Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

 
 
 
Mas`ul muharrir:
 
Erqo’ziyev Anvarjon Ashurovich,
tarix fanlari nomzodi, dotsent 
 
Taqrizchilar: 
 
 
Agzamova Gulchehra Azizovna, 
tarix fanlari doktori, professor
Xalmuratov Bahtiyor Rejavaliyevich, 
tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) 



KIRISH 
“Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi” fani Jahon tarixining eng 
qadimgi davrlaridan to bugungi kunga qadar bo’lgan davriy chegara oralig’ida 
mavjud bo’lgan davlatlar o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar tarixini 
o’rganadi. Turli davrlarda mavjud bo’lgan davlatlar o’rtasidagi diplomatik 
munosabatlar va elchilik aloqalari tarixini yoritish kursning asosiy maqsadi 
hisoblanadi.
Ma’lumki, iqtisodiy asosi qulchilik munosabatlarini o’z ichiga olgan 
qadimgi dunyoda diplomatiya davlatlarning tashqi siyosatga doir masalalarini hal 
etuvchi muhim omilga aylangan. Quldorlik tuzumi taraqqiyotdan to’xtab 
qolmagan. U bosqichma-bosqich bir nechta jarayonlarni boshdan kechirgan. 
Urug’-qabilaviy munosabatlardan butkul qutilib ulgurmagan ilk quldorlik 
jamiyatlari Qadimgi Misr, Ossuriya, Xett podsholigi, Qadimgi Xitoy, Qadimgi 
Hindiston kabi davlatlarning shakllanishiga muhim turtki berdi. Ushbu diniy-
harbiy boshqaruvga asoslangan davlatlarning tashqi siyosati asosan bosqinchilik 
xarakteriga ega edi. Yangi yerlarni bosib olish, qullar va chorva mollarini qo’lga 
kiritish, boyliklarni talash maqsadida tez-tez urushlar sodir bo’lar edi. Bunday 
urushlar xalqaro masalalarni hal etishning yagona yo’li hisoblangan. Quldorlik 
tuzumining asta-sekin mustahkamlanib borishi bilan davlatlar o’rtasida diplomatik 
munosabatlarga ehtiyoj sezilgan. Qadimgi Sharqning yirik hukmdorlari ba’zi 
o’zaro masalalarni diplomatik yo’l bilan hal etishga alohida e’tibor qarata 
boshlaganlar. Nikoh diplomatiyasi xalqaro munosabatlarda o’z o’rniga ega bo’lib 
bordi. Lekin bosqinchilik urushlari Qadimgi Sharq dunyosida xalqaro masalalarga 
yechim topishda asosiy vosita bo’lib qolavergan.
Tovar-pul munosabatlariga asoslanuvchi rivojlangan quldorlik jamiyatlari – 
Qadimgi Yunoniston va Rimda xalqaro munosabatlar hamda diplomatiya yangi 
bosqichga qadam qo’ygan. O’z yerlarini kengaytirish, qullarni qo’lga kiritish, 
bozorlarga egalik qilish maqsadida tashqi siyosat olib boruvchi ushbu davlatlar o’z 
maqsadlariga erishishi yo’lida ittifoqlar tuzganlar, turli siyosiy diplomatik 
o’yinlarni amalga oshirganlar. Bunday diplomatik jarayonlar ayniqsa, Yunon–



Eron, Rim–Karfagen munosabatlarida yaqqol namoyon bo’lganligini ko’rish 
mumkin. 
Yunon–Rim jamiyatida zamonaviy elchilikning dastlabki kurtaklari 
shakllangan, diplomatik munosabatlarni tartibga soluvchi alohida davlat 
tashkilotlari vujudga kelgan, professional diplomatlar yetishib chiqqan, 
diplomatiga oid bilimlar takomillashib borgan. Elchilarning daxlsizligini 
ta’minlashga qaratilgan, ularning huquq va majburiyatlarini ifodalovchi dastlabki 
qonun hujjatlari yaratilgan. Yunon-Eron, Peleponess, Puni urushlari davomida 
nafaqat harbiy kuch-qudrat, shuningdek, diplomatiya ham urushlar taqdirini hal 
qiluvchi muhim kuchga aylanganligi yaqqol ko’zga tashlandi. Ayniqsa, Rim 
diplomatiyasiga oid bilim va tajribalar asosida o’rta asrlar so’ngida zamonaviy 
diplomatiya shakllangan. Xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi yangi 
me’yorlar, tamoyillar, qonun hujjatlari ishlab chiqilgan. “Bo’lib tashla va 
hukmronlik qil” deb nomlangan Rim tamoyili keyingi davrlarda ham eskirmagan 
holda dunyoga hukmronlikni da’vo qiluvchi yirik davlatlarning asosiy tamoyiliga 
aylangan.
Yangi va eng yangi davrga kelib xalqaro munosabatlarni amalga oshirishda 
diplomatiya yagona yechim sifatida tan olinadigan bo’ldi. Birinchi va ikkinchi 
jahon urushi davrida, “sovuq urush” munosabatlari avj olgan yillarda va yadro 
urushi xavfi susaymagan bugungi kunda ham diplomatiyaga bo’lgan ehtiyoj 
o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Insoniyat jamiyatining saqlanib qolishi va 
kelgusida ham mavjud bo’lishi xalqaro munosabatlardagi muammo va 
kelishmovchiliklarni faqat va faqat diplomatiya yo’li bilan hal etishga bog’liq 
bo’lib qolganligi bugun hech kimga sir bo’lmay qoldi. 
Hozirgi kunda jahon siyosatida ro’y berayotgan keng qamrovli va murakkab 
jarayonlarni to’liq anglab etish uchun xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixiga 
oid bilimlarga ega bo’lish zarur. Shu nuqtai nazardan, taqdim etilayotgan o’quv-
uslubiy qo’llanma qadimgi davrdan to hozirgi kungacha xalqaro munosabatlar va 
diplomatiyaga oid tarixiy jarayonlarni tahlil etishga yordam beradi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin