Mualliflar
5
QADIMGI SHARQDA XALQARO MUNOSABATLAR VA
DIPLOMATIYA
REJA:
1. Qadimgi Mesopotamiya diplomatiyasi.
2. Qadimgi Misr diplomatiyasi.
3. Qadimgi Xett diplomatiyasi.
4. Qadimgi Ossuriya diplomatiyasi.
5. Qadimgi Hindiston diplomatiyasi.
6. Qadimgi Xitoy diplomatiyasi.
Tayanch
so’z va
iboralar: Diplomatiya. Lugal. Lagash. Gir’avn maktublar
uyi. Nikoh diplomatiyasi. Garovga olish diplomatiyasi. Xazianu. Kontragent
shartnoma. Aso odami. Ashshurbanipal kutubxonasi. Al-Amarna arxivi. Abarakku.
Rabshakku. Marshipri. Mandala. Artxashastra. Duta. Yuyshi.
Qadimgi
Mesopotamiya.
Diplomatiya
qadimgi
davrdagi
xalqaro
munosabatlarda davlatlarning siyosiy hamda qulchilikka asoslangan iqtisodiy
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Aynan qulchilik munosabatlari qadimgi
Misr, Akkad, Bobil, Ossuriya diplomatiyasi, Xett, Hindiston va Xitoy kabi
davlatlarning vujudga kelishi hamda gullab-yashnashida muhim rol o’ynagan.
Miloddan avvalgi IV–III ming yilliklarda diniy, harbiy xarakterga ega bo’lgan
kuchli davlatlar o’z iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida qo’shni davlatlarga
bostirib kirganlar hamda ularning boyliklarini talaganlar, aholisni esa qulga
aylantirgan. Xalqaro masalalar faqatgina urush bilan hal qilingan. Miloddan
avvalgi II ming yilliklarga kelib qadimgi Sharq mamlakatlari o’rtasidagi xalqaro
munosabatlarda diplomatiyaning o’rni kuchayib borgan.
Miloddan avvalgi III–II ming yilliklarda Mesopotamiyada yigirmaga yaqin
“en”lar, ya’ni, shahar-davlatlar mavjud bo’lib, Mesopotamiyada gegemonlikka
da’vogarlik qiluvchi dastavval “Kish podshosi” unvoniga ega bo’lishi kerak
6
bo’lgan. “Kish lugali” unvoni podsho-gegemonning an’anaviy unvoni bo’lib
qolgan.
Mesopotamiyaning tashqi aloqalari asosan, Sharq tomonga qaratilgan edi.
Miloddan avvalgi IV ming yillikda Mesopotamiya Eronning yassi tog’lik
hududlari bilan jadal savdo aloqalariga ega bo’lgan.
Miloddan
avvalgi
III
ming
yillikda
Mesopotamiyaga
keltirilgan
mahsulotlarning aksariyat qismi aynan savdo karvonlari orqali ta’minlangan. Bu
esa savdo karvonlarining yorkin qatnovini ta’minlovchi o’zaro kafolatlarni vujudga
keltirishni talab qilgan.
Kish hukmdori Menbaragessi (mil. avv. 2600-y.) ishtrokidagi bizga ma’lum
bo’lgan harbiy to’qnashuvlardan eng qadimgisi Elam bilan bog’liq edi. Elam
keyingi asrlar davomida eng xavfli dushmanga aylanib, Mesopotamiya davlatlari
aynan shu paytda to’xtovsiz harbiy to’qnashuvlar davriga kirib borgan. Kish
hukmdorlaridan tashqari Ur, Uruk, Lagash hukmdorlari ham o’zlarini “Kish
podshosi” deb nomlay boshlaganlar. Akkad sulolalariga tegishli bo’lgan shohlar
ham keyinchalik ushbu unvonni o’zlarining unvonlari qatoriga kiritganlar.
Butun Mesopotamiya hududlarini o’z ichida qamrab olgan davlatni birinchi
bor Akkad podshosi Sargon I (mil. avv. 2316–2261) Shumerni va Mesopotamiyani
katta barpo etgan. Akkad deb nomlangan bu davlat o’zining tuzilishi jihatidan ham
konfederatsiya, ham markazlashgan davlatni eslatgan. Yaqin Sharqda Misr va
Elamning asosiy raqobatchisiga aylangan Akkad davlati uchun harbiy yurishlar
an’anaviy tus olgan. O’zini “to’rt iqlim podshosi” deb e’lon qilgan Naramsin (tah.
mil. avv. 2237–2200) va elamliklar hukmdori Xita (mil. avv. XXIII asr) o’rtasidagi
birinchi xalqaro shartnoma hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Shartnomaga ko’ra
mag’lub tomon hisoblanuvchi Elam podshosi katta tovon to’lashdan tashqari
Akkadga nisbatan samimiy va do’stona munosabatda bo’lish, uning dushmanlariga
qarshi harakatlarda harbiy yordam ko’rsatish, dushmanlik kayfiyatidagi
qochoqlarni tutib berish, Naramsinga dushmanlik qilganlarga panoh berishdan voz
kechish kabi majburiyatlarni o’z zimmasiga olgan.
7
Miloddan avvalgi II mingyillik birinchi yarmida Mesopotamiyada yetakchi
davlatga aylangan Bobilning siyosiy tartibsizlik sharoitida yuksalishi harbiy
muvaffaqiyatlar bilan birga o’ta mahorat bilan olib borilgan diplomatiyaning
natijasi edi. Bobil hukmdorlari qo’shni davlatlar bilan diplomatik munosabatlalarni
tartibga solishda sulolaviy nikohdan keng foydalanganliklari to’g’risida ham
ma’lumotlar uchraydi. Bu davrda davlatlar o’rtasida ko’plab ittifoqlar (teng
huquqli yoki tengsiz) tuzilgan. Biroq ularning barchasini umri qisqa bo’lgan.
Chunki diplomatik munosabatlarni kafolatlovchi huquqiy normalar hali shakllanib
ulgurmagan edi. Agar ittifoq teng huquqli bo’lmasa, unda gegemon-podsho qaram
podsholiklarga, ularni doimo nazorat qilish maqsadida, o’zining maslahatchilarini
(xazianuni) yuborardi. Qaram podsholar bunday ittifoqning rahbariga yuborgan
maktublarida unga “ota” yoki “hukmdor” deb murojaat qilganlar. Ularning
majburiyatlari bitimlarda aniq belgilangan bo’lib, eng asosiy vazifasi urushlar
davrida harbiy yordam ko’rsatishdan iborat bo’lgan. Tuzilgan shartnomalar
xudolar oldida qasam ichish bilan mustahkamlangan. Siyosiy maqsadlarga erishish
yo’lida harbiy kuch, ayyorlik, pora berib sotib olish, isyonlarni keltirib
chiqarishdan foydalanilgan. Bunday usullarni Bobil hukmdorlari muvaffaqiyatli
tarzda qo’llaganlar.
Mari va Bobil o’rtasidagi shartnomalardan birida siyosiy maqsadlarga
erishish
yo’lida
iqtisodiy
“yordam”dan foydalanilganligini tasdiqlovchi
ma’lumotlar keltirilgan.
Miloddan avvaigi II ming yillikning o’rtalarida Yaqin Sharqda bir-biriga
teng hisoblangan bir nechta “buyuk” davlatlar mavjud edi: Misr, Kassitlar Bobili,
Shimoliy Mesopotamiyadagi Mitanni davlati va Kichik Osiyodagi Xett podsholigi,
Suriya, Falastin, Finikiya, Shimoliy Mesopotamiya, Kichik Osiyodagi kichik va
mayda podsholiklar yoki knyazliklar “buyuk” davlatlarga qaram bo’lib qolganlar.
“Buyuk” davlatlar podsholari o’zaro yozishmalar chog’ida bir-birlariga
“birodar” deb murojaat qilgan. Bir birlariga o’zaro qimmatbaho sovg’alar taqdim
etish diplomatik munosabatlarning muhim tarkibiy qismi bo’lgan.
|