Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


O’ttiz yillik urushdan so’ng xalqaro maydondagi siyosiy voqealar



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

O’ttiz yillik urushdan so’ng xalqaro maydondagi siyosiy voqealar. O’ttiz 
yillik urush tugagandan keyingi xalqaro munosabatlarda avvalo uchta eng muhim 
voqea ro’y berdi. Birinchidan, Angliyada burjua inqilobi g’alaba qilgandan so’ng 
xalqaro ijtimoiy-siyosiy tizimlari turlicha bo’lgan ikki xil gruppa, ya’ni burjua 
davlatlari (Angliya va Gollandiya) hamda feodal (dvoryan) davlatlari bir-biriga 
ta’sir 
ko’rsatmokda 
edi. 
Bu 
ziddiyat 
Yevropadagi 
xalqaro 
ahvolni 
murakkablashtirib yubordi. To’g’ri, feodal monarxiyalar koalitsiyasining 
Angliyaga qarshi intervensiyasi, ya’ni ingliz inqilobi yillarida zo’r berib 
propaganda qilingan va tayyorlangan oshkora intervensiya amalga oshmadi, chunki 
qit’adagi buyuk davlatlar o’rtasidagi bartaraf qilib bo’lmaydigan ziddiyatlar, 
shuningdek bu davdatlarning ichki ijtimoiy siyosiy qiyinchiliklari, ayniqsa 
Fransiyadagi Fronda bu intervensiyani amalga oshirishga imkon bermadi. Buning 
ustiga, Angliya, ya’ni burjua Angliyasi o’zining birinchi urushini qandaydir 
dvoryan monarxiyalariga emas, balki boshqa bir burjua respublikasiga 
Gollandiyaga qarshi olib bormoqda edi. Buning boisi shu ediki, ikki yosh burjua 
davlati ham dengizlarda hukmronlik qilishga intilardi, ular birinchi galda Yevropa 
qit’asida gegemonlik qilishga emas, balki jahon savdo yo’llarida bepoyon okean 
kengliklarida uzoq joydardagi xalqlar va mamlakatlarning bozorlarida gegemonlik 
qilishga qiziqardi. Lekin bu ikki burjua davlati o’rtasidagi raqobat sal vaqt o’tmay 
yo’qoldi, chunki Gollandiya kuchsizlik qildi va xalqaro siyosatda Angliyaning 
ikkinchi darajali sherigi bo’lib qatnashishga majbur bo’ldi. 1688- yildan boshlab 
Angliya bilan Gollandiya o’rtasida ittifoq vujudga keldi, chunki Gollandiya qiroli 
Vil’gel’m III Angliya hukmdori bo’lib qolgan edi. Aksincha, burjua Angliya, 
Gollandiya davlatlari guruhi bilan qit’adagi feodal monarxiyalarning boshlig’i 
bo’lgan Fransiya o’rtasidagi ziddiyat to’xtovsiz kuchayib bordi. Bu esa xalqaro 


58 
munosabatlar sohasida ikki ijtimoiy-iqtisodiy tizim raqobatining namoyon bo’lishi 
edi. Bularning birinchisi burjua ijtimoiy- iqtisodiy tizim to’xtovsiz mustahkamlab 
va kuchayib bormoqda edi, ikkinchisi, feodal tizim esa o’z ustunligini barcha 
vositalar bilan muhofaza etuvchi taraflaridan tortib to harbiy tajovuzkorlikkacha 
o’z ichiga olgan vositalar bilan zo’r berib himoya qilmoqda edi. Sharqiy Yevropa 
qudratli davlat – feodal Rossiya monarxiyasi Yevropa davlatlari tizimiga faol kuch 
sifatida qo’shilgan vaqtdan boshlab bu tizim tushunchasining o’zi xiyla kengaydi. 
Rossiya XVII asrdayoq Yevropadagi O’ttiz yillik urushning borishiga ta’sir 
ko’rsatganidan so’ng uning roli juda ham ko’zga ko’rindi. XVII asrning 30-yillari 
o’rtalaridan boshlab rus hukumatining asosiy diqqat e’tibori janubda Qrim 
tatarlariga qarshi kuchli mudofaa liniyasi vujudga keltirishga qaratilgan edi, lekin 
XVIII asr 40- yillari oxirlariga kelib Rossiya yana Yevropadagi xalqaro 
munosabatlarning qudratli omili sifatida maydonga chiqdi.
Mustahkamlanib borayotgan rus davlatining tashqi siyosiy vazifasi asosan, 
shimoliy-G’arbda va janubda siqib qo’yayotgan va xuddi qamal holatidagiday tutib 
kelayotgan uchta davlatga, ya’ni Shvetsiya, Pol’sha va Turkiyaga qarshi kurash 
olib borishdan iborat edi. Bu uch davlatning biri o’tmishda boshqa ba’zi xalqlarni, 
o’lkalarni bosib olgan ko’p millatli davlat edi. Shunday qilib, Rossiyaning 
hukmron sinfi o’z territoriyasini kengaytirish uchun Shvetsiyaga, Pol’sha va 
Turkiyaga qarshi olib borgan kurashi o’rinli kurash edi, chunki bu kurash rusdan 
zo’rlik bilan tortib olingan territoriyalarni qayta qo’lga kiritish uchun olib borgan 
urush edi. Ammo, Shvetsiya va Turkiyaga qarshi kurash Rossiyaning Boltiq 
dengiziga va Qora dengizga chiqishi uchun, dengiz orqali bo’ladigan jahon 
savdosida va umum Yevropa siyosiy hayotida ishtirok etish imkoniyatiga ega 
bo’lish uchun olib borilgan kurashi edi.
XVII asrning ikkinchi yarmida Shvetsiya bilan Turkiya bosqinchilik va 
tajovuzkorlik siyosati olib borganliklari uchun sharqiy Yevropadagi xalqaro ahvol 
juda ham jiddiylashib ketgan edi. Ilgari Boltiq dengizining qariyb butun sohilini 
bosib olgan Shvetsiya endi sohilning ichkarisidagi territoriyalarni, ya’ni Boltiq 
dengizi orqali olib boriladigan savdo uchun qishloq xo’jalik mollari yetkazib 


59 
beruvchi Rossiya va Pol’sha bilan kuch sinashardi. Shvetsiyaning bosqinchilik 
siyosati uning Boltiqbo’yida hukmronlik qilishi uchun olib borilayotgan 
kurashning davomi edi, mahsulotlarni sotish orqali g’oyat katta boylik orttirish 
uchun imkon beradigan kuch edi. Shved dvoryanlari va savdogarlari zo’r berib bu 
maqsadga erishish uchun intilar va o’z hukumatini ig’vogarlik va bosqinchilikka 
qaratilgan tashqi siyosat yurgizishga undardilar. Ayni paytda Janubiy-Sharqiy 
Yevropada Turkiyaning bosqinchiligi qayta boshlandi. Turkiya bilan Eron 
o’rtasidagi bir qancha urushlar natijasida Turkiyaning Yevropadagi agressiyasi 
XVII asr boshlaridayoq to’xtatilgan edi. Lekin, XVII asrning 60- yillarida Eron –
Turkiya antagonizmi susayishi bilan Usmoniylar imperiyasi yana o’zining 
Yevropadagi yer-mulklarini kengaytirishga tushdi. So’l qirg’oq Ukrainani Moskva 
davlatiga qo’shgan Xmelnitskiy rahbarligida Rech Pospolitiya o’rtasida 1654- 
yilda urush boshlandi, rus qo’shinlari Pol’shaga zafar bilan kirib bordi. Lekin, 
o’sha vaqtda Rossiyaning “ittifoqchisi” Shvetsiya shoshib-pishib polyaklar 
yerlarini shimoldan bosib olishga kirishdi. Natijada Rossiya Shvetsiyaga qarshi 
urush boshladi va shved qo’shinlarini Boltiq sohiliga siqib qo’ygandan keyingina 
yana Pol’shaga qarshi urushni davom ettira oldi.
1667- yildagi Indrusovoda tuzilgan yarash ahdiga binoan, So’l qirg’oq 
Ukraina rasman Rossiyaga qo’shib olindi. Lekin, o’sha vaqtda Turkiya janubdan 
o’ng qirg’oq Ukrainaga bostirib kirishga shoshilmoqda edi. Moskva tashqi 
siyosatiga endi Turkiya xavfini harbiy vositalar bilan ham, diplomatik vositalar 
bilan ham daf etishga to’g’ri keldi.
Shunday qilib, Sharqiy Yevropadagi xalqaro ziddiyatlar butun Yevropa 
davlatlari tizimiga Yevropadagi barcha xalqaro munosabatlar bobidagi butun 
ahvolga chuqur ta’sir ko’rsatmay qola olmas edi. Uchinchidan, 30 yillik urushdan 
so’ng harbiy feodal monarxiyalarining o’z orasida kuchlarning joylashuvi xiyla 
darajada o’zgardi. XVII asrning birinchi yarmida Avstriya va Ispaniya 
Gabsburglari G’arbiy Yevropaning xalqaro hayotida gegemonlik qilgan bo’lsa, 
XVII asrning ikkinchi yarmida bu gegemonlik, shubhasiz Lyudovik XIV (1643–
1715) Burbon saroyiga o’tdi. Gabsburglar siyosati millat manfaatlariga qarshi 


60 
katoliklar “universalizm” tendensiyalari bilan bog’langan edi. Ammo “O’ttiz yillik 
urush”da Gabsburglar batamom tor-mor etilgani yo’q edi va xalqaro kuch bo’lib 
qolaverdi. XVII asr 60- yillarida Lyudovik XIV monarxiyasining ichki ahvoli shu 
qadar mustahkamlandiki, u kurashni yangidan boshlashi imkonini berdi. Lekin, 
kurashning mazmuni o’zgardi.
XIV asr o’rtalarigacha Gabsburglar bilan olib borilgan urush asosan, milliy 
mudofaa xarakteridagi urush edi. Lyudovik XIV olib borgan urush keyinchalik 
bosqinchilik urushiga aylanib bordi. U Yevropa imperiyasini vujudga keltirish, 
dastavval G’arbiy Germaniyani egallash orzusida edi. Pireniya sulhini tuzishdayoq 
Mazarini bu sulhnomada Fransiyani kelajakda Ispaniya taxtini da’vo qilish uchun 
bahona qilgan edi. Ispaniya qirolining qizi va vorisi Mariya Tereza Lyudovik XIV 
ga tegdi. U Ispaniya taxtini egallashi mumkin edi. Ispaniya bunga yo’l qo’ymaslik 
uchun Pireniya sulhi tekstiga Mariya Terezaning o’zi va zurriyodining Ispaniya 
taxtini da’vo qilish huquqlaridan voz kechish kerak degan modda kiritilishini talab 
qildi. Mazarini bunga rozi bo’ldi. Lekin Mariya Tereza buning evaziga 500 ming 
ekyu oltin pul to’lashi kerak dedi. Mazarini bu pulni Ispaniya to’lay olmasligini 
bilar edi. Ammo bu pul to’lanmasa, Mariya Terezaning voz kechishi bekor qilinar 
edi yoki to’lanmagan pul badaliga Fransiya Ispaniyaning muayyan hududini talab 
qilishi mumkin edi. Mazarinining diplomatik tuguni yarim asrdan so’ng yechildi. 
Belgilangan pul haqiqatdan ham to’lanmadi.
Ispaniya qiroli Filipp XIV 1665- yilda vafot etdi, Fransiya o’z merosini 
janubiy Niderlandiyadan berilishini talab qildi, Ispaniya uni rad qildi. Natijada 
1667- yilda Fransiya Ispaniya urushi boshlandi. Bu urush “Devolyusiya urushi” 
yoki “Vorislik urushi” deyildi. Lyudovik XIV Brabatan va Flandriyani armiyasi 
yo’qligi tufayli himoyasiz deb o’yladi, Ispaniya ularga qo’shin yetkazib berolmas 
edi. Fransuzlarning 1667- yildagi boji og’ir bo’lib, Gollandlarning savdo ishlariga 
putur yetkazgan edi. Bundan g’azablangan Gollandlar tajovuzkor Fransiya bilan 
qo’shni bo’lishdan qo’rqib, janubiy Niderlandiyaning ular tomonidan bosib 
olinishiga yo’l qo’ymaslikka ahd qildilar. Ular ashaddiy dushmanlari Ispaniya 
qirollari bilan ittifoq tuzishni afzal ko’rib, ular talablariga rozi bo’ldilar. 1665–


61 
1667- yillarda Angliya Gollandiyaga qarshi ikkinchi muvaffaqiyatsiz urush olib 
borayotgan edi, lekin Angliya parlamenti 1668- yilda Karl II ni o’z yo’lini 
o’zgartirishga va Fransiyaga qarshi Gollandiya bilan ittifoq tuzishga majburladi. 
Bungacha qirol Fransiyaga Angliya bilan ittifoq tuzishni taklif qildi, lekin 
Lyudovik XIV uni qabul qilmadi, chunki unga ko’ra, Ispaniyaning hamma 
mustamlakalari Angliyaga o’tishi kerak edi. Shunday qilib, Gabsburglarga qarshi 
kurashda kechagina ittifoqchi bo’lgan Gollandiya, Shvetsiya, Angliya, Ispaniya 
bilan birlashib Fransiyaning dushmaniga aylandi. Fransiya urushga diplomatik 
jihatdan yaxshi tayyor emasdi. Shu sababli Gollandiya va Ispaniya Germaniya 
ustiga qilgan yurishlar keskin bo’lsa-da, Lyudovik V bir yildan so’ng 1668- 
yildayoq urushni shoshilinch sur’atda to’xtatishga majbur bo’ldi. Axen sulhiga 
ko’ra, Fransiya Finlyandiyaning bir qismini ya’ni Liml shahrini o’zida saqlab qola 
oldi.
1672- yilda eng yaxshi lashkarboshilari Tyurek va Konde rahbarligidagi 
fransuz armiyasi janubiy Niderlandiyaga va Gollandiyaga hujum qildi. Olib 
bo’lmaydigan mustahkam deb hisoblangan va bir vaqtlar ispanlarga qarshi 
qurilgan golland qal’alari olindi. Fransuz qo’shinlari Gollandiyaning ichiga 
bostirib kirdi. Amsterdam Oranskiy juda keskin harbiy choralar ko’rdi, to’g’onlar 
buzdirildi, katta bir territoriyani suv bosdi, Fransuz qo’shinlari chekinishga majbur 
bo’ldi. Lekin Vil’gel’mning choralari muvaffaqiyatliroq edi. Uning choralari 
Fransiyaning bir qism qo’shinlarini Germaniyaga yuborishga majbur qildi, bu 
qo’shinlar Germaniyada hamma joyni xarob qildi. Shunday qilib, xalqaro vaziyat 
Fransiya uchun yana noqulay tus ola boshladi. Lyudovik XIV 1679- yilda 
Nimvegon sulhini tuzdi. Ispaniya unga janubiy Niderlandiyadagi yana bir qancha 
shaharlarni berdi. Bu shartnoma birinchi fransuz tilida yozilgan shartnoma bo’ldi. 
Lyudovik XIV ning ishtahasi osha bordi, u shimoliy Italiya, butun G’arbiy 
Germaniya, uning toj-taxtiga da’vo qila boshladi. Imperator Leopold I ning ahvoli 
mushkul edi, u ikki tomonlama savdo: Fransiya va Turkiya xavfi ostida edi. 1686-
yilda asosan, Gollandiya shtatgalteri Vil’gel’m III Oranskiyning diplomatik 
faolligi tufayli Augsburg ligasi vujudga keldi. Fransiyaga qarshi mamlakatlar va 


62 
papa Innokentiy XI homiyligida Fransiyaning keyingi vaqtlarda qiladigan har 
qanday territorial da’volarga qarshi mudofaa ittifoqi tuzdilar. Lyudovik XIV 
Risvik sulhini tuzib, Ispaniya merosidan katta ulush olishni mo’ljallangan edi. 
Ispaniya qiroli Karl II ning erkak zurriyodi yo’q edi. Merosxo’rlar: Mariya Tereza 
bilan Lyudovik XIV ning o’g’li, Margarita Terezaning eri Leopold I va 
Bavariyaning go’dak shahzodasi Leopold II edi. Lyudovik XIV Augsburg ittifoqi 
bilan yarashishdan foydalanib, Ispaniya o’lkalarini uchta merosxo’r o’rtasida 
do’stona taqsimlash haqida Ispaniyani aralashtirmay Ausburg ittifoqi a’zolari bilan 
1698-yildayoq yashirincha kelishib olgan edi. Biroq, 1696- yilda yuqoridagi til 
biriktirishga muvofiq, Ispaniya taxtiga chiqishi lozim bo’lgan Bavariya shahzodasi 
to’satdan vafot etdi. Imperator Leopold II o’zining Ispaniya merosiga doir 
huquqlarini o’z o’g’li gersog Karlga berishni e’lon qildi.
Shu orada Ispaniya qiroli Karl II saroyida ikki guruh kishilar: Avstriya va 
Fransiya tarafdorlari o’rtasida kurash borayotgan edi. Fransiya tarafdorlarining 
Karl II ga ta’siri katta edi. Ular Ispan hukmdorlarini pora berib, sotib olish yo’li 
bilan g’alaba qozondi. Karl II Ispan va Fransuz saltanatini birlashtirmaslik sharti 
bilan o’z qo’li ostida hamma o’lkalarni Fransiyadagi merosxo’riga Lyudovik XIX 
ning ikkinchi nabirasi Filipp Anjuyskiyga berishni vasiyat qildi.
Sal o’tmay Lyudovik XIV siyosati Yevropada yangi urush bo’lishini 
muqarrar kilib qo’ydi. Filipp Anjuyskiy 1701- yilning boshlarida Ispaniyaga 
kelishi va Filipp V nomi bilan Ispaniya qiroli deb e’lon qilingani bilan 
cheklanmay, Lyudovik Ispan va Fransuz yerlarini birlashtirmasligi to’g’risidagi 
shartga mutlaqo rioya qilmoqchi emas edi. U endi “General yo’q” deb da’vo qilib, 
Filipp II ning Fransuz taxtiga merosxo’rligini rasmiy hujjat bilan tasdiqladi. U 
Ispaniya o’lkalarini Filipp V nomi bilan idora qila boshladi. Inglizlar bilan 
gollandlarning Ispaniyada “savdo-sotiq imtiyozlari” berilishi haqidagi talablari 
Lyudovik XIV tomonidan rad qilindi. 1701- yilda Vil’gel’m II vafot etib, 
Lyudovik XIV Risvik sulhidan tan olgan majburiyatlarini buzib, Yakov II ning 
o’g’lini Angliya qiroli deb tan oldi. Angliya va Gollandiya, Angliyaning yangi 
qirolichasi Anna ham Fransiyaga urush ochishdan o’zga iloji yo’qligini tan oldi.


63 
1701- yilda imperator Leopld I ning Lyudovik XIV ga qarshi urush 
boshlashga, bosib olingan yerlarini qaytarib olish va yangi istilolarning oldini 
olishga harakat qilish uchun hech nima xalaqit bermas edi. Fransuz qo’shinlarining 
Milan gersogligini bosib olishga to’sqinlik qilish maqsadida Leopold I rasmiy 
ravishda urush e’lon qilmasdan oldinroq 1701- yilda Italiyaga qo’shin yubordi.
1702- yil mayda Angliyaga va Gollandiyadan so’ng Leopold I ham 
Fransiyaga urush e’lon qildi. Ersgersog Karl 1702- yilda ingliz flotining 
himoyasida Portugaliyaga keldi va o’zini Ispaniya qiroli Karl III deb e’lon qildi va 
Madridda turgan qirol Filipp V ga qarshi urush boshladi. Ispaniya merosi uchun 
olib borilgan urush ayni bir vaqtda to’rtta jang maydonida: Italiyada, Ispaniyada, 
G’arbiy Germaniyada va Niderlandiyada olib borilmoqda edi. Urushning birinchi 
davri (1702–1704) Fransiya uchun qulay bo’ldi. Mahoratli lashkarboshilar 
qo’mondonligidagi fransuz armiyalari Niderlandiya va Reyn viloyatida mudofaa 
janglarini olib bordilar.
Lekin, 1705-yilda Fransiyaning nechog’lik holdan ketganligi ayon bo’ldi. U 
o’z dushmanlariga so’nggi zarbani berolmadi, chunki Fransiyaning mablag’lari 
tugagan edi.
Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushning ikkinchi davri 1705- yildan 
boshlandi. Bu davrda Fransiya tobora ko’p harbiy omadsizliklarga va 
mag’lubiyatlarga uchradi. 1706- yilda fransuz qo’shinlari Niderlandiyadan, 1707-
yilda Milan gersogligidan yengildi, natijada Italiya ham Ispaniya qirolining 
hukmronligidan butunlay qutulib, imperator va inglizlar qo’l ostida o’tdi. G’arbiy 
Germaniyada hamma narsa qo’ldan ketgan edi. Dushmanlar shimol va janubdan 
Fransiyaga bostirib kirdi. Lyudovik XIV taslim bo’lish lozimligini sezsada, uni tan 
olgisi kelmadi. Lekin, 1710- yildan boshlab Angliyaning siyosatida keskin burilish 
yuz berdi, shu sababli o’sha vaqtda Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush 
tarixida uchinchi davr boshlandi. Ba’zi ingliz tarixchilari bu burilishning sababi 
juda ochiqdan-ochiq boyib olgan gersog Malboroning ingliz burjuaziyasi orasida 
obro’yi qolmaganligidir deydilar. Yo’q, unday emas, buning bir qancha sabablari 
bor. Jumladan: Pyotr I ning Poltava yonida Karl XII ustidan qozongan g’alabasi 


64 
(1709) va Shimoliy Sharqiy Yevropadagi kuchlar nisbatining o’zgarganligi asosiy 
sababdir. 1711- yilda imperator Iosif I vafot etdi, uning vorisi bo’lmagani uchun 
taxt Leopold I ning ikkinchi o’g’li Karlga topshirildi.
Angliya va Fransiya o’rtasida dastlabki sulh shartlari 1712- yil oktyabrda 
imzolandi. 1713- yilda Utrextdagi sulh kongressi Fransiya va Ispaniya o’rtasida, 
ikkinchidan Fransiya, Angliya, Gollandiya, Brandenburg, Savoyya va Portugaliya 
o’rtasida Utrext shartnomasining tuzilishiga olib keldi. Filipp V ning Ispaniya va 
okean ortidagi mustamlakalariga hukmronlik qilish huquqi tan olindi, imperator 
Karl VI esa buning evaziga ilgarigi Ispaniya Niderlandiyasini va Ispaniyaning 
Italiyadagi sobiq o’lkalarini olishi kerak edi. Shunday qilib, Avstriya Gabsburglari 
Yevropadagi o’z kuchlarini ancha ko’paytirdilar. Utrext sulhiga ko’ra, go’yo 
Angliya juda oz narsa olgandek tuyulsa-da, lekin bu sulh aslida Angliya 
mustamlakachi imperiyasining rivojlanishiga olib keldi. U Gibraltarni va O’rta 
dengizdagi Meorka orolini, Shimoliy Amerikada muhim ahamiyatli territoriyalarni 
Nyufaundlendini, Muqaddas Lavrentiy daryosining quyilish joyini, Akadiyani, 
Fransiya Kanadasini qo’lga kiritdi, Ispaniya va uning Amerikadagi mustamlakalari 
bilan savdo-sotiqda alohida huquqlarga ega bo’ldi. Gollandiya amalda hech narsa 
olmadi va shartnomadan so’ng uchinchi darajali davlat holatiga tushib qoldi.
1712- yildayoq Angliyaning Gaagadagi vakili Shvetsiyaning vayron 
qilinishiga va shimoliy davlatlar o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga 
Angliyaning yo’l qo’ymasligini rus elchisiga rasmiy ravishda bildirdi. Lekin, Pyotr 
I Shimoliy Yevropada o’z ta’sirini tez oshirib borib, u Shvetsiyaga tobora 
yangidan-yangi zarbalar berdi. Rus floti Gangut yonida shved floti ustidan g’alaba 
qozonganidan keyin (1714) Boltiqbo’yida hukmron kuch bo’lib qoldi. Pyotr I 
Angliya qiroli Georg I ning Boltiq dengizidagi munosabatlarini ko’rib, 1717- yilda 
o’zining fransuzlarga qarshi kayfiyatini o’zgartirib yubordi. “Yevropada umumiy 
tinchlikni saqlash uchun” Fransiya, Rossiya va Prussiya o’rtasida Amsterdamda 
shartnoma tuzildi.
Ammo Pyotr I ning diplomatik va harbiy muvaffaqiyatlari Angliyaning 
Pyotr I ga qarshi harakat qilish istagini kuchaytirdi. 1719- yilda Angliya qiroli o’z 


65 
navbatida Gannover kurfyursti ham edi, shu sababli Rossiyaga qarshi Shvetsiya 
bilan ittifoq tuzdi. Ingliz floti Boltiq dengiziga kirdi. Daniya bilan Prussiya 
Rossiyaga xiyonat qildi, endi Angliya bilan bir oz inoqlashayotgan Fransiya ham 
zimmasidagi majburiyatlaridan bosh tortdi. Ingliz diplomatiyasining Shimoliy-
Sharqiy Yevropadagi yangi vaziyatni va Rossiya Boltiqda birinchi darajali 
davlatga aylanganini tan olish zarurligiga qat’iy ishonch hosil qilmog’i uchun 
Rossiya yangi harbiy muvaffaqiyatlarga erishmog’i kerak edi. 1721- yilda 
Shimoliy urush Nishtdat sulhi bilan tugadi va Rossiya bosib olgan hududlariga ega 
bo’lib qoldi.
Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush va shimoliy urush Yevropa 
davlatlarining kuchi nisbatida katta o’zgarishlarga olib keldi. Fransiya sharqiy 
Yevropada gegemonlik qilish huquqidan mahrum bo’ldi. Shvetsiya qisqa davr 
qudratli davlat bo’lib turib, keyin ikkinchi darajali davlat holiga aylandi. O’ttiz 
yillik urushda o’z maqsadlariga erisha olmagan Avstriya Gabsburglari yana 
kuchaydi va o’zlarining Yevropadagi yerlarini kengaytirdi. Germaniyada kuchli 
Prussiya qirolligi vujudga keldi. Gollandiya, Pol’sha va Turkiya Yevropadagi 
xalqaro hayotda faol rol o’ynamaydigan bo’lib qoldi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin