qilinadi. SHaxsiy iste’mol jarayonida esa iste’mol buyumlari pirovard foydalanilib,
ular yo‘qotiladi va o‘rniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi.
SHunday qilib,
tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to‘xtovsiz
takrorlanib turadigan jarayondir.
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, bu
intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo‘lgan tomonga
yo‘naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari
Ksenofont, Platon,
Aristotel asarlarida, shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy,
Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi.
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga etib kelgan Qur’oni Karimni,
hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xoldun asarlarini,
bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino,
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek
asarlarini o‘qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli
emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra
amin bo‘lamiz.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari 1482
yilda yozilgan
«Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U
kishi mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi
qismini o‘zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining
ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi.
Bundan tashqari, mahsulotni
yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida
e’tibor beradi. SHu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to‘plash va
foydalanish zarurligini ta’kidlaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‘pgina mamlakatlarda milliy
bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda "siyosiy iqtisod"
nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, "politiko" –ijtimoiy, "oykos"
- uy, uy xo‘jaligi, "nomos" - qonun degani. YA’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik
qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab,
ijod qilgan fransuz
iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda "Siyosiy iqtisod traktati"
nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni
boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni
tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab
chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‘g‘risidagi fandir, deb yozgan
edilar.
Dostları ilə paylaş: