Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Usmoniylar diplomatiyasi. Salib yurishlari davrida Kichik Osiyoda 
yashagan saljuq turklari davlati XIII asr boshlariga kelib 10 ta amirlikka bo’linib 
ketgan. XIII asr oxiri – XIV asr boshlarida uning o’rnida yangi davlat tashkil 
topgan. Unda ko’chmanchi o’g’uzlar yetakchi rol o’ynagan. Dastlabki vaqtlarda 


50 
qabila boshlig’i Erto’g’rul Vizantiya imperiyasi bilan chegaradosh Sakaryo 
bo’yida kichik feodal mulkiga egalik qilgan bo’lsa, uning o’g’li va taxt vorisi – 
Usmon (1281–1324) Vizantiyaga qarshi urush boshlagan va uning Kichik 
Osiyodagi mulklarining ko’pchiligini, shu jamladan, Brusu (yoki Bursa) shaharini 
bosib olgan. Bursa shahri poytaxt deb e’lon qilingan. Usmon Kichik Osiyodagi 
boshqa amirliklarni ham o’ziga itoat qildirgan. Vizantiyaning zaiflashib qolganligi 
va Bolqon yarim orolidagi boshqa davlatlarning parchalanib ketganligidan 
foydalanib, Usmoniy turklari XIV asrda dastlab Kichik Osiyoda, keyin esa Bolqon 
yarim orolda ham keng istilochilik harakatlarini boshlaganlar. Usmonning vorisi
O’rxon (1324–1362) 1331- yilda Yevropa davlatlarini istilo qilishga kirishgan. 
1354- yilda O’rxon Dardanel bo’g’ozining Yevropa qirg’og’idagi Galiopol 
shahrini bosib olgan. So’ngra turklar Frakiyaga kirib borganlar. Bu viloyat keyingi 
sulton, ya’ni Murod I davrida (1362–1389) batamom zabt etilgan. 1361- yilda 
Frakiyaning bosh shahri – Adrianopol turklar ixtiyoriga o’tgan. 1371- yilda serblar, 
bolgarlar, valaxlar va vengrlardan iborat ittifoq Murodga qarshilik ko’rsatishga 
uringan, biroq ittifoqchilar qo’shini Maritsa daryosi bo’yidagi jangda yengilgan. 
Shundan so’ng Janubiy Serbiya sulton hokimiyati ostiga o’tgan. Vizantiya 
imperatori sultonga o’lpon to’lovchiga aylangan. 
1389- yil 15- iyunda Kosovo maydonida (Janubiy Serbiya) serblar va 
ularning ittifoqchilari turklarga qarshi hal qiluvchi jangga kirganlar. Serblarning 
jasorati va Murod I ning o’ldirilishiga qaramay, turklar g’alabaga erishganlar. 
Shundan so’ng Serbiyaning katta qismi Turkiyaga qo’shib olingan. 
Turkiya davlatining kengayishi Amir Temur tomonidan vaqtinchalik 
to’xtatilgan. 1402- yilda Temur ulkan qo’shin bilan Kichik Osiyoga kirib kelgan. 
Boyazid ham katta harbiy kuchga ega bo’lgan, biroq Kichik Osiyodagi turk 
amirlarining bir qismi sultonga xiyonat qilishi va Temur tomoniga o’tib ketishi 
natijasida 1402- yil 28- iyunda Anqara shahri yonida bo’lib o’tgan jangda 
turklarning mag’lubiyatiga sabab bo’lgan. Boyazid qochish paytida qo’lga tushib, 
tez orada asirlikda vafot etgan. 


51 
XV asrning 20- yillarida turklar yana qaddilarini rostlab olganlar. Sulton 
Murod II (1421–1451) istilolarni yana qaytadan boshlagan. 1422- yilda u 
Konstantinopolni uch marta qamal qilsa-da, ammo uni qo’lga kirita olmagan. 
1430- yilda esa Solun shahri egallanib, uning barcha aholisi qullarga aylantirilgan. 
1444- yilda turklarga qarshi yangi salib yurishi uyushtirilgan. Unda 
polyaklar, chexlar, vengerlar, nemislar, qisman fransuzlar va boshqa G’arbiy 
Yevropalik ritsarlar qatnashgan. Varna yonidagi jangda (1444- yil 10- noyabr) 
salibchilar tor-mor etilgan. Konstantinopol 1453- yil 29- mayda sulton Mehmed II 
(1451–1481) tomonidan batamom egallangach, Vizantiya imperiyasi barham 
topgan. 
Mehmed II XV asrning 50–60- yillarda Bolqon yarim orolida Dunay 
bo’yidagi Serbiya, Bosniya, Gersegovina va Albaniyani birin-ketin zabt etishga 
muvaffaq bo’lgan. Bolqon yarim oroliga qo’shni bo’lgan Valaxiya vassal sifatida 
qaram davlatligini tan olgan. 70- yillarning o’rtalarida turklar Qrim va Tanu 
(Azov) shahrini bosib olganlar. Taxminan shu paytning o’zida Kichik Osiyoda 
Trapezund shahri, deyarli butun Anatoliya to Frot daryosigacha istilo qilingan. 
Biroq, Mehmed II ikki marta muvaffaqiyatsizikka ham uchragan. U Belgradni va 
Rodos orolini ishg’ol qilishga urinishi amalga oshmagan. 
Mehmed II ning nabirasi Salim I davrida (1512–1520) turklarning istilolari 
davom etgan. Salim Eronga qarshi olib borgan g’olibona urushi natijasida 
Ozarbayjon, Armaniston, Gruziyaning bir qismini, Dog’iston va Kurdistonni, 
keyinroq esa Suriya va Misrni egallagan, so’ngra butun islom dunyosining 
yetakchisi sifatida o’ziga xalifa unvonini olgan. Krit, Kipr va O’rta Yer 
dengizidagi yerlarin o’z qo’lida saqlab qolish uchun Venetsiya Turkiya sultoniga 
har yili katta hiroj to’lab turishga majbur bo’lgan. 
Sulton 
Sulaymon 

Qonuniy 
davrida 
(1520–1566) 
Usmoniylar 
imperiyasining qudrati o’ta yuksak darajaga etgan. Sulaymon hukmronligining 
boshlaridayoq Belgrad va Rodosni egallashga muvaffaq bo’lgan. Shundan so’ng u 
1526- yilda Moxach yonidagi jangda chexlar va vengerlarning birlashgan 
armiyasini maglubiyatga uchratgan. Vengriyaning kattagina qismi Turkiya qarashli 


52 
viloyatga, Valaxiya va Moldaviya vassal knyazliklarga aylantirilgan. Sulaymon 
davrida Arabiston ham turklar tomonidan bosib olingan. 
Turkiya XVI asr xalqaro hayotida ko’zga ko’rinarli rol o’ynagan. Turklar 
ko’plab davlatlar (Venetsiya, Genuya, Vengriya, Eron, Avstriya, Pol’sha, Rossiya) 
bilan qizg’in diplomatik va savdo aloqalariga ega bo’lgan. 
Avstriya va Ispaniyada hukmronlik qilgan gabsburglarga qarshi uzoq davom 
etgan shiddatli kurash Turkiyani Fransiya bilan yaqinlashtirgan. Fransiya qiroli 
Fransisk I Sulaymon bilan rasmiy suratda Gabsburglarga qarshi ittifoq tuzgan. 
Gabsburglar imperiyasi va uning ittifoqchisi Rim papasi tomonidan odatda qo’llab-
quvvatlangan Venetsiya va Genuyaga qarshi Turkiyaning kurash olib borishida 
Fransiya 
xayrixohlik 
qilgan. 
Fransiyaning 
Shimoliy 
Italiyadagi 
harbiy 
muvaffaqiyatsizliklari Fransiya – Turkiya munosabatlarining mustahkamlanishiga 
jiddiy sabab bo’lgan. Avstriya va uning ittifoqchilariga qarshi kurashda 
fransuzlarning ko’magiga umid qilgan sulton Sulaymon I fransiyalik savdogarlarga 
sezilarli imtiyozlar bergan.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin