Abu rayhon beruniyning pedagogik qarashlari


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73788
1   2   3   4   5   6
112-117

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume – 6_ Issue-2_May_2022 
115 
xazinasida pul jamg’armalarini bo’lishini va ulami davlat vazifalarini bajarish 
hamda mukofotlar uchun sarflanishi zarurligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, Beruniy 
oltin, kumush va qimmatbaho toshlarning jamg‘arilishi tufayli turli xil yovuzliklar, 
jinoyatlar, insonning haq-huquqini kamsituvchi g’ayritabiiy xatti-harakatlar sodir 
bo’lishini qoralaydi. Shu munosabat bilan Beruniy o‘ziga zamondosh shoir Ahmad 
ibn Forisning quyidagi she’rini dalil sifatida keltiradi: Kishiga faqat uning 
dirhamlariga qarab baho berishadi. Biron kishida (aqalli) ikki dirham bo’lmasa, unga 
o‘zining qaylig’i ham boqmay qo‘yadi. Shu qadar xo ‘rlanadiki, unga nafrat bilan 
qaraydi. Hatto (begona) mushuklar ham uni bulg‘ab ketadi. Ravshanki, pul va 
boyliklar o‘rtasidagi mulkiy notenglik-ziqnalik, yolg‘onchilik, munofiqlik va 
hushomadgo’ylikni, ayniqsa, kishilarning o‘z bilimlariga, qobiliyatlari va axloqiy 
xislatlariga muvofiq bo’lmagan yuksak mavqeyini egallashlariga olib kelishi 
mumkin. Alloma ijtimoiy adolatga zo‘ravonlik va inson qadr-qimmatini tahqirlashni 
qarshi qo‘yadi: «Agar adolat butun kamolatning majmui bo’lsa, yomonlik - uning 
qarama-qarshisidir, butun nuqsonlaming yig‘indisidir», - deb ta’kidlaydi. Olimning 
uqtirishicha, ba’zilar adolat niqobi ostida tuban va yaramas ishlar bilan 
shug‘ullanadilar. Beruniy bunday yomonliklar-u, falokatlarning sababchisi 
adolatsizlik va qonunsizlikdir, deb tushunadi. Beruniy har qanday zo‘rlik va 
adolatsizlik, istibdod va shafqatsizlikning ashaddiy dushmani edi, u faqat ijtimoiy 
jihatdagina emas, balki bu masalaga axloqiy-huquqiy nuqtayi nazardan ham 
yondashadi. Alloma jamiyatdagi axloqsizlikning eng yomon ko‘rinishi zo‘ravonlik 
va o‘g‘irlikdir, deb bunday toifadagi kishilarni jazolash va qayta tarbiyalash 
yo’llarini ko‘rsatadiki, bu olimning insonparvar qonunshunos ekanligini tasdiqlaydi: 
«O‘g‘irlikka kelsak - o‘g‘irlangan narsaning miqdoriga qarab jazo beriladi. Ba’zan 
zo‘r darajada va o‘rta darajada xalqlarga ibrat bo’ladigandek jazo berib, goho 
qiynash va tovon to’latishga, goho xalq o‘rtasiga chiqarib yoyish va oshkora qilish 
bilan to‘xtatiladi». Beruniy bunday kishilarning axloqiy qiyofasini fosh etar ekan, 
«Ular o‘z tubanliklari tufayli baxt-saodatga yolg‘on-yashiq» yordamida erishishga 
intiladilar. Ular yomonlikdan hadiksirab yoki jur’atsizlik va qo‘rquv oqibatida 
yolg‘on gapiradilar. Hatto ular razolatdan aslo tap tortmaydilar, uyat va or-nomus 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin