Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com кутубхонаси 
14
o‘chmas iz qoldirishini, bu iz va’da qilingan maqomi mahmudga yetishdan to‘sajagini ich-ichidan 
anglar edilar, 
Abu Bakr Siddiq (Alloh undan rozi bo‘lsin) ichgan sutida shubhaga bordi. So‘ng barmog‘ini 
bo‘g‘zigacha tiqib, sutni qayt qilib tashladi. Hatto joni chiqib ketay dedi. Nima, Abu Bakr Siddiqday zot 
shu shubhali narsani bilmasdan yeb yo ichib qo‘yganida, buning uchun gunohkor bo‘lmasligidan, 
fiqhiy fatvoda uni qayt qilish vojib emasligidan bexabarmidi? Agar xabardor bo‘lsa, nega bu ishdan 
tavba qildi? 
Bu Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning ko‘ksiga chuqur o‘rnashgan sirdir. Shu sir unga 
umumiy fatvoning yo‘rig‘i boshqaligini, oxirat yo‘lining xatarini siddiqlargina anglashini ayon etadi. 
Sahobalar Allohni, Allohning xalqini, Allohning yo‘lini. Allohning "makri"ni, "Alloh" deb aldanib 
qolishning yashirin jihatlarini bilguvchi, taniguvchi zotlar edilar. 
Dunyo hayoti seni aldab qo‘yishidan bir martagina saqlan! Tilingda "Alloh" deb, dilingda 
shaytonga aldanib qolishdan ming-ming marta saqlan! 
Bu sirlarning xush bo‘ylaridan bahramand bo‘lgan kishi Alloh taolo yo‘lidagi solih banda uchun 
samimiy tavbaning naqadar lozimligini yaxshi biladi. Samimiy tavba solih bandaga doimiy hamrohdir. 
Agar u Nuh alayhissalom umricha yashasa ham, har olgan nafasida shu tavba bilan birgadir. 
Abu Sulaymon Doroniy ushbu so‘zida haq edi: "Oqil kishi umrining qolgan qismiga emas, balki 
toatsiz o‘tgan umri uchun yig‘lasa edi, bu yig‘i uning o‘limigacha davom etgan bo‘lardi. Ajabo, inson 
o‘z umrining johillik bilan kechgan qismiga nazar solsa, qolgan qismini qanday kutib olarkan?" 
Ya’ni oqil kishi nodir bir javharga ega bo‘lsayu, uning bir qismini hech foydasiz zoe’ qilsa, 
shubhasiz u buning uchun yig‘laydi. Agar bu zoe’ qilish uning halokatiga sabab bo‘lsa, yig‘i yanada 
dahshatliroq tus oladi. Umrning har bir soati, balki har bir nafas nodir javhar yanglig’ bebahodir, hech 
narsa uning o‘rnini bosolmaydi. Chunki u abadiy shaqovatdan qutqarib, abadiy saodat sari eltadigan 
imkondir. Shunday ekan, bundan ham nodirroq javohir bo‘lishi mumkinmi?! 
Agar bu nodir javharni g‘aflat og‘ushida zoe’ qilsang, ochiq ziyon ko‘rasan. Agar uni gunoh 
yo‘lida sarflasang, sharmandali halok bo‘lasan. Gunohlaring uchun haligacha yig‘lamayotgan 
ekansan, bu holat nodonliging tufaylidir. Gunohlaringni anglamayotganing har qanday gunohdan 
og‘irroq gunohdir. Jaholat shunday musibatki, unga yo‘liqqan kishi o‘zining musibat egasi ekanini 
bilmaydi. Negaki, g‘aflat uyqusi uni bilishdan to‘sadi. 
Odamlar uyqudadirlar, o‘lgach uyg‘onadilar. Ana o‘sha paytda har bir muflisning nochorligi, har 
bir musibat egasining halokati ochilib qoladi. Xatolarni tuzatish uchun berilgan imkon tugaydi. 
Oriflardan biri deydi: "O’lim farishtasi (unga Ollohning salomi bo‘lsin) bandasiga ko‘rinib: "Bir 
soatlmk umring qoldi, uni bir daqiqaga ham uzaytirolmaysan", desa, banda afsus va nadomat bilan 
shunday hasrat chekadiki, o‘sha qolgan bir soatini tavbalarg‘a to‘la, xatolari o‘nglangan boshqa bir 
soatga almashtirish uchun borini, agar butun dunyo uniki bo‘lsa, barcha-barchasini sarflag‘an bo‘lardi. 
Lekin qani bunga yo‘l topolsa!" Alloh taoloning oyatlari ham shu ma’nolarga ishorat qiladi: 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin