Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Klassik davrda xalqaro munosabatlar



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Klassik davrda xalqaro munosabatlar. Xalqaro munosabatlardagi muhim 
voqealaridan biri Yunoniston–Eron urushlaridir. Ushbu urushdan Eronning 
ko’zlagan asosiy maqsadi aholisi ko’p va iqtisodiy jihatdan rivojlangan boy yunon 
polislarini zabt etishdan iborat bo’lgan. 
Yunoniston–Eron urushlarida yunonlarning vatanparvarligi va jasorati 
yorqin namoyon bo’ldi va polislar birlashish zarurligi anglab yetganlar. Shu 
maqsadda miloddan avvalgi 481- yilda “Panellin ittifoqi”, keyinroq uning o’rnida 
miloddan avvalgi 478- yilda “I Afina dengiz ittifoqi” (Delos ittifoqi) vujudga 
kelgan edi. Ushbu jarayonlar natijasida yunonlar qadimgi dunyoning eng yirik 
davlati sifatida namoyon bo’lgan Ahmoniylar saltanati bilan bo’lgan to’qnashuvda 
g’alabaga erishganlar. 


20 
Miloddan avalgi 449- yilda “Kalliy sulhi” (Afina elchisining ismi Kalliy 
bo’lganligi sababli ushbu bitim shunday nomlanadi) tuzilgan bo’lib, unga ko’ra, 
Eron shohi yunonlarning Kichik Osiyodagi barcha polislari mustaqilligini tan 
olgan hamda yunonlarga qarshi harbiy harakatlar olib bormaslik majburiyatini o’z 
zimmasiga olgan. Eron harbiy kemalariga Egey dengizida harakat qilish 
ta’qiqlangan. Yunon polislari Sharqiy O’rta Yer dengizi mintaqasiga daxl 
qilmaslik va Misrga oid masalalarga aralashmaslik majburiyatini o’z zimmasiga 
olganlar. 
Delos simmaxiyasi (ittifoqi) yunon shaharlarining mustahkam birlashmasiga 
aylangan. Ittifoqda Afinaning ustunligi ko’zga tashlanib turgan. U yirik boy polis 
bo’lib, eronliklarga qarshi urushning asosiy og’irligini o’z gardaniga olganligi 
sababli ham boshqa polislardan o’zini ustun qo’yishi uchun asos bo’lib xizmat 
qilgan. Miloddan avvalgi 454- yilda ittifoqi xazinasining Delos orolidan Afinaga 
ko’chirilishi ushbu ustunlikning yanada yaqqol ko’rinishi bo’lgan.
Afina butun Yunonistonda gegemonlik qilishga intilishi Sparta bilan 
munosabatlarning 
yomonlashishiga 
sabab 
bo’lgan. 
Bu 
qarama-qarshilik 
Peloponnes urushiga (mil. avv. 431–404- yy.) olib kelgan. Urush Spartaning 
g’alabasi bilan yakunlangach, I Afina dengiz ittifoqi tarqatib yuborilgan. Polislar 
o’rtasidagi doimiy urushlar ularning shundoq ham tang ahvolini yanada 
zaiflashtirgan. 
Miloddan avvalgi 399- yilda Eron va Sparta o’rtasida urush boshlangan. 
Ahamoniylar orasidagi sulolaviy kurashga Spartaning aralashuvi ushbu urushni 
keltirib chiqargan. Biroq, miloddan avvalgi 395- yilda Ahamoniylar yordamida 
tuzilgan ittifoq Spartaga qarshi urush boshlagan. Ushbu ittifoqqa Afina, Korinf, 
Fiva kirgan. Eronning kuchli ta’siri ostida tinchlik sulhi imzolangan (mil. avv. 387-
y. “Antalkid” sulhi). Unga ko’ra, Eron davlati Kichik Osiyo shaharlari ustidan 
nazoratni qayta qo’lga kiritgan, eronliklar flotiga Egey dengizida suzishga ruxsat 
berilgan, yunon polislari ustidan nazorat qilish Spartaga topshirilgan.
Miloddan avvalgi 378–377- yillarda Sparta bilan kurashish uchun Ikkinchi 
Afina dengiz ittifoqi tuzilgan. Levktra shahri yonidagi jangda (mil. avv. 371- y.) 


21 
fivaliklar Sparta qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratishgan va ushbu voqea 
Spartaning yengilmasligi to’g’risidagi afsonani yo’qqa chiqargan. Mantiney 
yonidagi jangda (mil. avv. 362- y.) fivaliklar sarkardasi Epaminondning o’limidan 
so’ng Fiva shahrining qisqa muddatli yuksalishi yakunlangan. Bunga Fivaning 
kuchayishidan qo’rqib qolgan Afinaning fivaliklarga nisbatan g’arazli munosabati 
sabab bo’lgan. Biroq, Afinaning Ikkinchi Afina dengiz ittifoqida o’z ustuvorligini 
o’rnatishga qaratilgan urinishlari ittifoqchilarning qarshiligiga uchragan va 
"Ittifoqchilar urushi”ga olib kelgan (mil. avv. 357–355- yy.). Ushbu urush 
ittifoqning tarqalib ketishi bilan yakunlangan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin