10-Mavzu. Boshqarishda axborot va kommunikatsiya reja



Yüklə 219,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix14.12.2022
ölçüsü219,33 Kb.
#74847
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14-мавзу

15-chizma. 
Tashkiliy 
kommunikatsiyaning 
tasnifiy 
sxemasi 
Tashkilot - bu davlat nazorati va boshqaruvchi ostidagi ob'ekt bo‘lib, u 
o‘zidan yuqori tegishli tashkilotlarga (makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga) 
turli hisobotlar, ma'lumotlar, axborotlar berib turadi. 
Tashqi kommunikatsiya - bu tashkilot bilan tashqi muhit o‘rtasidagi 
axborot almashuvidir. Tashqaridan keladigan axborotlar, jumladan yuqori 
boshqaruv organlari, hokimiyat, vazirlik qo‘mitalar, Vazirlar Mahkamasi, Prezident 
devoni axborotlari bunga misol bo‘ladi. 
Ichki kommunikatsiya deganda korxona ichidagi bo‘limlar o‘rtasidagi, 
korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur bo‘lgan axborot almashuvi 
tushuniladi. Bu erda boshqaruv bo‘g‘inlari (vertikal kommunikatsiya) va 
bo‘limlararo (gorizonlatl kommunikatsiya) axborot almashuvi amalga oshiriladi. 
Rahbar va bo‘ysinuvchi o‘rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotlarda eng 
ko‘p uchraydigan axborot almashuvidir. Masalan, tsex boshlig‘i yoki masterning 
jamoa va ayrim xodimlar bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jonli aloqada 
rahbar faqat o‘z qarorini billdiribgina qolmay, bo‘ysinuvchilarga ta'sir ko‘rsatishi, 
ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va xohish uyg‘otishi mumkin. 
qo‘pollik bilan baqirish, "so‘kinish"ga va hokazolarga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Rahbarning shaxsiy obro‘si ko‘p jihatdan u o‘z fikrini qay tarzda bildirishiga, 
qanday so‘zlashiga bog‘liq. 
Noformal kommunikatsiya - bu rahbar atrofidagi shov-shuvlar, rahbarning 
xizmatga doir bo‘lmagan shaxsiy aloqalari, norasmiy kanallar bilan axborot 
almashuvlari kiradi. Bunday axborot almashuvi chegara doirasida bo‘lishi kerak. 
Kommunikatsion jarayon - bu ikki va undan ortiq odamlar o‘rtasidagi 
axborot almashish jarayonidir. Bu jarayonda to‘rtta bazaviy unsur qatnashadi: 

axborotni jo‘natuvchi; 



axborotning o‘zi (xabar); 

aloqa kanali, ya'ni axborotni uzatish vositasi; 

axborotni qabul qiluvchi. 
Ana shu to‘rt unsur bir-biri bilan hamohang ishlagandagina, axborot o‘z 
vazifasini bajaradi. Axborotlarni almashuv jarayonida har ikkala tomon 
(jo‘natuvchi va qabul qiluvchi) faol rol o‘ynashi kerak. 
Kommunikatsion jarayon 6 bosqich ketma-ketligida bajariladigan ishlar 
majmuasi tariqasida ifodalash mumkin: 

Yüklə 219,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin