35
qismi -"sharqiy franklar qirolligi" (keyinchalik Germaniya deb nomlangan)
Lyudovik Nemisga berilgan. Karl va Lyudovikniag yerlari oralig’idagi hududlar va
Italiya Lotar qo’l ostida saqlanib qolgan. Verden shartnomasidan so’ng
to’qnashuvlar davom etgan va ko’plab yangi bitimlar imzolangan. Bu
shartnomalarning amalda hech qanday qadri bo’lmagan. Buyuk Karl imperiyasi
o’rnida paydo bo’lgan Fransiya,
Germaniya, Itaiiya, Burgundiya, Arelat
nomigagina davlatlar edi xolos. IX–XI asrlarda G’arbiy Yevropada siyosiy
tarqoqlik yanada kuchaygan. Mahalliy hukmdorlar o’zlarini
davlat rahbarlaridek
tuta boshlaganlar. Hokimiyatni boshqarish bilan birga, sud vazifalarini ham o’zlari
bajarganlar. Ular mustaqil ravishda tanga pullar zarb etganlar, soliqlar joriy
etganlar va shu bilan birga boshqa mulkdorlar, davlat rahbarlari bilan o’zaro
munosabatlarni yo’lga qo’yganlar. Bunday mulkdorlar qo’l
ostida shaxsiy
elchiliklar mavjud bo’lib, ular orqali turli ittifoqlarga a’zo bo’lganlar hamda
urushlarda ishtirok etganlar. Yirik zamindor hukmdorga, davlat esa votchinaga
(merosiy yer-mulkka) aylangan.
Barcha joylarda shaxsiy urush huquqi o’rnatilgan,
shaxsiy diplomatiya
xalqaro munosabatlarda yetakchi rol o’ynay boshlagan. Ikki feodal senor mustaqil
davlatlar rahbarlari kabi muzokaralar olib borganlar. Topshiriqlarni og’zaki yoki
ramziy harakatlar yordamida etkazib beruvchi maxsus jarchilar (yoki xabarchilar,
darakchilar) orqali urush e’lon qilish yoki tinchlik tuzishning rasmiy usullari ishlab
chiqilgan. Ushbu jarchilar geroldlar deb nomlangan. Ular o’z sen’orlarining
gerblarini (tamg’alarini) taqib yurganlar, ularning shaxslari
elchilar kabi daxlsiz
hisoblangan.
XIV–XV asrlarda Yevropada xalqaro munosabatlarning muayyan tizimi
shakllanib borgan, asta-sekin ayrim diplomatik mezonlar va an’analar ishlab
chiqila boshlangan.
Ammo ushbu davrdagi xalqaro munosabatlar qonuniy va huquqiy jihatdan
mustahkam bo’lmagan. Doimiy elchiliklar va diplomatik vakolatxonalar yo’q edi,
xalqaro huquq ham hali shakllanmagandi.
36
Mustaqil shaharlarning paydo bo’lishi, ichki va tashqi savdoning rivojlanishi
hisobiga Yevropa davlatlarining iqtisodiy o’sishi,
markaziy hokimiyatni
mustahkamlashga bo’lgan intilishlar halqaro munosabatlarda yangi davr
boshlanayotganligidan darak bergan.
Dostları ilə paylaş: