JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
WSRJournal.com
Volume – 6_ Issue-2_May_2022
112
ABU RAYHON BERUNIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
Ikromova Rayhon
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
O`zbek tili va adabiyoti universiteti 3-kurs talabasi
Annotatsiya. Biz ushbu maqolada Abu Rayhon
Beruniyning pedagogik
qarashlari, tarbiya va ta’lim haqidagi fikrlari bugungi kunda qanchalik ahamiyat
kasb etishini yoritamiz. Beruniyning fikricha komil shaxsni tarbiyalashda nimalarga
e’tibor qaratish kerakligi, tarbiya va ta’limni bir-biridan
ajratmagan holda bilim
berishning mohiyatini tushuntirib o’tamiz.
Kalit so`zlar. Pedagogika tarixi, pedagogik qarashlar, ta’lim-tarbiya,
komil
inson, talaba-o’quvchi,didaktika, metod.
Pedagogika fani tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Vatanimizda yetishib
chiqqan buyuk qomusiy olimlarning pedagogik qarashlarida olg’a surilgan
insonparvarlik,
komil insonni yetishtirish, yoshlarda insoniy fazilatlarni
shakllantirish xususidagi g’oyalari, ta’lim, bilim berish, tarbiyalash vositalari, ta’lim
va tarbiyani amalga oshirish usullari haqidagi tavsiyalari milliy pedagogika tarixi
rivojiga qo’shgan hissalari bugungi kunda ham yoshlar
tarbiyasi uchun xizmat
qilmoqda.Xuddi shunday qomusiy olimlarimizdan biri Abu Rayhon Muhammad
ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048)hisoblanadi. Alloma quyidagi pedagogik
tamoyillar, o‘quv-tarbiya shakllari va usullarining shaxsni
kamolga yetkazishdagi
o‘rni va roli beqiyosdir.. Bemniyning ta’kidlashicha, bilim olish va insoniyat
yaratgan bilimlarni egallash uchun o‘quvchi-talabadan dastlab axloqiy poklikni
talab qiladi.
Shuningdek, ta’lim bilan tarbiyaning bir butunligini ko‘rsatadi, faqat
shu birlikka amal qilgan shogirdlar kamolot sari bora oladi, deb ishontiradi. O
‘quvchi-talabalarning yaxshi o‘qishi uchun muallim rostgo‘y,
savodxon,
shogirdlariga prinsipial yumshoq muomalali bo’lishi kerak. Muallim o‘quvchi-
talabani doimo to‘g‘ri yo’lga boshlashi, uning sezgir va talabchan bo’lishi