Muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix12.12.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#74000
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14.1-Mavzu. Ijtimoiy ne\'matlar va umumiy resurslar.



294 
muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin. 
Xususiy savdolashish ishlamaganda, ba'zan hukumat rol o`ynashi mumkin. 
Hukumat ommaviy harakatlar uchun mo`ljallangan muassasa hisoblanadi. Bu 
misolda, baliqchilar o`zlari uchun harakat qilishi ilojsiz bo`lsa ham, davlat 
baliqchilar nomidan harakat qilishi mumkin.

Tayanch so`z va iboralar: tashqi ta’sir tashqi ta’sirni o`zlashtirish
tuzatuvchi soliq Kouz teoremasi operatsion harajatlar 
 
XVIII-BOB. IJTIMOIY NE`MATLAR VA UMUMIY RESURSLAR 
Reja
 
18.1.Mahsulotlarning turli xil turlari 
18.2.Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar 
18.3.Umumiy resurslar 
 
18.1.Mahsulotlarning turli xil turlari 
Bozorlar insonlar hohlayotgan mahsulotlar etkazib berishda qanchalik 
yaxshi ishlashadi? Bu savolga javob masalani mohiyatini qay darajada chuqur 
anglib etilganligiga bog`liq. Biz ta’kidlab o`tganimizdek, bozor konussimon 
qutili muzqaymoqni samarali sonini ta’minlab berishi mumkin: muzqaymoqning 
narxi ularga bo`lgan talab va taklifni muvozanatlashtirishi mumkin, va bu 
muvozanat ishlab chiqaruvchi daromadlarini maksimallashtirishi hamda iste’mol 
tanqisligini bartaraf etishi mumkin. Bundan tashqari, biz 10 bobda ko`rib 
o`tganimizdek, bozor alyuminiy ishlab chiqaruvchilarini biz nafas olayotgan 
havoni ifloslantirishdan qaytarishga umid qila olmaydi. Bozorda xaridor va 
sotuvchilar odatda o`z qarorlarining tashqi oqibatlariga e’tibor qaratishmaydi. 
Shunday qilib, bozorlar mahsulot muzqaymoq bo`lganda yaxshiroq va mahsulot 
toza havo bo`lganda yomonroq ishlashadi. 
Bozordagi turli xil mahsulotlar haqida fikr yuritib, ularni quyidagi ikki 
sifatiga ko`ra guruhlash mumkin: 
- Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish (eksklyuzivlik) xususiyatiga 
egami? Ya’ni, kishilarni uni iste’molidan mahrum etish mumkinmi? 
- Mahsulot iste’molda cheklanganmi? Ya’ni, bir kishining mahsulotni 
iste’mol qilishi boshqa kishilarning uni iste’mol qilish qobiliyatlarini 
kamaytiradimi? 
Ushbu ikki sifatni ishlatilishi, 1-rasmda mahsulotlarni 4 guruhga 
taqsimlaydi: 
1. Shaxsiy buyumlar ist’emoldan mahrum qilinish va iste’molda 


295 
cheklanganlik xususiyatlariga ega. Masalan, konussimon qutili muzqaymoqni 
ko`rib chiqamiz.
Muzqaymoq iste’moldan olinishi mumkin, chunki kimnidir muzqaymoq 
iste’molidan mahrum qilish uchun o`sha kishiga muzqaymoqni bermaslikni o`zi 
kifoya. Konussimon qutili muzqaymoq iste’molda cheklangan, chunki agarda 
biror kishi muzqaymoqni iste’mol qilsa boshqa bir kishi aynan o`sha 
muzqaymoqni iste’mol qilish imkoniyatiga ega bo`lmaydi. Iqtisodiyotda 
ko`pgina mahsulotlar aynan konussimon qutili muzqaymoq kabidir: siz to`lovni 
amalga oshirmay turib biror narsani qo`lga kirita olmaysiz va siz to`lovni amalga 
oshirgandan so`ng shu tovar hisobiga foyda olishi mumkin bo`lgan yagona 
shaxsga aylanasiz. Biz ilgarigi talab va taklifni, shuningdek bozorlar 
samaradorligini ta’lil qilganimizda mahsulotlar ist’emoldan mahrum qilinish va 
iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega ekanligini taxmin qilgan edik. 
2. Umumiy foydalanishdagi mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish va 
iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega emasdirlar. Ya’ni kishilarga 
umumiy foydalanishdagi mahsulotlarning iste’molini cheklash mumkin emas, 
shuningdek bir kishining iste’moli boshqa kishining uni iste’mol qilish 
imkoniyatini kamaytirmaydi. Masalan, kichik shaharchada tornado ovozi 
umumiy foydalanishdagi mahsulot hisoblanadi. Ya’ni, tornado yuzaga kelgandan 
keyin hech kimni uning ovozidan himoya qilish mumkin emas (demak bu 
ist’emoldan olinishi mumkin emas). Undan tashqari, biror kishi ushbu 
shovqindan foyda oladigan bo`lsa, u boshqa biror kishining imkoniyatlarini 
kamaytirib yubormaydi (demak bu iste’molda cheklangan emas). 
3. Umumiy resurslar Cheklanganlik xususiyatiga ega, biroq iste’moldan 
mahrum qilinishi mumkin bo`lmagan mahsulotlar. Masalan, okeandagi baliq 
iste’molda cheklanganlik xususiyatiga ega, agar biror shaxs okeandan baliq tutib 
olsa, u holda boshqa bir shaxs uchun tutib olish mumkin bo`lgan baliqlar soni 
kamayadi. Shu bilan birga bu baliqlar, iste’moldan mahrum qilinishi mumkin 
bo`lgan mahsulot emas. Sababi okeanni cheksizlik xususiyatini inobatga olsak, 
baliq tutuvchilarni baliq tutishdan to`xtatish o`ta mushkul vazifadir. 
4. Agar mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lish 
RASM 
Tovarlarning to'rt turi. 
Mahsulotlar ikki xususiyatlariga 
ko'ra to'rt toifaga guruhlangan 
bo'lishi mumkin; (1) odamlar 
undan 
foydalanishdan 
to’xtatiadigan tovarlar bundan 
mustasno. (2) Agar bitta 
odamning 
tovarlarni 
iste’mol 
qilishi, boshqa odamlarning shu 
tovarlarni 
iste’mol 
qilishlarini
qisqartirsa, 
bu 
tovarlar 
raqobatdosh bo’ladi.
Xususiy mulk 
• Muzqaymoq ko’nusi 
• kiyimlar 
• tirband yo’llardan 
foydalanish uchun to’lov
Umumiy resurslar 
• dengizdagi baliq 
• Atrof muhit 
• bepul yo’llardan 
ketyapish 
Tabiiy monopoliyalar 
• yong'indan himoya 
• Kabel TV 
• tirbanad bo’lmagan 
yo’llar uchun to’lov 
davlat maxsulotlari 
• Milliy mudofaa 
• Tirband bo’lmagan yo’llar 
uchun to’lov 
Ha 
Mustasnomi?
Yo`q 
Ha 
Yo`q 
Iste'moldagi raqobat?


296 
bilan bir qatorda cheklanganlik xususiyatiga ega bo`lmasa, u holda mazkur 
mahsulot tabiiy Monopoliya ishlab chiqarish uchun yaxshigina misol bo`la oladi. 
Masalan, kichik shaharchada yong`inga qarshi himoya tizimini misol keltiraylik. 
Biror kishini bu mahsulotni (xizmatni) iste’mol qilishdan mahrum etish juda 
oson: yong`inga qarshi kurashish bo`limi shunchaki o`sha kishining uyini yonib 
bitishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birga, bu mahsulot (xizmat) 
cheklanganlik xususiyatiga ega emas. Ya’ni butun boshli shaharning yong`inga 
qarshi kurashish bo`limi harajatlari to`langanda, kichik bir uyni yong`indan 
himoya qilish harajatlari hech narsa emas. 
Yuqorida ko`rib chiqilgan 1-rasm mahsulotlarni aniq 4 guruhga bo`lishni
ko`zda tutganiga qaramasdan, odatda ular o`rtasidagi chegara ko`p hollarda aniq 
bo`lmaydi. Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga egami yoki 
iste’molda cheklanganmi ko`p holatlarda aniq bir darajaga bog`liq bo`lib qoladi. 
Okeandagi baliq iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lmaydi, 
sababi okeanda kuzatish imkoniyati juda qiyin, lekin shu bilan birga 
qo`riqlanadigan qirg`oqqa ega suv havzasi baliqni aksariyat holatlarda 
iste’moldan mahrum qilinuvchi xususiyatiga ega qilishi mumkin. Xuddi shunday 
tartibda, baliq odatda iste’molga cheklangan mahsulot bo`lgani bilan baliq 
ovlovchilar soniga ko`ra uni iste’molga cheklanmagan mahsulot sifatida ko`rib 
o`tish mumkin (shimoliy-amerikalik balik tutvchilarni u erlarga evropalik 
ko`chmanchilarni ko`chib kelgungacha bo`lgan holatini eslang). Bu fikr bizning 
tahlil uchun, shu bilan birga, yuqoridagi boshqa to`rt guruh mahsulotlari uchun 
ham foydali bo`ladi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin