XIX asrning so’nggi choragidagi xalqaro aloqalar. XIX asr oxirida
Germaniya bilan AQSh zamonaviy texnika bilan ta’minlanib Fransiya va
Angliyadan o’zib ketgan edi. Bu holat jahon bozori uchun kurashni
keskinlashtirib yubordi. Chunonchi, dunyoni taqsimlash jarayonini tezlashtirib
yubordi, Buyuk Britanya va Fransiya Afrika va Osiyda harbiy ekspansiyalarini
boshladila, Rossiya esa O’rta Osiyoni mustamalakaga aylantirishi nihoyalab
bordi.
1881- yilda Fransiya Tunisni bosib olib u yerda o’z protektoratini o’rnatdi.
Oqibatda Fransiya–Italiya munosabatlari keskinlashdi. Bu esa Uchlar ittifoqini
tuzilishiga olib keldi.
Endi Afrikani “bo’lib olish“, ayniqsa keskin bo’ldi. Ingliz hukumati Kongo
daryosining quyilish joyini Angliyaga iqisodiy va moliyaviy jihatdan qaram
bolgan Portugaliyaga berishni istardi. Fransiya va Germaniya esa bu joyni Belgiya
qiroli Leopoldga bermoqchi edi. O’sha vaqtda deyarli butun Kongo havzasini
Belgiya bosib olgan edi. 1884–1885- yildagi Berlin Konferensiyasida mustaqil
Kongo davlatining chegaralari belgilandi. XIX asrning 70- yillarida ingilizlar va
fransuzlar Nigeriya va Niger daryosining irmoqlarini egallash uchun kurashni
kuchaytirdilar 1884- yilda Angliya bu hududlarni zabt etdi. Ular o’rtasidagi nizo
1889- yilgacha cho’zilib, nihoyat bir bitimga kelindi. XIX asr 80–90- yillarda
Fransiya G’arbiy va markaziy Afrikada juda katta mustamlaka imperiyasini
vujudga keltirdi. Fransiya 1886- yilda Madagaskarni ham bosib oldi. 1874- yildan
1887- yilgacha o’tgan davr ichida Angliya Malayya yarimorolidagi davlatlar
114
ustidan protektorati o’rnatdi .Angliya bu davlatlardan juda katta foyda olardi. 80-
yillarning boshlarida Fransiya Hindistonning janubiy qismini bosib olishga
kirishdi. 1883- yilda Annani egalladi, fransuz agressiyasi V’etnam xalqining
qattiq qarshiligiga duch keldi. Xitoy ham fransuzlarga qarshi urushga kirdi, 1885-
yil martda Long Song yonida fransuzlarga zarba berdi. Lekin, 1885- yilda
fransuzlar Tonkinni bosib olishga erishdilar. Bu bilan fransuzlar Hindiston
chegaralarigacha bo’lgan hududlarni o’z mustamlakalariga aylantirdilar.
Fransiyani Hindistonga “yaqinlashtirmaslik“ uchun 1885- yilda inglizlar Birmani
bosib oldilar. Fransuz Hindixitoyi bilan Britaniya Hindistoni o’rtasida “oraliq”
davlat sifatida Tailand qoldi. Keyinchalik u ham ingliz-fransuz “ta’sir doirasi“ga
kirdi.
Germaniya XIX asrning 70- yillaridan mustamlakalar egallashga urinsa-da,
Bismark bunga jur’at eta olmadi. 80- yillarning boshlarida Britaniya-Fransiya,
Fransiya-Italiya o’rtasidagi, 70- yillarning ikkinchi yarmidan Britaniya-Rossiya
munosabatlarining keskilashuvi natijasida, Germaniya qa’tiyatlik bilan o’zining
mustamlakachilik siyosatini boshladi. 1884- yilda dastlab Janubiy G’arbiy Afrika
yerlari, so’ngra Togo va Kamerun hududlari, 1885-yilda G’arbiy Afrika va Yangi
Gvineyaning shimoli-sharqiy qusmlarini bosib oldi.
1885–1887- yillarda Bolqonda vaziyat keskinlashdi. 1887- yil iyulda 1881-
yildan amal qilib kelayotgan “betaraflik“ haqidagi Avstriya-Vengriya va
Germaniya-Rossiya bitimining muddati tugadi. Rossiya-Avstriya bilan bitim
tuzishni istamadi, shuning uchun Rossiya-Germaniya bitimi tuzildi. Bu bitim
“Hadiksirash bitimi“ deb nom oldi. Chunki, rus hukumati Germaniya Fransiyaga
hujum qilganda betaraf qololmaganidek, Germaniya ham Rossiya Avstriyaga
hujum
qilsa
betaraf
qolaolmas
edi.
Fransiya-Rossiya
munosabatlari
Germaniyaning “g’ashiga“ tegar edi. Shu tufayli 1887- yilda nemis hukumati
Rossiyaga qarz berishni to’xtatdi. Rus qimmatbaho qog’ozlari Reyxsbank
tomonidan rad etildi. Rossiya hukumati Parij bankiga murojaat qilib, Berlin rad
etgan va o’ziga kerakli bo’lgan pulni oldi. Germaniya Rossiya munosabatlari
keskinlashgach, Germaniya Angliya bilan yaqinlashishga harakat qildi. Biroq,
115
Angliya nemislarning ittifoqchilik haqidagi taklifini rad etdi. 1890- yilda Bismark
iste’fo berishga majbur bo’ldi. Uning o’rniga hokimiyat tepasiga Kaprivi keldi.
Kaprivi 1887- yildagi bitimning mustahkamligiga ishonmadi va uni bekor qildi.
Mustamlakalar
egallashda,
ayniqsa
Tunis
tufayli
Italiya-Fransiya
munosabatlari keskinlashdi. Tunisda fransuz kapitali hukmron edi. Yosh italiyan
burjuaziyasi bu hukmronlikni o’z qo’liga olmoqchi edi shunday qilib, Fransiya
bilan Italiya o’rtasida “boj urushi“ boshlandi. Bu urush 1886- yildan 1898-
yilgacha davom etdi.
Germaniyanig “Hadiksirash bitimi“dan voz kechishi Rossiya-Fransiya
ittifoqiga turtki berdi, 1891- yildan Rossiya bilan Fransiya o’rtaida bitim tuzildi.
1892- yilda harbiy konvensiya ishlab chiqldi. Konvensiyada qarshi kuchlar
hujum qilganda, Rossiya bilan Fransiya bir vaqtning o’zida safarbarlik e’lon
qilishi lozim edi. 1893- yilda konvensiya ratifikatsiya qilindi.
XIX asr oxirida Xitoy tufayli kapitalistik mamlakatlar o’rtasida kurash
kuchaydi. Bunga 70- yillardayoq Tayvan orolini bosib olgan yaponlar asos solgan
edi. 1894- yilda Yaponiya urush e’lon qilmasdan Xitoy yerlariga hujum boshladi.
Xitoy armiyasi tor-mor qilindi. 1895- yilda Yaponiya hukumati Xitoyga sulh
shartalrini majburan qaabul qildirdi. Simonesiki sulhi shartiga ko’ra, Tayvan
oroli, Tyanzisi va Pekinga kirib boradigan dengiz yo’lida joylashgan Port-Arttur
hamda Lyaodun yarim orolini Yaponiyaga berdi. Xitoyga qaram bo’lgan Koreya
“mustaqil” bo’ldi. Yaponiya Lyaodun va Koreyani bosib olgach, Rossiyaning
uzoq sharqiga xavf sola boshladi. Fransiya Rossiyaning ittifoqchisi bo’lgani
sababli yapon agressiyasiga qarshi yordam berishni va’da qildi.
Yaponiya-Xitoy munosabatlariga aralashish Uzoq Sharqda ta’sir o’tkazish
imkonini beradi, deb hisoblagan Germaniya ham bu janjalga qo’shilgan edi.
Rossiya, Fransiya va Germaniya Yaponiyadan bosib olingan yerlardan voz
kechishni talab qildilar, aks holda yapon suvlariga o’z harbiy dengiz kuchlarini
yuborish bilan po’pisa qildilar. Uch davlatning tazyiqi ostida Yaponiya
chekinishiga majbur bo’ldi. Ammo Tayvanni o’zida saqlab qoldi. Lyaodun yarim
oroli Xitoyga qaytarildi, buning evaziga Xitoy Yaponiyaga to’laydigan tovon
116
miqdori ko’paytirildi. Xitoyda mablag’ yo’q edi. Shuning uchun Rossiya bilan
Fransiyadan qarz oldi. Bu ularga o’z kapitallarini Xitoyga kirish imkonini berdi.
1896- yilda Rossiya-Xitoy ittifoqi tuzildi, unga ko’ra, Yaponiya Xitoyga hujum
qildudek bo’lsa, Rossiya Xitoyni himoya qilish majburiyatini oldi.
Rossiya hukumatining Uzoq Sharqda Yaponiya ustidan qozongan
diplomatik g’alabasi 1896- yilda Sharqiy Xitoy temir yo’lini qurish va
ekspluatatsiya qilish imkoniyatini berdi. Bu Baykal bo’yidan Vladivostokgacha
boruvchi yo’lni Xitoy hududidan o’tkazish, binobarin, qurilishini tezlashtirish
imkonini berardi. 1897- yilda Germaniya Szyaochjouvan buxtasini bosib oldi va
Xitoyni Szyaochjouvanni Germaniyaga “ijaraga berish haqida”gi shartnomani
imzolashga majbur qildi. Rus hukumati bunga qarshilik qildi, lekin Port-Arturni
olgach, ortiqcha monelik qilmadi. 1898- yilning boshlarida Lyaodun yarimorolini
Rossiyaga ijaraga berish haqida rus-xitoy bitimi tuzildi.
Uzoq Sharqda o’zini “xo’jayin” hisoblagan Britaniya kapitali Xitoyda
birinchi o’rinda edi. Chunki, XIX asrning 60- yillarida Gonkong-Shanxay banki
inglizlarning eng yirik mustamlaka banklaridan biri edi. Xitoy dengiz bojxonasi
ustidan inglizlar nazorati o’rnatilgan edi. Buyuk Britaniya 90- yillarga qadar
Xitoyda zamonaviy harbiy dengiz bazasi bo’lgan yagona davlat edi.
Britaniya Rossiyani Osiyo uchun kurashda o’zining asosiy raqibi deb
bilardi. 1896- yilda Angliya Yaponiyaga qarshi Germaniya, Rossiya va Fransiya
talablariga qo’shilishdan bosh tortdi. Britaniya Yaponiya bilan munosabatlarini
buzishni istamas, chunki Rossiyaga qarshi kurashda Yaponiyadan foydalanishni
nazarda tutardi.
Ingliz hukumati strategik ustunlikka erishish uchun Veyxey portini bosib
oldi. Temiryo’l qurilishi Rossiya bilan Fransiya ta’siriga tushib qolmasligi uchun
inglizlar Xitoy hukumatidan ko’proq temiryo’l konsessiyasi olishga intildilar.
Janubda Hindi-Xitoy bilan qo’shni yerda temiryo’l konsessiyasini Fransiya qo’lga
oldi. Shandun temir yo’l qurilishi va kon sanoati Germaniya ta’sirida edi.
Britaniya hissasiga Xitoyning eng boy Yanszi daryosi havzasi, Gonkongga yaqin
materikda joylashgan Kanton bilan Guandun viloyati qoldi. Xitoy xorijiy davlatlar
117
tomonidan shu tariqa bo’lib olindi. Bu davrda AQSh ham Xitoyda o’z ta’sir
doirasiga ega bo’lishni istardi. AQSh monopolistlari 90- yillarda Xitoyga bostirib
kirishni o’zlariga asosiy maqsad qilib oldilar. 1899- yil sentyabrda AQSh davlat
kotibi Xeyning “ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” siyosati e’lon qilindi va
“Xey” doktrinasi deb nom oldi. O’zining iqtisodiy kuch-qudratiga ishongan
Amerika kapitali Xitoyda barcha raqiblarini yengishga umid bog’ladi. Bu
AQShning o’ziga xos bo’lgan diplomatiyasi va mustamlakachilik siyosatidan
tanlangan yo’li bo’ldi.
Xitoy bo’linib olinayotgan bir vaqtda dunyoning boshqa turli nuqtalarida
o’ziga hos kurashlar ketayotgan edi. Jumladan diplomatiya tarixida “Fashoda
inqirozi” deb nomlanuvchi voqea ham huddi shu davrda yuz berdi. Bu inqiroz
quyidagicha ro’y berdi. 1896- yilda Italiya Habashistonni bosib olishga kirishdi.
Biroq italiyaning ekspeditsion korpussi Adua yonidagi jangda butunlay tormor
qilindi. Habashiston bu kurashda o’z mustaqiligini saqlab qoldi.
1896- yilda Angliya Sudanni bosib olishga kirishdi. 1898- yilda mahaliy
aholining qarshiligiga qaramay Xartumni egalladi. Ingliz ekspiditsion korpussi Nil
daryosining yuqori qismida, Fashoda qishlog’i yaqinida fransuz kapitanni
Marshan qo’mondonligidagi qo’shinga duch keldi. Marshanning maqsadi
inglizlarga Nil daryosining yuqori qismini egallashga yo’l qo’ymaslik edi.
Mrashan bu yerda joylashib olib, Misrda fransuzlar ta’sirini kuchaytirishga
yordam berishi lozim edi. Ingliz qo’shinlari qo’mondoni Kitchener Marshanaga
Nil havzasidan “ketishini” taklif qildi, taklif rad etilsa, urush boshlanadi, deb
Fransiyaga po’pisa qildi.Marshan hukumat ko’rsatmasi bilan “yon berdi”. Tez
orada Sudanni bosib olish tuggalandi.
AQSh yuqorida Xitoy masalasidagina faol tashqi siyosat olib
borganliginigina keltirdik, bu davrda o’z diplomatiyasini o’ziga hududiy yaqin
mamlakatlarga iqtisodiy ekspansiyalar uyushtirishida yaqqol namoyon bo’ldi. Bu
AQSh diplomatiyasining o’zigagina hos bo’lgan, va tanlangan yo’li edi. Maslan,
Panamerkanizm siyosatini yuritdi endigina Yevropadan mustaqil bo’lgan Lotin
Amerikasi mamlakatlariga turli niqoblarda asosan iqtisodiy jihatdan yorib kirib
118
borishga harakat qildi va “Amerika amerikaliklarniki“ deya shior bilan o’z
ekspansiyasini amlga oshirdi. AQSh Lotin Amerikasida hukmron bo’lib olish
uchun kurashib, riyokorlik bilan "Xamma Amerika mamlakatlarining manfaatlari
bitta", degan g’oyani targ’ib qilib keldi. 1889- yilda AQSh Davlat departamenti
tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi.
Birinchi Panamerika konferensiyasining birdan bir aniq natijasi xalqaro “Amerika
respublikalari s’yezdi” degan assotsiatsiyasi tuzishdan iborat bo’ldi. AQShning
G’arbiy yarim shardagi mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishga qaratilgan
Panamerikanizm siyosati shu tariqa vujudga keldi. 80- yillarda Venesuela bilan
Britaniya Gvineyasi o’rtasidagi ziddiyat juda kuchayib ketganda AQSh “Monro
doktrinasi”ga tayanib, bu janjalni bartaraf qilishda o’zi vositachilik qilmoqchi
bo’lganligini Angliyaga ma’lum qildi. 1899- yilda Venesuela masalasi hal etildi.
Ko’p o’tmay, Samoa orollari ham qo’lga kiritildi.
XIX asrning oxirida AQSh nihoyatda qudratli davlatga aylandi. Ispaniyaga
qarashli Kuba oroli Amerika hukmron doiralarining havasini keltirardi. AQSh
Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana boshladi. AQSh o’z fuqarolarining
manfaatini himoya qilish bahonasi ostida 1898- yil 15- fevralda Kuba sohillariga
o’z harbiy kemasini yubordi. Bu harbiy kema Gavana reydida turgan joyda
noma’lum sababga ko’ra portlab ketdi. Natijada, 268 kishi halok bo’ldi, 100 ga
yaqin kishi esa yarador bo’ldi. AQSh bu qo’poruvchilikda Ispaniyani aybladi va
Kongress 1898- yil 22- aprelda Ispaniyaga qarshi urush harakatlarini boshlash
haqida qaror qabul qildi. Bu dunyoni qayta bo’lib olish yo’lidagi birinchi urush
edi. 3 oy davom etgan urushda Ispaniya yengildi va sulh so’rashga majbur bo’ldi.
1898- yil 10- dekabrda Parij shahrida AQSh-Ispaniya tinchlik shartnomasi
imzolandi. Unga ko’ra, AQSh Puerto Riko va Guam orollariga, Ispaniyaga 20
mln. dollar to’lab Filippinga ega bo’lib oldi. Gavayi orollari batamom anneksiya
qilib olindi. 1898- yilda Kuba nomiga mustaqillik oldi. Amalda esa AQShga
qaram bo’lib qolaverdi. Bundan ko’rinib turibdiki, asr oxiriga kelib o’zaro
ixtiloflarni qurol yordamida yechishga turtki bo’ldi.
|