11
Sinaxxerib uni jangda mag’lubiyatga uchratgan. Ittifoq ishtirokchilari birma-bir
jazolangan va ularning hududi Ossuriyaga qaram bo’lib qolgan.
Hukmronligining
butun davri davomida Sinaxxeribning o’y-fikrlari Bobilga qaratilgan. Ossuriyaga
qarshi Bobil - Elam- Dengizbo’yi (O’rta Yer dengizi) arablar ittifoqi mavjud edi.
Miloddan avvalgi 689- yilda Sinaxxerib Bobilni shafqatsizlarcha yakson qilib
tashlagan. Sinaxxeribning o’g’li podsho Asarxaddon (mil. avv. 681–669-yy.) ham
"Bobil masalasi"ni hal etishni tashqi siyosatning birinchi galdagi vazifasi deb
hisoblagan. Sharqiy yo’nalishda ham Ossuriya uchun xavfli vaziyat yuzaga kelgan.
Miloddan
avvalgi
674–673-yillarda
Ossuriyaning
Kashtariti
(Fraort)
boshchiligidagi qo’zg’olonni bostirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Natijada mustaqil Midiya podsholigi barpo etilgan va midiyaliklar Ossuriyaga
qarshi tuzgan ittifoq tuzganlar. Bu ittifoqqa manneylar, kimmeriylar, skiflar va
boshqalar kirgan. Biroq Ossuriya diplomatiyasi ittifoq a’zolarini bir-biridan ajratib,
ularni yengishga muvaffaq bo’lgan. Miloddan avvalgi 674 va 671-
yillarda Misr
zabt etilgan, ammo Ossuriyaning Misr ustidan hukmronligi mustahkam bo’lmagan
va uzoqqa cho’zilmagan.
Asarxaddon o’g’li Ashshurbanapal (mil. avv. 668–626-yy.) davrida qarshilik
ko’rsatuvchilar va qo’zg’olonchilar ustidan shafqatsiz jazolar evaziga hamda
josuslik faoliyatining mohirona tarzda yo’lga qo’yilganligi va tajribali diplomatik
harakatlar tufayli Ossuriya gegemon maqomini vaqtinchalik saqlab qolgan. Bunga
kimmeriylar va skiflar bilan tuzilgan ittifoq ham yordam bergan. Miloddan avvalgi
VII asr o’rtalarida mamlakatda siyosiy inqiroz avj olgan. Ossuriyaga qarshi yangi
ittifoq
shakllanib, elamliklar, xaldey-aramey knyazliklari va O’rta Yer dengizi
bo’yi qabilalari, Suriya, Finikiya va Ossuriyaning viloyatlarida keng ko’lamli
qo’zg’olonlar avj olgan.
Ossuriya, ittifoqchilarning o’zaro ziddiyatlaridan
foydalanib, bu safar ham qo’zg’olonni shafqatsizlarcha bostirishga erishgan.
Biroq, ich-ichidan yemirilgan Ossuriya Bobil va Midiyadan iborat qudratli
ittifoqqa qarshi dosh berolmagan va parchalanib ketgan.
12
Ossuriya diplomatiyasi tarixiga oid manbalarda talaygina va rang-barang
ma’lumotlar mavjud. Manbalar ichida eng yirigi qadimgi Nineviya harobalaridan
topilgan Ashshurbanipalning ulkan kutubxonasi hisoblanadi.
Ossuriya va unga qaram bo’lgan davlatlar o’rtasida shartnomalar og’ishmay
bajarilishi lozim edi. Shartnomani tuzish marosimi
sexr-jodu va turli amallar,
xudolarni o’rtaga qo’yib qasam ichishlar bilan amalga oshirilgan. Shartnomani
buzish eng tabarruk qoidalaridan xatlab o’tishni anglatgan va shafqatsizlarcha
jazolangan. Lekin shartnomalar ossuriyaliklarning o’zlari tomonidan tez-tez
buzilishi oddiy hol hisoblangan.
Turli davlatlar bilan do’stona munosabatlarni qadrlagan Ossuriya podsholari
sulolaviy nikoh va hukmron xonadonlar bilan qarindoshlik aloqalarini o’rnatishga
alohida e’tibor qaratganlar. Ossuriya davlati hukmronligi
davrida garovga olish
amaliyoti tinchlik munosabatlarini kafolatlash, imzolangan shartnomalarga rioya
qilish, Ossuriya hokimiyatiga bo’ysunish elementlaridan biri sifatida ko’p bora
qo’llangan. Tobe podsholar o’z o’g’illarini, yaqin qarindoshlarini sodiqlik kafolati
sifatida Ossuriya hukmdorlari saroyiga yuborishga majbur bo’lganlar. Boshqa
davlatlardan kelgan shoh nasliga oid qochoqlar hukmdor
tomonidan juda yaxshi
qabul qilingan va saroyda ushlab turilgan. Ulardan siyosiy o’yinlar vaqtida
foydalanganlar.
Ish yuritish Ossuriya davlatida ikki tilda – akkad tilining ossuriya shevasida
va aramey tilida olib borilgan. Davlat nomidan muzokaralarni podsholar,
shahzodalar, taxt vorislari, podsho amaldorlari olib borganlar.
Oliy tabaqaga
mansub elchilar “abarakku”, “rabshaku”, oddiy choparlar “mar shipri” deb
nomlangan. Ossuriyada josuslik xizmati yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu ish bilan taxt
vorisi shug’ullangan.
Dostları ilə paylaş: