Muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin


Keys stadi hayot qiymati qancha?



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix12.12.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#74000
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
14.1-Mavzu. Ijtimoiy ne\'matlar va umumiy resurslar.

Keys stadi hayot qiymati qancha? 
Tasavvur qiling, siz xalq deputatlari mahalliy kengashga a’zo sifatida 
saylandingiz. Shahar injeneri yoningizga shunday bir taklif bilan keldi: shahar 
10 000 so`m sarflab, hozirda faqat STOP belgisi qo`yilgan markaziy ko`chadagi 


302 
chorrahada svetofor o`rnatishi va uni keyinchalik boshqarishi mumkin. 
Svetoforning ustun jihati - harakat havfsizligi oshiriladi. Injenerni ilgarigi 
shunga o`xshash chorrahalardagi loyihalar tahlili asosidagi bahosiga ko`ra 
svetofor faoliya muddati davomida o`lim bilan tugaydigan yo`l-harakati 
hodisalari darajasini 1,6 foizdan 1.1 foizgacha tushiradi. Siz bunga mablag` 
sarflaysizmi? 
Ushbu savolga javob topish uchun siz harajatlar va daromadlar tahliliga 
murojaat etishingizga to`ri keladi. Biroq siz darhol o`ziga xos qarshilikka duch 
kelasiz: agar siz foydalilik darajasini hisoblamoqchi bo`lsangiz, harajatlar va 
daromadlar bir xil kattaliklarda (o`lchovlarda) hsoblanishi lozim. Qiymat pul 
birligida (so`mda) o`lchanadi, biroq svetofor keladigan foyda inson hayotini 
saqlab qolish pul birligida o`lchanmaydi. Qabul qilinishi lozim bo`lgan qarorni 
aniqlash uchun siz so`mni inson hayotidagi o`lchamini aniqlashingiz zarur 
bo`ladi. 
Dastavval siz inson hayoti bebaho deb o`ylashni hohlashingiz mumkin
qolaversa siz o`zingizni yoki biror bir sevimli kishingizni hayoti uchun o`z 
hohishingiz bilan sarflashingiz mumkin bo`lgan pulning qiymati yo`q. Bu 
shundan dalolat beraDilshodi, inson hayoti pulda (so`mda) qiymatga ega emas. 
Biroq bu javob harajatlar va daromadlar tahlili uchun o`ta mavhumdir. Agar 
biz rostdan ham inson hayoti uchun cheksiz qiymatliklarni sarflamoqchi bo`lsak, 
u holda har bir ko`cha burchagida svetor o`rnatib chiqishimiz va barcha yangi 
yirik yuk avtomashinalariga eng so`nggi havfsizlik funktsiyalarini 
joylashtirishimiz lozim bo`ladi. 
Ustiga ustak, svetoforlar har bir burchakda emas va kishilar ko`p holatlarda 
havfsizlik yostiqchasi yoki tormoz tizimini bloklanishiga qarshi mexanizmga ega 
bo`lmagan, qimmat bo`lmagan avtomobillarga haq to`lashni afzal ko`rishadi. 
Ommaviy mahsulotlar yoki xususiy mahsulotlar to`g`risidagi har ikki qarorda 
ham ko`proq iqtisod qilish maqsadida hayotimiz bilan tavakkal qilishga tayyor 
bo`lamiz. 
Inson hayoti so`mdagi ekvivalentga ega emas degan qarorni qabul 
qilgandan so`ng qanday qilib bu qiymatni aniqlab olishimiz mumkin? 
O`lim to`g`risida da’vo qilgan taraf harajatlarini qoplab berish maqsadida 
“agar vafot etgan shaxs tirik bo`lganda qancha mablag` ishlab topishi 
mumkinligini aniqlash” usuli sudlar tomonidan qo`llanilib kelinadi. Iqtisodchilar 
bu usulni ko`p holatlarda tanqid qilishadi, sababi bu usul hayotni yo`qotishning  
boshqa qiymatliklarini e’tiborga olmaydi. Shunday qilib, bu usul g`alati 
ko`rsastkichni o`zida aks ettiradi, go`yoki nogiron yoki pensionerning hayoti 
hech qanday qiymatga ega emasdek. 
Inson hayotini baholashning eng yaxshi usuli bu – inson o`z hayotini 
yo`qotish uchun mavjud bo`lgan tavakkalchilik va bunga to`lanishi lozim 
bo`lgan haq miqdorini bilishdir. O`lish tavakkalchiligi, masalan, ish joyiga qarab 
baholanadi. Osmono`par binolardagi quruvchilar o`z ish joylarida ofis 
ishchilariga qaraganda ko`proq tavakkalchilikka duch keladilar. Iqtisodchilar 
ko`proq va kamroq tavakkalchililik darajasiga, ta’lim sifatiga, tajribaga va 


303 
boshqa ish haqini belgilab beruvchi faktorlarga qarab kishilar o`z hayotlarini 
qanchaga baholashlari mumkinligi haqida ba’zi bir tushunchalarga ega 
bo`lishlari mumkin. Ushbu usulni qo`llab o`tkazilgan tadqiqotlarga ko`ra inson 
hayoti qiymati 10 million so`mga baholanishi to`g`risida xulosaga kelingan. 
Endi biz, yuqorida keltirib o`tilgan misolimizga qaytib shahar injenerining 
taklifiga munosabat bildirishimiz mumkin. Svetofor inson haytini saqlab qolish 
tavakkalchiligi darajasini 0,5 foizgagina yaxshilaydi. Shunday qilib, svetovor 
o`rnatilishidan kutilishi mumkin bo`lgan foyda 50 000 so`m (yoki 0,005*10  
million so`m) ni tashkil etadi. Bu ko`rsatkich loyiha xarajjati bo`lgan 10 000 
so`mdan bir muncha ko`p, demak siz loyihani tasdiqlashingiz mumkin. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin