24
Fetsiallar turlicha vazifalarni bajarganlar:
1) Qabilalararo munosabatlardagi ruhoniylik, ya’ni diniy vazifasi shundan
iborat ediki, urush e’lon qilinganda yoki sulh tuzilganda duolar o’qiganlar,
shartnomalar tuzish jarayonida qurbonliklar keltirganlar. Odatda, qurbonlik sifatida
cho’chqa bolasini “muqaddas tosh” bilan urib o’ldirganlar.
Biror qabila yoki shaharga urush e’lon qilishdan avval fetsiallar ushbu davlat
chegarasiga kelib faqat o’zlarigagina ma’lum bo’lgan so’zlar bilan tavqi-la’nat
o’qiganlar. Shu bilan birga ularga o’z talablarini ham yetkazganlar. Agar 33 kun
ichida talablar bajarilmasa, fetsiallar yana o’sha qabila chegarasiga kelib, ular
hududiga kuygan to’nka uloqtirganlar. Bu odat urush e’lon qilinganligini bildilgan.
2. Elchilik sohasida esa ularga katta imtiyozlar berilgan. Urush e’lon qilish,
sulh tuzishdan tashqari, Senat va Rim xalqining xohish-istagi, talabini boshqa
xalqlarga yetkazganlar, shartnomalarni bajarilishini nazorat qilganlar.
3. Sudya sifatida esa boshqa davlatlardan Rim jinoyatchilarini tutib berishni
talab qilganlar yoki boshqa davlat jinoyatchilari Rimda yashiringan bo’lsa, ularni
tutib, tegishli davlatga jo’natilishini nazorat qilganlar. Shuningdek, shartnomalarni
buzganlarni, elchilarni haqorat qilgan yoki tajovuz qilganlarni ham jazolash ular
vakolati ostida bo’lgan.
Bunday huquq va vakolatlar Rimda imperiya o’rnatilgunga qadar davom
etgan. Biroq imperiya davrida ham, garchi vakolatlar ancha cheklangan bo’lishiga
qaramay, fetsiallar shartomalar imzolashda ishtirok etganlar. Ayrim imperatorlar
esa fetsiallar vazifalarini shaxsan o’zlari ado etganlar.
Dostları ilə paylaş: