marketing
amaliyotida ijtimoiy va axloqiy masalalarni hisobga olishni talab etadi. Bu o‘rinda
45
marketologlar
korxonaning
foyda
olishini,
iste’molchilarning ehtiyojlarini
qondirishni va jamiyat qiziqishlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liklikni topishi zarur bo‘lib
hisoblanadi. Ijtimoiy marketing iste’molchilar va ushbu tovar o‘rtasida
ayirboshlashga ijobiy ta’sir etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadigan notijorat harakatlarini o‘z ichiga oladigan marketing faoliyatini
shakllantirish va rivojlantirish jarayonidan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy marketingdan oldin
ijtimoiy-axloqiy marketingi mavjud bo‘lgan bo‘lib, uning uchun birlamchi vazifa
uzoq muddatli istiqbolda iste’molchi uchun qulaylik izlab topish va korxona uchun
foyda topishdan iborat bo‘lgan. Ijtimoiy marketingga yaqin yondashuv – jamoatchilik
marketingi va ekologiya marketingi bo‘lib hisoblanadi.
Xulosa sifatida, korxonalar faoliyatida xolistik marketing konsepsiyasini
qo‘llash quyidagilarga imkon beradi:
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, korxonalar
faoliyatida xolistik marketing konsepsiyasini qo‘llash quyidagilarga imkon beradi
7
:
- firmaning rahbariyati tomonidan marketing tamoyillarini tatbiq etishda
faqatgina marketing bo‘limi emas, balki boshqa bo‘limlar ham o‘zaro bog‘liq holda
mijozlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi;
- integratsiyalashgan marketingda iste’molchilar uchun marketing dasturi ishlab
chiqiladi, shuningdek kompaniya ichida va tashqarisida marketologlar hamkorlar
bilan o‘zaro sherikchilik asosida harakat qilishi zarur bo‘lib hisoblanadi;
- ijtimoiy marketingda iste’molchilar tovar sotib olishga va foyda olishga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadigan notijorat harakatlarni o‘z ichiga oluvchi marketing faoliyatini
rivojlantirishga e’tibor qaratadi;
- mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar marketingida tahlil ishonchli mijozlar bilan
ta’minotchilar o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi.
Hozirda asosiy o‘zgarishlar mijozlar bilan munosabatlarda kuzatilmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda iqtisodiy islohotlarini
yanada chuqurlashtirish sharoitida korxonalarda marketing innovatsiyalarini tatbiq
7
Эргашходжаева Ш.Ж. Холистик маркетинг концепцияси ва уни корхоналар фаолиятига татбиқ этиш. Илмий
мақола. –Иқтисодиёт ва таълим, 2014. 4-сон. 76-79 бетлар.
46
etish, ayniqsa marketingda xolistik marketing konsepsiyalaridan samarali foylanish
mijozlar uchun o‘zaro manfaatli, foyda hajmini ko‘paytirishga olib keladigan uzoq
muddatli munosabatlarni o‘rnatishda muhim ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: |