Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


XV–XVI asrlarda diplomatik tartiblar va sohaga oid bilimlarining



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

XV–XVI asrlarda diplomatik tartiblar va sohaga oid bilimlarining 
rivojlanishi. XV asrdan boshlab Yevropada xalqaro munosabatlar yangi bosqichga 
kirib borgan. Bu davrda qator mamlakatlarning hududiy birlashishi yakunlangan va 
absolyut monarxiyalar uchun sharoitlar yaratilgan. 
Buyuk 
geografik 
kashfiyotlar 
Yevropani 
yangi 
dunyoga 
yanada 
yaqinlashtirgan. Ispaniya va Portugaliya kabi davlatlar ulkan mustamlakalar tufayli 
yuqori mavqega ega bo’lib borganlar. 
Absolyut monarhiyalarning paydo bo’lishi bilan yirik davlatlar (Angliya, 
Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya, Shvetsiya) o’rtasidagi ziddiyatlar birinchi 
o’ringa chiqqan.
XVI asrda davlatlarning tashqi siyosatiga xizmat qiluvchi markaziy va 
mahalliy diplomatik muassasalar shakllangan hamda diplomatik marosimlarning 
yangi tartiblari vujudga kela boshlagan. Ushbu tartib va rasm-rusumlar xalqaro 


41 
munosabatlarda anchagina muhim rol o’ynagan. Kirib kelish va ayniqsa dastlabki 
qabul marosimida elchining xatti-harakati, muomalasi hamda uni qabul qilayotgan 
hukmdorning 
yoki 
vazirning 
javoban 
harakatlari 
davlatlar 
o’rtasidagi 
munosabatlarni va ularning xalqaro hayotdagi salmog’ini aks ettirgan. 
Yirik davlatlarning paydo bo’lishi va ular o’rtasida diplomatik 
munosabatlarning rivojlanishi bu boradagi yangi nazariyalarni vujudga kelishiga 
olib kelgan. Diplomatik huquq asta-sekin rivojlanib borgan. Niderlandiyalik 
huquqshunos Baltazar Ayalaning “Urush va harbiy muassasalar huquqi to’g’risida” 
(1582), italiyalik huquqshunos Alberiko Djentilining “Elchiliklar haqida” (1585) 
deb nomlangan asarlari ham Yevropa diplomatlari uchun haqiqiy qo’llanma bo’lib 
xizmat qilgan. 
Xalqaro diplomatiya huquqiga oid bilimlarni rivojlantirishda Gugo Grotsiy 
(1583–1645) asarlarining ham alohida o’rni bor. Gollandiyalik ushbu mashhur 
huquqshunos asarlarining tarixiy ahamiyati shundaki, u absolyut monarxiyalar 
o’rtasida urushlar davrida mulk himoyasini nazariy asoslashga va shu bilan birga 
urushni huquqiy me’yorlar doirasiga solishga urinib ko’rgan. G. Grotsiyning 
“Urush va tinchlik huquqi to’g’risida” (1625) deb nomlangan asari muallifga katta 
shuhrat keltirgan. Grotsiy o’z asarida elchilik huquqlariga ham alohida bob 
bag’ishlagan. Ushbu bob shunisi bilan qiziqarliki, unda XVII asr boshi oid elchilik 
huquqi sohasidagi urf-odatlar tasvirlangan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin