26
qoldirishicha, Klavdiy davrida elchilarning xavfsizligini ta’minlash bo’yicha
alohida chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Imperiya davrida Rim diplomatiyasi ikki xil ko’rinishga ega bo’lgan:
1) Tashqi diplomatik aloqalar – Rim hukmronligi doirasidan tashqaridagi
davlatlar bilan xalqaro munosabatlar.
2) Ichki diplomatik aloqalar – Rim ta’siri ostidagi davlatlar bilan xalqaro
munosabatlar.
Rim ta’siri ostidagi davlatlar avtonomiya huquqiga va iqtisodiy, siyosiy,
diniy jihatdan ma’lum vakolatlarga ega bo’lganlar. Ular Rimga elchilar jo’natib,
o’z manfaatlarini Senatda himoya qila olganlar.
Vispasian davrida qo’shni davlatlarda faoliyat olib borayotgan elchixona
vakillari 3 nafargacha (ilgari o’n nafar bo’lgan) qisqartirilgan. Asosiy maqsad
elchixonalar uchun ajratiladigan mablag’ni cheklash bo’lgan.
Domitsian davrida (81–96) elchixonalarni mablag’ bilan ta’minlash deyarli
to’xtatilgan. Elchilik mansabini fahrli deb hisoblagan aristokratiya vakillaridan
elchilar tayinlana boshlangan.
Imperiya davrida patritsiylar orasidan yetuk diplomatlarni tayyorlash
maqsadida maxsus maktablar faoliyat ko’rsatgan. Ularga huquq, diplomatiya,
ritorika, falsafa kabi fanlar chuqur o’rgatilgan.
Dostları ilə paylaş: