Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Qadimgi Xitoy. Qadimgi Xitoyda diplomatik bilimlarni rivojlantirishga 
alohida e’tibor qaratilgan. Jamiyatning o’qimishli qatlamlari orasida zarur bilim va 
tajribaga ega bo’lgan, siyosiy vaziyatni nazariy va amaliy jihatdan tushunadigan, 
gapga chechan, ishning o’ziga xos ustalari orasidan diplomatik vazifalarni 
bajaruvchi amaldorlar saralab olingan. Masalan, qadimgi Xitoy faylasufi Konfutsiy 
diplomatiya san’atiga o’rgatishni podsholikni boshqarishdan keyin ikkinchi o’ringa 
qo’ygan edi.
Xitoy elchilari boshqa mamlakatga xizmat bilan yuborilganda ularga faqat 
og’zaki ko’rsatmalar berilgan. Diplomatik daxlsizlik haqida tushuncha mavjud 
bo’lmasada, amalda har qanday podsholikda elchiga o’ta hurmat bilan 
munosabatda bo’lganlar. 
Chjango davri hukmdorlarining saroylari qoshida “yuyshi” deb nomlangan 
elchilik bilan shug’ullanuvchi amaldorlar xizmat qilgan. Ular hukmdor nomiga 


15 
boshqa podsholiklardan etib kelgan barcha maktublarni qabul qilish hamda kelgusi 
muzokaralar uchun ma’lumotlar tayyorlash bilan shug’ullanganlar. Davlatlararo 
munosabatlar nazariyasi va amaliyoti “Szun xen” maktabining faoliyati bog’liq. 
Ushbu maktabning vujudga kelishi donishmand Guy Gutszi (mil. avv. IV–III 
asrlar) nomiga borib taqaladi. Maktabning nomi ikki turdagi davlatlararo 
ittifoqlarning nomidan kelib chiqadi – “szun” (vertikal bo’yicha ittifoq yoki 
shimol-janub ittifoqi) va “xen” (gorizontal bo’yicha ittifoq yoki sharq-G’arb 
ittifoqi). 
Miloddan avvalgi 221- yilda Sin podsholigi birinchi bor butun Xitoyni 
birlashtirgan. Istilolarni amalga oshirish Sin Shi Xuandi tashqi siyosatining asosiy 
vazifasiga aylangan. Miloddan avvalgi 202- yilda Sin sulolasi xalq qo’zg’olonlari 
natijasida ag’darilgan. Imperiyada hokimiyat tepasiga Xan sulolasi kelgan. Xan 
imperiyasining qo’shni xalqlar bilan munosabatlarda avvalgi davrdan meros bo’lib 
qolgan oykumena egosentrik (o’ta manmanlik, o’zini dunyoga ustun deb bilish) 
konsepsiyasi katta rol o’ynagan. Ushbu rasmiy tashqi siyosiy doktrinaga qarshi 
“daosizm” falsafasiga oid asarlarda o’zgacha konsepsiya uchraydi. 
Qadimgi Xitoyning deyarli 2000 yillik tarixi davomida yaqin va uzoq 
qo’shnilar bilan tashqi munosabatlarni amalga oshirishning muayyan tamoyillari 
ishlab chiqilgan. Qadimgi Xitoy diplomatiyasida ikki muhim konsepsiya o’ziga 
xos ahamiyatga ega. Birinchi konsepsiyasi avvalo, teng huquqli davlatlar 
o’rtasidagi munosabatlarga bag’ishlangan bo’lsa, ikkinchi konsepsiyaga ko’ra 
barcha o’zga mamlakatlarga Xitoyning ehtimolli o’lpon to’lovchisi sifatida 
qaralgan. 
Garovga olish amaliyoti Xan imperiyasining qo’shni mamlakatlar bilan 
munosabatlaridagi odatiy hol bo’lgan. Bu davrda elchilarni qabul qilishning 
maxsus marosimi ishlab chiqilib, uning maqsadi – elchilik yuborgan hukmdorning 
Xan imperatoriga nisbatan tobelik holatini aks ettirishi kerak bo’lgan. Saroyda 
o’rnatilgan qoidalarga bekami-ko’st rioya qilinishiga katta ahamiyat berilgan. 
Elchilar albatta, sovg’alar bilan yetib kelardilar va Xan imperiyasi ham in’omlar 
berishga qizg’anmagan. Elchilarni qabul qilish va ular tomonidan sovg’alarni 


16 
topshirish marosimi xorijlik vakillarni kamsitadigan va o’zga yurtlar 
hukmdorlarining tobe holatini aks etirishga qaratilgan bo’lsada, imperiyaning 
qo’shni mamlakatlar bilan munosabatlari do’stona bo’lishiga katta e’tibor 
qaratilgan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin