Nazorat uchun savollar:
1. Pyotr I davrida nima sababdan Pol’shaga Rossiya ta’siri kuchaydi?
2. Kanada qachon Fransiya mustamlakasiga aylantirildi va uning oqibati
nimadan iborat?
3. Angliyadagi Ost-Indiya kompaniyasi faoliyati haqida ma’lumot bering?
74
4. Angliya Ispaniya merosi uchun keskin kurash olib borilganligining asosiy
sabablari va oqibatlari nimadan iborat?
5.1763-yil Versalda imzolangan Angliya, Fransiya va Ispaniya o’rtasidagi
sulh shartnomasining shartlarini ayting?
6. Rus – Turkiya urushining kelib chiqish sabablari nimadan iborat?
7. Fransuz monarxiyasi xalqaro obro’yiga ta’sir etgan voqeani izoxlang?
8. Nima sababdan Avstriya qo’shinlari mag’lubiyatga uchradi?
9. Qachon Fransiya Avstriya bilan ittifoq tuzdi va uning oqibatlari nimadan
iborat?
10. Angliya – Rossiya munosabatlarining keskinlashuviga sabab bo’lgan
omillar?
XIX – XX ASR BOSHIDA XALQARO MUNOSABATLAR VA
DIPLOMATIYA
REJA:
1. XVIII asr oxiri – XIX asr boshida xalqaro munosabatlar.
2. Vena kongressi.
3. 1815 – 1850-yillardagi xalqaro munosabatlar
Tayanch
so’z va
iboralar: Fransiyada inqilobiy harakatlar. Direktoriya.
Napaleon. Koalitsiya. Gegemoniya. Direktoriya. Austerlits jangi. Reyn ittifoqi.
Shenburunn tinchlik shartnomasi. Borodino jangi. “Xalqlar jangi”. Burbonlar.
Kontinental qamal. Vena kongressi. Metternix tizimi. Muqaddas ittifoq.
Konvensiya. Usmoniylar imperiyasi. Bolqon. Yunoniston. Rossiya – Turkiya
urushlari. Adrianopol sulhi.
XVIII asr oxiri – XIX asr boshida xalqaro munosabatlar. 1789-yilda
Fransiyada Lyudovik XIV absolyut monarxiyasining qulashiga olib kelgan inqilob
ro’y berdi. Ushbu voqea inqilobiy Fransiyaga qarshi birlashtirgan butun Yevropani
harakatga keltirdi. 1791-yil 27-avgustda Saksoniyaning Pilnits qasrida Avstriya va
75
Prussiya o’rtasida deklaratsiya imzolandi. 1792-yilning 7-fevralida Fransiyaga
qarshi Yevropa davlatlarining birinchi koalitsiyasiga (ittifoqiga) asos solindi.
Fransiyaning o’zida ushbu xabar vatanparvarlik harakatini keltirib chiqardi.
Federatlarning qurollangan otryadlari tuzila boshlandi. Qonun chiqaruvchi majlis
“Vatan xavf ostida!” deb e’lon qildi va hujumni kutib o’tirmasdan, Avstriyaga
urush e’lon qildi. Harbiy harakatlar Fransiya uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi.
Avstriya bilan ittifoqda Prussiya ham harakatlar olib bordi. Uning armiyasi
Fransiyaga bostirib kirdi va bir qator qal’alarni ishg’ol etdi. Biroq, Fransiya
qurollanmoqda va safarbarlikni amalga oshirmoqda edi. Va 1792- yilning 20-
sentyabridayoq fransuzlar Valmi qishlog’i yonida prusslarning hujumini qaytardi.
Ushbu jangdan so’ng Fransiyaning inqilobiy armiyasi Belgiya, Reyn daryosining
chap sohili, Nitssa va Savoyyani egalladi. Ushbu yerlarning bir qismi Fransiyaga
qo’shib olindi. Ammo, qirolning qatl qilinishi Yevropa monarxlarini hayajonga
soldi. Koalitsiyaga Angliya va Ispaniya qo’shildi. Rossiya emigrantlar armiyasiga
moliyaviy yordam ko’rsatdi. Yakobinchilar diktaturasi o’matilishi bilan, fransuz
qo’shinlari 1794- yilning boshiga kelib o’z davlatining yerlarini interventlardan
tozalashga erishdi va urush dushman hududlariga ko’chirildi. iyun oyida Fleryus
qishiog’i (Belgiya) yonida fransuzlar Avstriya armiyasining asosiy kuchlarini tor-
mor etdi. Koalitsiya (ittifoq) mag’lubiyatga uchradi.
Fransiyaning o’zida esa 9- termidor aksilinqilobiy to’ntarilishi ro’y berdi,
yakobinchilar diktaturasi quladi. Biroq, ushbu hokimiyat almashuvi ham uzoqqa
cho’zilmadi. Direktoriyaning o’rniga Napoleon Bonapart keldi va o’zining yakka
hokimiyatini o’rnatdi. Konsullik va Birinchi imperiya davrida Fransiya to’xtovsiz
urushlar olib bordi. Bosib olingan mamlakatlarni fransuz mollari sotiladigan
bozorlar va Fransiya sanoati uchun xomashyo manbasiga aylantirish siyosati olib
borildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Napoleon olib borgan urushlarning asosiy
maqsadi, Yevropada Fransiyaning ustunligini o’rnatish uchun kurash edi.
Fransiyaga qarshi ittifoqlarga kirgan mamlakatlar: Angliya, Rossiya, Avstriya va
Prussiya nafaqat fransuz gegemoniyasiga qarshi kurashdilar, balki o’zlarining
76
maqsadlariga ham ega edilar. Lekin, XIX asr boshida xalqaro munosabatlarning
markazida Angliya va Fransiya o’rtasidagi raqobat turardi.
1800- yilda ichki ziddiyatlar tufayli Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya
tarqab ketdi. 1801- yilda Rossiya va Avstriya bilan tinchlik shartnomalari
imzolandi. Natijada Fransiyaning hokimiyatini endilikda butun Italiya, Belgiya,
Gollandiya va bir qator german knyazliklariga yoyildi.
1802- yilda Amen shahrida Angliya bilan xalqaro shartnoma imzolandi.
Uning bandlariga ko’ra, Fransiya va Angliya Yevropadagi tartibni saqlash
majburiyatini oldilar. Biroq, tinchlikning umri qisqa bo’ldi. Va 1803- yilda harbiy
harakatlar qaytadan boshlanib ketdi. 1805- yilda Yevropa davlatlarining uchinchi
koalitsiyasi (ittifoqi) shakllandi. Unga Angliya, Rossiya, Avstriya va Neapolitan
qirolligi kirdi.
1805- yil 21- oktyabrda Trafalgar bumi yonidagi jangda admiral Nelson
qo’mondonligidagi ingliz floti birlashgan fransuz-ispan flotini mag’lub etganidan
so’ng Napoleon barcha kuchlarini avstiryaliklarga qarshi qaratdi. 1805- yilning
oktyabrida Avstriya armiyasi taslim bo’ldi va fransuz qo’shinlari Venaga kirib
keldi.
Dekabr boshida Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning
birlashgan kuchlari mag’lubiyatga uchradi. Tez orada Avstriya va Fransiya
o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. 1806- yilda Napoleon protektorati ostida
16 german davlatidan iborat “Reyn ittifoqi” tashkil etildi. Shu tariqa German
millatining Muqaddas Rim imperiyasi quladi.
1806- yilda Fransiyaga qarshi to’rtinchi (Angliya, Prussiya, Rossiya va
Shvetsiya) koalitsiya shakllandi. Lekin, o’sha yilning o’zida Yena va Auershtedt
yonidagi janglarda Prussiya armiyasi tor-mor etildi. 1806- yil oktyabrda Bonapart
Berlinga kirib keldi va bu yerda Yevropa davlatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarba
bergan, kontinental (qit’aviy) qamal to’g’risidagi dekretni imzoladi (1806- yil 21-
noyabr). Dekretga ko’ra, butun Fransiya va unga qaram bo’lgan mamlakatlarda
Buyuk Britaniya bilan savdo qilish man etildi.
77
O’zining asosiy vazifasini Angliyani tor-mor etish va Fransiyaning
gegemoniyasini o’rnatishni Napoleon Rossiya bilan vaqtinchalik murosaga kelish
yoki orqali hal etishga urindi. Tilzit shartnomasiga (1807- yil 7- iyul) binoan,
Rossiya Yevropada Bonapart tomonidan amalga oshirilgan o’zgarishlami tan oldi
va kontinental (qit’aviy) qarnalga qo’shildi. Shu yerning o’zida Fransiya–Prussiya
tinchlik shartnomasi ham imzolandiki, unga ko’ra, Prussiya davlati qisqartirilgan
ko’rimshda saqlab qolindi. Prussiya ham kontinental (qit’aviy) qamalga qo’shildi.
1808- yilda boshlangan Ispaniyaning okkupatsiyasi natijasida Napoleon
Fransiyasiga qarshi beshinchi koalitsiya tuzildi (1809- yil) va uning tarkibiga faqat
Angliya va Avstriya kirdi. 1809- yil iyulda Vagram yonidagi jangda fransuzlar
armiyasi avstriyaliklarni mag’lub etdi. O’sha yilning oktyabrda Shenburunn
tinchlik shartnomasi imzolandi, Unga binoan, Avstriya hududlari qisqartirildi.
Bundan tashqari, u armiyasining sonini kamaytirishi, kontributsiya (urushda
yengilgan davlat tomonidan g’olib davlatga to’lanadigan tovon) to’lashi va
kontinental (qit’aviy) qamalga qo’shilishi majbur edi.
1812-
yilning
boshiga
kelib
Fransiya–Rossiya
munosabatlarinng
keskinlashishi oqibatda urushga sabab bo’ldi. Urush 1812- yil 24- iyunda
boshlandi. 26- avgustda bo’lib o’tgan “Borodino jangi”da fransuzlarning talofati
60 ming askarni tashkil etdi. Garchand rus armiyasi chekingan bo’lsa ham, lekin
o’z jangovarligini saqlab qoldi. 1812- yil 14- sentyabrda fransuzlar Moskvaga kirib
kelishdi, biroq atrofda partizan urushi, xalq urushi avj olayotgan edi. 1812- yil 12-
oktyabrda Napoleon armiyasi Moskvani tark etishga majbur bo’ldi. Keyinchalik
Bonapartning o’zi ham armiyasini tashlab, Parijga jo’nab ketdi. Fransuz
armiyasining Rossiyadagi mag’lubiyati “yengilmas” Napoleon imperiyasining
qulashini boshlab berdi.
1812- yilning bahorda Fransiyaga qarshi oltinchi koalitsiya tashkil etildi.
Uning tarkibiga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya, Portugaliya,
Avstriya kirdi. Hal qiluvchi jang 1813- yil 16–19- oktyabrda Leypsig shahri yonida
ro’y berdi. “Xalqlar jangi” natijasida Napoleon mag’lub bo’ldi va Reyn daryosi
ortiga chekindi.
78
1814- yil mart oyining boshida ittifoqchilar Napoleonni to’la tor-mor
qilmaguncha urush harakatlarini olib borish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar.
31- martda ittifoqchilar Parijga kirib keldi. Napoleon o’z o’g’li foydasiga taxtdan
voz kechdi. Biroq, senat va Yevropa davlatlari Fransiya taxtida Burbonlarni
tiklashdi. Napoleon Elba oroliga badarg’a qilindi. 1814- yil 30- mayda Parijda
tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga binoan, Fransiya 1792- yil chegaralariga
qaytarildi. Napoleonga xayrixoh bo’lgan kayfiyatlar yana jonlandi. 1815- yil 1-
martda Napoleon Fransiyaning janubiga borib tushdi va 20- martda Parijga qaytib
keldi. Imperiya tiklandi. Napoleonga qarshi oxirgi, yettinchi koalitsiya tashkil
etildi. 1815- yil 18- iyunda Vaterloo yonidagi jangda Napoleon armiyasi batamom
tor-mor etildi. Napoleonning o’zi Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi va bu
yerda 1821- yilda vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: |