Kishilar bir xil ma'lumotni o‘zlarining bilim darajalari, hayotiy tajribalari,
hissiy tuyg‘ularining turlichaligidan o‘zlaricha turlicha talqin qiladilar va qabul
qiladilar. Bu o‘rinda rahbar bilan bo‘ysinuvchi o‘rtasidagi munosabat ham muhim
rol o‘ynaydi. Bir-biriga ishonch va o‘zaro bir-birini anglash bor joyda axborot
ko‘lami kengayadi, ularning aniqligi oshadi, javobgarlik ham bir xilda bo‘ladi.
Ma'naviy semantik to‘siq uzatilayotgan axborotni kodlashtirishda
qo‘llanilgan belgi (simvol)larning axborotni qabul qiluvchilar didlariga (ularning
lavozimlari, mavqelari, mintalitet, milliy urf-odatlar nuqtai nazaridan) mos
tushmaganligada namoyon bo‘ladi.
Simvol, (belgi)lardan tashqari axborotlar bilan almashuv chog‘ida noverbal,
ya'ni og‘zaki yoki so‘zda emas, balki imo-ishoralar, masalan, chehra, savlat,
vajohat, tovushning o‘zgarib turishi kabilar ham bajaruvchiga aytiladigan so‘z
mohiyatini tubdan o‘zgartirilgan holda etkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ruhshunoslarning fikricha, so‘z bilan aytiladigan axborotni 90% igacha qisma so‘z
oraqi emas, balki noverbal yo‘l bilan qabul qilinar ekan.
Dostları ilə paylaş: