Mavzu: O`zbek orfografiyasi va uning boshlang`ich ta’lim dasturi hamda darsliklarda aks etishi, o`rgatishga tavsif



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix13.12.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#74528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O„qishga o„rgatish. 
Unli va undosh tovushlar, ularning talaffuziga xos farqlanish haqida 
ma‘lumot berish. 
Harf va tovush munosabatiga oid tushunchalar bilan o‗quvchilarni 
tanishtirish. 
Kesma harf va bo‗g‗inlar asosida so‗z hosil qilish, tuzilgan so‗zlarni to‗g‗ri 
o‗qish. 
So‗zlarni avval bo‗g‗inlab, so‗ngra bo‗qinlab ravon o‗qishga o‗rgatish. 
Tinish belgilariga rioya qilib, ifodali o‗qishga o‗rgatish. 
O‗qish jarayonida amal qilinishi lozim bo‗lgan gigiyena qoidalariga rioya 
qilishga o‗rgatish. 
Yozuvga o„rgatish. 
Unli va undosh harflarning bosh va kichik shakllarini yozish. O‗quvchida 
yozuv sifatini, ya‘ni: 
 harflarni to‗g‗ri bog‗lab yozish; 
 harflarni 65
0
qiyalikda yozish; 
 har bir qatorda harflarning bir xil balandlikda bo‗lishiga 
erishish; 
harf unsurlari, harflar va so‗zlar orasidagi masofalarni bir xilda 
saqlash kabilarni shakllantirish. 
Har bir harf yoki harflarning bog‗lanishi, og‗zaki yoki xattaxtada 
tushuntirish orqali, qo‗lni qaуerga qo‗yish, qaуerda bu harakatni burish yoki 
uzish kerakligi, harflarning yozuv chizig‗i bo‗ylab joylashishi haqida nazariy va 
amaliy tushuncha va malakalarni rivojlantirish. 
Avval nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo‗lni yurgizib, so‗ng 
namunaga qarab o‗qishga o‗rgatish. 
Harflarning shaklini tasavvur orqali yozdirish asosida yozuvga o‗rgatish. 
Bir va undan ortiq bo‗g‗inlardan tashkil topgan talaffuzi va yozilishi bir xil 
so‗zlarni, 2-3 so‗zdan tuzilgan gaplarni eshitib yozish. 


14 
So‗z va gapni to‗g‗ri yozish. (Gapning birinchi so‗zini bosh harf bilan yozish, 
so‗ngiga tinish belgisini (nuqta) qo‗yish). 
Eshituv va ko‗ruv xotirasiga asoslangan kichik diktantlar yozish. 
O„qish ko„nikmalari 
O‗quv yilining birinchi yarmida 20-25 so‗zli matnni to‗g‗ri ongli, 
bo‗g‗inlab o‗qish; 
Bir bo‗g‗inli va sodda tuzilishdagi ikki bo‗g‗inli so‗zlarni yaxlit o‗qish; 
Notanish matnni o‗qish tezligi, 20-25 so‗z.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin