2
REJA:
KIRISH.
1.O`zbek orfografiyasi tarixi
2. Boshlang‗ich sinflarda ona tili ta‘lim sohasining mazmuni va tarkibiy qismlari
I BOB:
1. Boshlang`ich ta‘lim tizimida orfografiya o`qitishning nazariy asoslari
2.1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishning psixologik va
metodik asoslari
II BOB.
1. Orfografik bilimni shakllantirishdagi lingvistik va psixologik xususiyatlar
2. 1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishdagi uslubiy ishlar
tizimi
III BOB.
1. O‗quvchilarni yozma nutqini va grammatikaga oid bilimlarini o‗stirishga oid
mashqlar
2. 1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazishda
didaktik
o`yinlar
III. UMUMIY XULOSALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‗YXATI.
4
TADQIQOTNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning
dolzarbligi.
Prezidentimiz
I.Karimovning
O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‗zlagan nutqida quyidagi fikrlarni aytib
o‗tgan edilar:
«Faqatgina chinakkam ma‘rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir
so‗z bilan aytganda, o‗zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil
davlatimizning jahon hamjamiyatida o‗ziga munosib, obro‗li o‗rin egallashi uchun
faollik bilan kurashishi mumkin.
Sir emas, har qaysi davlat, har qaysi millat o‗zining yer osti va yer usti tabiiy
boyliklari, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan,
balki birinchi
navbatda o‗zining yuksak madaniyati va ma‘naviyati bilan kuchlidir. Bunday
boyliklarni ahamiyatini anglash uchun Chor Rossiyasining Turkiston o‗lkasidagi
general – gubernatori M.Skobelov: «Millatni yo‗q qilish uchun uni qirish shart
emas, balki uning madaniyatini, san‘atini, tilini yo‗q
qilsang bas, tez orada o‗zi
tanazzulga uchraydi», deb aytgan.
Bunday yovuz qarashlarga qo‗shimcha izoh berishga hojat yo‗q, kerakli
xulosa – saboq chiqarishga bugun ham kech emas.
Chunki uzoq yillar davomida biz maktabda o‗rganilgan barcha fanlar qatori
ona tilidan ham mutloq dastur va darsliklarga,
uni tubdan yangilash,
o‗zgartirishlarga qaratilgan fikrlarning qoralab kelinganini yaxshi bilamiz.
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimzda amalga oshirilgan muhim ijobiy
ishlardan biri «Ta‘lim to‗g‗risida»gi va «Lotin yozuviga asoslangan o‗zbek
alifbosini joriy etish to‗g‗risida»gi Qonunlarning qabul qilinishi hamda
boshlang‗ich ta‘limning ham shaklan, ham mazmunan o‗zgarishi bo‗ldi.
Boshlang‗ich ta‘lim 1992–1993 o‗quv yilidan 4 yillik ta‘limga o‗tdi. Barcha
boshlang‗qich sinflarining darsliklari ishlab chiqildi. 1994–1995 yili ishlab
chiqilgan dastur, darslik, metodik qo‗llanmalar, ko‗rgazma
qurollar, tarqatma
5
materiallar ishlab chiqildi va 1995–1996 yilda «Lotin yozuviga asoslangan o‗zbek
imlo qoidasi» ishlab chiqilib yangi alifboga o‗girildi.
Maktablarda ona tilining o‗qitilishini talab darajasiga chiqarish maqsadiga
mazkur fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning mazmuni va
tarkibiy qismlari ishlab chiqildi. O‗zbekiston Respublikasining
IX sessiyasida
hayotimizning hal etuvchi muhim masalalaridan ta‘lim–tarbiya tizimini tubdan
o‗zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‗tarish, barkamol avlodimiz
kelajagiga daxldor loyihalar ishlab chiqildi. Mazkur holatlarning barchasi
mavzuning dolzarbligini belgilaydi.