Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Nazorat uchun savollar: 
1. Qadimgi Yunon diplomatiyasida proksenlarning vazifasi nimadan iborat? 
2. Qadimgi Yunonistonda elchining asosiy vazifalarini aytib bering? 
3. Fermopil – Demetra ibodatxonasi nechta qabiladan iborat edi? 
4. Panellin kongressining tashabbuskorini ko’rsating? 
5. Yunon diplomatiyasiga oid shartnomalarning nus’halari qaysi ibodatxona-
larda bo’lgan? 
6. Xalqaro munosabatlar tarixida yunon elchilarining asosiy vazifasi 
nimalardan iborat bo’lgan? 
7. Amfiktoniyalarning vazifalari nimalardan iborat? 
8. Delos ittifoqi Lakedemon ittifoqidan qaysi jihatlari bilan ajralib turgan? 
 
QADIMGI RIMDA XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. Fetsiallar Kengashi. 
2. Respublika va imperiya davrida elchilik tartiblari. 
3. Rimning Karfagen, Makedoniya va Ellin davlatlari bilan xalqaro aloqalari. 
Tayanch
 
so’z va
 
iboralar: Fetsial. Magistr fetsialum. Pater patrius, 
Fetsiallar kengashi. Nominatsio. Kooptatsio. Innaguratsio. Legadiya. Legatlar. 
Puni urushlari. Makedoniya urushlari. 
 
Fetsiallar kengashi. Rim kuchli quldorlik davlatiga aylanishida uzoq yo’lni 
bosib o’tdi. Miloddan avvalgi VI asrda faqatgina qo’shni qabilalar bilangina 


23 
aloqalar olib borgan Rim, qabilaviy munosabatlar yemirilishi natijasida, o’z 
ta’sirini asta-sekin kengaytirib borgan. Eng dastlabki davrlardan to Rim qulagunga 
qadar qabilalararo hamda xalqaro munosabatlarda oqsoqollar kengashi (Senat) 
muhim rol o’ynagan. 
Fetsiallar – qadimgi Rimda ruhoniylar kengashi bo’lib, qabilalararo va 
xalqaro shartnomalarni tuzishda ishtirok etganlar. Ular urush e’lon qilish va sulh 
tuzish huquqiga ham ega bo’lganlar. 
Fetsial so’zining aniq lug’aviy ma’nosi hozirgacha aniqlanmagan. Varron 
(mil. avv. I asrda Rimda yashagan ensiklopedist olim va yozuvchi) tomonidan 
ilgari surilgan taxminga ko’ra, ushbu termin lotincha “ferire yoki foedus” so’zidan 
olingan va “orator” ma’nosiga sinonim hisoblanadi. Ayrim yevropalik olimlarning 
fikriga ko’ra, ushbu termin “Yupiter fretrius” so’zi bilan bevosita bog’liq deb 
hisoblashadi. 
“Fetsiallar instituti” faqat Rimgagina aloqador emas, balki albanlar, ardeylar, 
semnitlarda ham xuddi shunday tashkilot mavjud edi. Biroq, qadimgi 
Rimliklarning yuksak madaniyati unga huquqiy va siyosiy maqomi berilishiga 
sabab bo’lgan.
Fetsiallar 20 kishidan iborat bo’lib, kelib chiqishi patritsiy bo’lgan oliy 
ruhoniylar orasidan umrbodlikka saylangan.
Fetsiallikka o’tish 3 bosqichda amalga oshirilgan: 
1) Nominatsio – ko’rsatilgan nomzod qasamyod qabul qilgan va o’z 
qasamida fetsiallar kengashiga munosib bo’lishga va’da bergan. 
2) Kooptatsio – nomzodlar orasidan munosibi Senat tomonidan tanlab 
olingan. 
3) Innaguratsio – fetsiallikka saylangan ruhoniy alohida qasamyod qabul 
qilgan. 
Fetsiallar kengashi boshlig’i “magistr fetsialum” (fetsiallar boshlig’i) deb 
nomlangan. Keyinchalik “Pater Patratus” (ulug’ otaxon) deb nomlash urf bo’lgan. 
Pater Patratus nafaqat fetsiallar, shu bilan birga butun Rim xalqi nomidan ish olib 
borishga haqli hisoblangan. 


24 
Fetsiallar turlicha vazifalarni bajarganlar: 
1) Qabilalararo munosabatlardagi ruhoniylik, ya’ni diniy vazifasi shundan 
iborat ediki, urush e’lon qilinganda yoki sulh tuzilganda duolar o’qiganlar, 
shartnomalar tuzish jarayonida qurbonliklar keltirganlar. Odatda, qurbonlik sifatida 
cho’chqa bolasini “muqaddas tosh” bilan urib o’ldirganlar.
Biror qabila yoki shaharga urush e’lon qilishdan avval fetsiallar ushbu davlat 
chegarasiga kelib faqat o’zlarigagina ma’lum bo’lgan so’zlar bilan tavqi-la’nat 
o’qiganlar. Shu bilan birga ularga o’z talablarini ham yetkazganlar. Agar 33 kun 
ichida talablar bajarilmasa, fetsiallar yana o’sha qabila chegarasiga kelib, ular 
hududiga kuygan to’nka uloqtirganlar. Bu odat urush e’lon qilinganligini bildilgan. 
2. Elchilik sohasida esa ularga katta imtiyozlar berilgan. Urush e’lon qilish, 
sulh tuzishdan tashqari, Senat va Rim xalqining xohish-istagi, talabini boshqa 
xalqlarga yetkazganlar, shartnomalarni bajarilishini nazorat qilganlar. 
3. Sudya sifatida esa boshqa davlatlardan Rim jinoyatchilarini tutib berishni 
talab qilganlar yoki boshqa davlat jinoyatchilari Rimda yashiringan bo’lsa, ularni 
tutib, tegishli davlatga jo’natilishini nazorat qilganlar. Shuningdek, shartnomalarni 
buzganlarni, elchilarni haqorat qilgan yoki tajovuz qilganlarni ham jazolash ular 
vakolati ostida bo’lgan. 
Bunday huquq va vakolatlar Rimda imperiya o’rnatilgunga qadar davom 
etgan. Biroq imperiya davrida ham, garchi vakolatlar ancha cheklangan bo’lishiga 
qaramay, fetsiallar shartomalar imzolashda ishtirok etganlar. Ayrim imperatorlar 
esa fetsiallar vazifalarini shaxsan o’zlari ado etganlar. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin