Sportcha yurish musobaqa qoidasi
Sportcha yurishda ikkita asosiy shart mavjud: 1) oyoq yo‘lkaga qo‘yilgan
paytdan boshlab u yerdan uzilgunga qadar oyoq tizza bo‘g‘imidan
tekislangan
bo‘lishi zarur; 2) uchish fazasi bo‘lmasligi kerak, ya’ni har doim tayanch bilan aloqa
bo‘lishi lozim. Qatnashchi har xil hakamlar tomonidan uch marta ogohlantirilgandan
so‘ng
musobaqadan chetlashtiriladi. Ogohlantirish
olgan qatnashchi hakamning
ogohlantirishini tushunganligini bildirib, qo‘lini yuqoriga ko‘tarishi kerak.
Chetlashtirilgan qatnashchi yo‘lkani tark etishi yoki, agar musobaqalar stadion
tashqarisida o‘tayotgan bo‘lsa, trassadan chiqib ketishi hamda o‘z raqamini yechib
tashlashi zarur. Ayrim hollarda, agar qatnashchining chetlashtirilganligi to‘g‘risida
avvalroq xabar berishga sharoit bo‘lmagan bo‘lsa, u musobaqalar tugagandan keyin
chetlashtirilishi mumkin.
Amaliy topshiriq.
1.Yurish deb nimaga aytiladi va uni qanaqa turlari bor?
2.Yurishda qaysi jismoniy sifatlar ahamiyatga ega?
Amaliy test topshirig’i.
1.Sportcha yurish tezligi oddiy yurish tezligidan necha marta ko‘p?
A.2-2.5ta
B.1-5ta
V.3-4ta
D.5-6ta
2.Olimpida o’yinlariga sportcha yurish eng uzoq masofa (ayollar) ?
A.20km
B.10km
V.30km
D.40km
3.Olimpida o’yinlariga sportcha yurish eng uzoq masofa (erkaklar) ?
A.50km
B.40km
V.45km
D.20km
4.Sportcha yurishda erkaklar necha km ga musoboqalashadi?
A.5 km, 10 km, 20 km, 50 km va
soatli yurish
B.3 km, 15 km, 20 km, 50 km va soatli yurish
V.1 km, 5 km, 20 km, 50 km va soatli yurish
D.5 km, 10 km, 20 km, soatli.
5.
Sportcha yurishda ayollar necha km ga musoboqalashadi stadionga ?
A.3, 5, 10 km
B.2,6,10 km
V.1,3,8 km
D.1,3,5,7,10 km