10-Mavzu. Boshqarishda axborot va kommunikatsiya reja



Yüklə 219,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix14.12.2022
ölçüsü219,33 Kb.
#74847
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
14-мавзу



10-Mavzu. BOSHQARISHDA AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA 
Reja: 
 
1. Axborot tizimi tushunchasi va uni boshqarishdagi roli 
2. Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga qo‘yiladigan talablar 
3. Boshqaruv axborotlarini turkumlanishi 
4. Kommunikatsiya va kommunikatsion jarayon 
5. Axborot almashuv jarayonidagi muammolar 
Tayanch so‟zlar: axborot, axborot tizimi, kommunikatsiya, kommunikatsion 
jarayon,mehnat, mehnat jaryoni, xodimlarni rejalashtirish, ish jarayoni, kadrlar 
bilan ishlash jarayonlari, mehnat jamoalarini boshqarish, funsional boshqarish, 
tashkiliy boshqarish, mehnat intizomi, guruhga ta‘sir etuvchi ichki va tashqi 
omillar. 
1. Axborot tizimi tushunchasi va uni boshqarishdagi roli 
Axborot bu ma'lumot va xabarlar to‘plami bo‘lib, mazmunan yangilik 
unsurlariga ega bo‘ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish uchun o‘ta zarurdir. 
Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar 
boshqaruv negizi hisoblanadi. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasidagi 
o‘zaro aloqalar axborot vositasida quyidagicha amalga oshiriladi (13-chizma): 
Tashqi 
axborot 
Boshqaruv buyrug‘i 
13-chizma. Boshqaruv tizimidagi axborot aloqalari 
 
Boshqaruvchi organ boshqariluvchi ob'ektning holati hamda boshqariluvchi 
ob'ekt bog‘liq bo‘lgan tashqi muhim holati haqida axborotlar olib turadi. Bu 
axborot boshqaruvchi va organ tomonidan qabul qilinadi va shu axborot asosida u 
boshqaruvchi axborot (qaror, buyruq)ni ishlab chiqadi. Shundan keyin axborot 
boshqariluvchi ob'ektga ta'sir o‘tkazadigan boshqaruvchi tizimning ijroiya organiga 
yuboriladi va bajarilishi nazoratga olinadi. 
Boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayoni 
amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning borishi to‘g‘risidagi ichki axborot 
boshqaruvchi tizimga muttasil kelib tushadi. Bu: 

ish o‘rinlarigva xom-ashyoning kelib tushishi; 

stanok, uskunalarning ishlashi; 
Ichki axborotlar 
Boshqaruvchi tizim 
Boshqariluvchi 
tizim 



ishchilarning ishlab chiqarish normalarini bajarishi; 

tayyorlangan buyumlar miqdori va ularning sifati; 

mahsulotlarni sotishi haqidagi axborotlar. 
Tashqi axborotlar, ya'ni: 

yuqori tashkilotlardan olinadigan farmoyish, qaror va topshiriqlar; 

mahsulot iste'molchilari talablari; 

boshqa korxonalarning ilg‘or tajribalari; 

raqobatdoshlarning xatti-harakatlari; 

bozorlardagi holat, ulardagi muvozanat; 

inflyatsiya va ishsizlik darajasi; 

byudjetga to‘lovlar va hokazolarda oid ma'lumotlar shu turkumdagi 
axborotlar sirasiga kiradi. Bo‘lar tashqi muammolardan kelib chiquvchi axborotlar 
hisoblanadi. 
Agar korxona ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan 
aloqalar buzilsa, korxonaning yashashi xavf ostida qoladi. 

Yüklə 219,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin