39
Angliya qiroli Eduard III ham o’z atrofiga ittifoqchilar to’play boshlagan.
Dastlab moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan
german imperatoriga
300 ming florin miqdorida ulkan qarz berilgan. Xuddi shunday yo’l bilan
Gennagaus, Zeland, Brabant kabi uncha katta bo’lmagan knyazliklar Angliya
ittifoqchilariga aylangan. Flandriya ta’siri ostidagi ushbu knyazliklar graf zulmidan
qutilish uchun Angliyani qo’llab-quvvatlashga rozi bo’lganlar.
Yuz-yillik urushda Angliya ustidan qozonilgan g’alabada fransuzlarning
vatanparvarlik jasoratlari bilan bir qatorda, yuksak
darajada olib borilgan
diplomatiyaning ham munosib o’rni bor.
Zamonaviy tadqiqotchilar fransuz qiroli Lyudovik XI (1461–1483)ni
“zamonaviy diplomatiyaning otasi” sifatida tan olganlar. U chindan ham mohir
diplomat edi.
Lyudovik XI ritsarlik shon-shuhratini tan olmas, urushlarni esa umuman
yoqtirmas hamda diplomatiyani o’zining asosiy quroli deb bilardi. U ayyorlikni
kuchdan ustun qo’yar, ko’plab dushmanlari bilan munosabatlar
paytida har doim
yuzma-yuz janglardan o’zini olib qochishni uddalardi. O’sha davr tarixchilaridan
biri Komminning
yozishicha, Lyudovik XI ertayu-kech yangi g’oyalar yaratish
bilan mashg’ul bo’lgan. O’z raqiblarini bir-biri bilan urishtirib qo’yish, eng kerakli
vaziyatda ularni yarashtiruvchi sud’ya rolini o’ynash, tinchlik o’rnatish orqali o’z
manfaatlarini ham himoya qilish fransuz qirolining asosiy taktikasi edi. U davlatni
boshqarish sohasidagi barcha ikir-chikirlarni erinmay surishtirar, o’z
vaqtining
asosiy qismini turli toifadagi dvoryanlar bilan tanishishga, ular haqida ma’lumot
to’plashga, o’zi bilan yaqin deb hisoblagan dvoryanlar bilan yozishmalar olib
borishga sarflardi. Komminning ta’kidlashicha, bu qadar ko’p odamlar bilan
tanishuvchi, odamlarni bu qadar ko’p tinglovchi, bu qadar ko’p ma’lumot
to’plovchi kishi butun Fransiyadan boshqa topilmagan. Haqiqatdan ham Lyudovik
XI Angliya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya va Burgundiyadagi barcha taniqli davlat
arboblari hamda yuqori darajali dvoryanlar bilan shaxsan tanish edi.
Shu bilan
birga ular haqidagi ko’plab qimmatli ma’lumotlarga ega ediki, yuqori tabaqa
40
vakillari ishtirokidagi nizolar va tortishuvlar qanday yakunlanishini oldindan
bexato aytib bera olardi.
Lyudovik XI ning o’z diplomatlari bilan ish olib borish uslubi ham o’ziga
xos ko’rinishga ega bo’lgan. Qirol ularga faoliyat yuritishlarida barcha
yerkinliklarni berib qo’ygandek o’zini tutar, ulardan doim maslahat so’rar,
aslida
esa barcha ishlarni zimdan kuzatib borardi. U o’z diplomatlaridan biriga shunday
maslahat bergan: - “Agar ishlar ko’ngildagidek ketayotgan bo’lsa, meni har
zamonda habardor qilib turishing kifoya, aks holda, senga yordam berishim uchun
barcha ma’lumotlardan ipidan-ignasigacha meni habardor qilishing shart”.
Lyudovik XI o’z elchilariga imkon qadar ko’proq tarafdorlarni sotib olishni
maslahat berardi. Ularga qarata: “ko’ryapsanlarmi, ular sizni aldamoqda, mayli,
lekin sizlar ko’proq aldanglar” degan so’zlarni ko’p ishlatardi. Bunday qonun-
qoidalar Lyudovik XI diplomatiyasining asosiy mazmunini anglatardi. Uning qo’l
ostidagi 70 dan ortiq diplomatlarning nomlari butun Yevropada mashhur bo’lgan.
Komminning yozishicha, diplomatlarining birortasi ham qirolga xiyonat qilishni
xayollariga ham keltira olmaganlar. Chunki, har bir diplomat orqasida, albatta,
alohida qirol ayg’oqchisi bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: