17
ittifoqi. Yunon–Eron urushi. Kalliy sulhi. Peleponnes urushlari. II Afina dengiz
ittifoqi.
Prokseniya va amfiktoniyalar. Insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi
o’choqlaridan biri hisoblanadigan qadimgi Yunonistonda fan-texnika, madaniyat
va maorif bilan bir qatorda xalqaro munosabatlar, diplomatik bilimlar, siyosiy ong
va dunyoqarash ham yuksalib bordi. Garchi qadimgi Sharq mamlakatlari – Misr,
Akkad, Bobil,
Ossuriya, Xett, Hindiston va Xitoy kabi davlatlarda diplomatik
munosabatlar va elchilik tartiblari o’zining shakllanish jarayonini boshlab bergan
bo’lsa, bu jarayon antik Yunonistonda yangi bosqichga qadam qo’ydi.
Qadimgi Yunonistonda xalqaro aloqalar va xalqaro huquqning eng qadimgi
shakli – “Prokseniya”, ya’ni mehmondo’stlik edi. Prokseniya ayrim shaxslar,
urug’lar, qabilalar va davlatlar o’rtasida amal qilar edi.
Biror mamlakatga tashrif
buyurgan elchilar, avvalo, o’zlarining proksenlariga murojaat qilardilar va ular
diplomatik muzokaralarda yetakchi o’rinni egallardilar. Proksenlar huquq, savdo-
sotiq,
soliq va sud ishlarida, aholi bilan davlat o’rtasida asosiy vositachi
hisoblanganlar. Ular aholining shaharga bo’lgan ahloqiy munosabatlarini ham
tartibga solib turganlar. Shaharda istiqomat qiluvchi chet elliklar mehmondo’stlik
ilohasi – Kseniya himoyasida deb hisoblangan.
Xalqaro munosabatlarning yana bir qadimiy institutlaridan biri –
amfiktoniyalardir. “Amfiktoniya” so’zi yunoncha so’z bo’lib, “atrof hududlarda
yashovchilar” degan ma’noni anglatadi. Amfiktoniyalar ibodatxonalarda tashkil
etilgan diniy ittifoqlar hisoblangan. O’ta muhim va ardog’da bo’lgan
xudolar
qoshida tashkil etilgan bu ittifoqlar urug’ ichidagi, urug’lararo, qabilalararo
munosabatlarni tartibga solgan. Bayramlar arafasida har qanday urushlar
amfiktoniyalar
tomonidan
qat’iyan
ta’qiqlangan.
Ushbu
ta’qiqqa
amal
qilmaganlarga nisbatan “muqaddas urush” – iyeromimiya e’lon qilingan. Bundan
ko’rinib turibdiki, amfiktoniyalar nafaqat diniy, shu bilan birga siyosiy
xarakterga
ham ega bo’lgan.
Amfiktoniyalarning asosiy vazifasi ilohiy bayramlarni munosib nishonlash,
umumiy qurbonliklar tashkil etish, aholi va turli jamoalarning ehsonlari evaziga
18
to’plangan xazinani himoya qilish,
uni maqsadli sarflash, diniy qoidalarni
buzganlarni jazolash kabilardan iborat edi. Amfiktoniyalardan eng yirigi Fermopil
– Demetra ibodatxonasi bo’lib, u 12 ta qabilani o’zida birlashtirgan. Har bir qabila
2 tadan ovozga ega bo’lgan. Tashkilotning bosh organi umumiy yig’in hisoblanib,
yig’in raisi iyeremnemon deb atalgan. Umumiy yig’in yilda 2 marta: bahorda va
kuzda chaqirilgan. Iyeremnemon qabila boshliqlari orasidan ovoz berish yo’li bilan
saylangan. Amfiktoniyaning har bir a’zosi unga kirishdan oldin qasamyod qabul
qilgan. Qasamyod matni quyidagicha edi: “Amfiktoniyaga qarashli hech bir
shaharni vayron qilmayman. Uning suvlarini o’zboshimchalik
bilan egallab
olmayman. Qasamyodni buzganlarga qarshi hamma bilan birgalikda urush e’lon
qilaman, uning shaharlarini vayron qilaman. Xudoning xohishiga qarshi
borganlarni shafqatsiz jazolayman”.
Amfiktoniyalar miloddan avvalgi V–IV asrlarda Yunoniston siyosiy
hayotida qudratli ta’sirga ega bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: