Abu rayhon beruniyning pedagogik qarashlari


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73788
1   2   3   4   5   6
112-117

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume – 6_ Issue-2_May_2022 
114 
shubhalarni bartaraf qilish, bunda juda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish lozimligi, 
o‘zlashtirilgan bilimlar hayotda tajriba qilib olinmasa, bundan hech naf bo’lmasligi 
haqida gapiradi. X-XI asrlarda Beruniyning didaktikasidagi ta’lim berish usullari va 
metodlari ayrim jihatlarining soddaligi va qarama-qarshiliklariga qaramasdan, katta 
kashfiyotligi va ilmiyligi bilan qimmatlidir. Beruniy «Hindiston», «Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Mineralogiya», «Geodeziya» kabi asarlarida 
inson va jamiyatning paydo bo‘lishi, davlatni boshqarish siyosati, ijtimoiy adolat, 
jamoa faoliyati, mehnat taqsimoti va pul muomalasi, oila va nikoh munosabatlari 
masalalariga ham to‘xtaladi. Beruniy inson va jamiyatning paydo bo’lishi 
masalasiga to‘xtalib: «Qadimgi tarixlarning eng avvalgisi va eng mashhuri 
bashariyatning boshlanishidir», deydi. Beruniy kishilik jamiyati paydo bo‘lishi 
haqida fikr yuritar ekan, insonlar o‘rtasida tafovutlar bo’lsa-da, kishilaring ichki 
tuzilishi barchada umumiydir, degan xulosaga keladi. Ana shu nuqtayi nazardan 
xalqlarning turli ajdodlaridan paydo bo’lgan degan ehtimolni butunlay rad etdi. U 
inson bilan maymun o‘rtasida o‘xshashlik borligini juda ko‘p ilmiy dalillar asosida 
tushuntirib beradi: «Ular a’zolarining o‘xshashligi bilan, tashqi ko‘rinishlari ham 
o‘xshab ketadi». Beruniy fikricha, inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Lekin 
mutafakkir insonning hayvondan farq qiladigan bu xususiyati qanday paydo 
bo’lganligini tushuntirganda, xudoga murojaat qilib, insonni xudo azaldan shunday 
yaratgan, deydi. Ayniqsa, mutafakkiming insonning jismoniy tuzilishi va butun 
faoliyatini aniqlashda jo‘g‘rofiy omilning roli haqidagi fikrlari katta ahamiyatga ega: 
«.. .(odamlar) tuzilishlarining rang, sur’at, tabiat va axloqda turlicha bo’lishi 
faqatgina nasablarning turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va yer (odam 
yashaydigan joy)laring turlichaligidan hamdir». Beruniyning fikricha, pul tufayli 
faqat turli tovarlar ayirbosh qilinmay, balki begona kuch ham yollanadi: «Biri 
ikkinchisini yollaydi, ya’ni bir kishi ikkinchisiga adovatli shartnoma tufayli doimo 
ishlashi kerak, buning evaziga u mukofotlanadi». Yollanma mehnat orqali Beruniy 
faqat odil mehnat shartnomasini ko’ribgina qolmasdan, u har qanday majburiy 
mehnatga qarshi chiqib: «Zo‘rlik va yollash orqali amalga oshadigan majburiy 
mehnat doim to‘g‘ri emas», degan xulosaga keladi. Eng muhimi, Beruniy davlat 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin