Nazorat uchun savollar:
1. “Ochiq eshiklar” siyosatining mazmuni nimadan iborat?
2. 1853–1856- yillarda bo’lib o’tgan “Qrim urushi”ning sababi va uning
natijasi haqida so’zlab bering?
3. 1878- yil 19- fevralda imzolangan San-Stefano shartnomasiga ko’ra, qaysi
Bolqon davlatlarining mustaqilligi tan olindi?
4. Otto fon Bismark diplomatiyasi haqida nimalarni bilasiz?
5. XIX asr so’ngi choragida Fransiya va Italiya munosabatlari
keskinlashtirgan voqealar qaysi?
6. “Xadiksirash bitimi” qaysi davlatlar o’rtasida tuzilgan?
7. Germaniyaning Birinchi jahon urushidagi “Shliffen rejasi” haqida so’zlab
bering!
151
ENG YANGI DAVRDA XALQARO MUNOSABATLAR VA
DIPLOMATIYA
REJA:
1. Birinchi jahon urushi yakunlari va Versal shartnomasi.
2. Vashinton konferensiyasi.
3. “To’qqiz davlat shartnomasi”ning vujudga kelishi va Xitoy.
Tayanch so’z va iboralar: Parij tinchlik konferensiyasi. “Oshkora
diplomatiya”. Versal shartnomasi. Millatlar ligasi. Vashinton konferensiyasi.
Dayren konferensiyasi. To’rtlar bitimi. Beshlar bitimi. To’qqizlar bitimi. “Ochiq
eshiklar” siyosati.
Birinchi jahon urushi yakunlari va Versal shartnomasi. Birinchi jahon
urushidan so’ng dunyoda yuzaga kelgan kuchlar nisbati urushning oxirida
shakllangan xalqaro munosabatlar tizimining ziddiyatlarini aks ettirardi.
Buyuk davlatlar qatorida jiddiy siljishlar ro’y berdi. Bir tomondan, jahon
darajasidagi buyuk davlat – Germaniyaning tor-mor etilishi bo’lsa, ikkinchi
tomondan, dunyoda yetakchilik qilishga faol da’vogar sifatida AQShning xalqaro
maydonga chiqishi shunday siljishlarning eng sezilarlisi edi. Buyuk Britaniya,
Fransiya va Yaponiya bilan bo’lgan raqobatda g’olib chiqish uchun AQSh
umumjahon kreditori mavqeidan foydalanishga intildi.
Buyuk Britaniya urushdan so’ng buyuk davlat maqomini saqlab qoldi,
garchand AQSh tomonidan ikkinchi o’ringa surib chiqarilayotgan bo’lsa ham.
Germaniya endi uning dengizdagi va jahon bozorlaridagi raqibi emasdi. Yaqin
Sharqda Angliya Usmoniylar imperiyasi “merosi”ning talaygina qismini nazorat
qilardi.
Fransiyaning mavqei ham yetarlicha kuchli edi. Bosh vazir Klemanso
deyarli ikki millionlik armiyaga tayanardi. Ushbu armiyani marshal Fosh
demobilizatsiya
qilishga
shoshilmasdi.
Fransiya
xavfsizligini
ta’minlash
zaruriyatini pesh qilib, Klemanso diplomatiyasi Germaniyani revansh olish
152
imkoniyatidan mahrum qilishni va Yevropada Fransiyaning ustuvorligini
o’raatishni ko’zlagandi. Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlar ham o’z
manfaatlariga ega edi. Garchand dastlabkilari “buyuk davlatlar” qatoriga kirgan
bo’lsa ham, ularning ta’siri katta emasdi va faqatgina lokal masalalarni hal etishda
sezilardi.
Urushdan keyingi xalqaro munosabatlarning tizimi asosan, Parij tinchlik
konferensiyasi (18- yanvar, 1919- y. – 28- iyun, 1919-y.) va Vashington
konferensiyasi (12- noyabr, 1921- y. – 6- fevral, 1922- y.) qarorlariga suyanardi.
Parij konferensiyasining ishida 27 ta mamlakat vakillari ishtrok etdi.
Konferensiya “oshkora diplomatiya” misoli deb e’lon qilinardi. Parijga mingdan
ortiq delegatlar yetib keldi, faqatgina Germaniya va Sovet Rossiyasi vakillari yo’q
edi, xolos.
Konferensiyani tayyorlash va uning boshlanish davrida AQSh prezidenti
V.Vilssoning “14 bandi” haqida ko’p gapirilardi. “Yashirin diplomatiya”dan voz
kechish va “adolatli tinchlik”ni o’rnatish to’g’risidagi bayonatlarga qaramay,
konferensiyaning asosiy qarorlari buyuk davlatlarning, birinchi galda Buyuk
Britaniya, AQSh va Fransiyaning oshkor etilmagan murosaga kelishlari natijasi
sifatida namoyon bo’ldi.
Xalqaro tashkilot haqidagi masala muhokama birinchilar qatorida qilindi.
Millatlar Ligasini barpo etish to’g’risidagi rezolyusiya qabul qilindi. Shunday
tashkilotning zarurligi to’g’risidagi masala Birinchi jahon urushidan oldin ham
qo’yilgan edi. Urush davrida esa uning loyihalarini ishlab chiqish bilan turli
guruhlar va hatto Angliya, AQSh va Fransiyada hukumat darajasidagi komissiyalar
shug’ullanardi. Millatlar Ligasini barpo etish loyihasini AQSh prezidenti Vudro
Vilson ham o’zi bilan birga Parijga olib keldi.
Parij konferensiyasi Millatlar Ligasining Nizomini tayyorlash maqsadida
Vilson boshchiligida maxsus komissiyani tashkil etdi. Ushbu hujjat negizida
inglizlar va amerikaliklarning qo’shma loyihasi yotardi.
1919- yil 13- fevralga kelib Millatlar Ligasining Nizomi tayyor bo’ldi va
ertasi kuni Vilson tomonidan konferensiyaga taqdim etildi. Nizom 26 ta banddan
153
iborat bo’lib, unda Liga a’zolarining vazifalari va majburiyatlari, tashkilotning
ishlash tamoyillari, tuzilishi belgilab berildi. Liganing bosh tashkilotlari umumiy
yig’in – Assambleya va Kengash edi. Qarorlar bir ovozdan qabul qilinardi.
Liga a’zolari xalqaro munosabatlarni to’la oshkoralikda tutib turish, xalqaro
huquq mezonlariga amal qilish, tashkilotga kirgan barcha a’zolarning hududiy
yaxlitligini va mavjud siyosiy mustaqilligini hurmat qilish va saqlash
majburiyatlarini oldi.
Mustamlakachilikni saqlab qolish ko’zda tutilgandi. Uni niqoblash
maqsadida mandat tizimi barpo etildi.
Urushdan keyingi vaziyatni tartibga solishga oid ko’plab masalalar
muhokama qilindi. Lekin, baribir asosiy masala – Germaniyaning taqdiri masalasi
edi. Ushbu mamlakat vakillari Parijga faqatgina tinchlik shartnomasini imzolash
uchun chaqirtirildi.
1919- yil 28- iyunda Versal saroyida Germaniya vakillari urushdan keyingi
tinchlik tartiblarini o’rnatishga doir asosiy hujjatni – Tinchlik shartnomasini
imzolashdi. Keyinchalik Germaniyaning ittifoqchilari – Bolgariya, Turkiya va
Avstro-Vengriya tarqalib ketganligi sababli Avstriya va Vengriya bilan alohida-
alohida tinchlik shartnomalari imzolandi. Har bir shartnoma Millatlar Ligasining
Nizomi bilan boshlanardi. Germaniya mustamlakalarini bo’lib olish (vasiylik nomi
bilan ma’lum bo’lgan) “o’zlarini o’zi boshqarishga qodir emas” xalqlarga yordam
berishga qaratilgan “sivilizatsiyaning muqaddas missiyasi” sifatida e’lon qilinardi.
Umuman olganda, Versal shartnomasiga ko’ra, Germaniya o’z hududining
katta qismini yo’qotdi. Germaniya Pol’sha, Chexoslavakiya, Lyuksemburgning
mustaqilligini tan oldi, Avstriyaning mustaqiiligini “qat’iy hurmat” qilish
majburiyatini ham oldi. Reyn daryosining chap sohili bo’ylab 50 km ichkarisidagi
Germaniyaning hududi harbiy harakatlardan holi hududga aylantirildi. Germaniya
mustamlakalari Fransiya, Yaponiya, Belgiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya va
uning dominionlari o’rtasida bo’lib (mandatlar shaklida) olindi.
Versal shartnomasida Germaniyaning qurolsizlashtirilishi ham ko’zda
tutilgan edi. Bundan tashqari, Germaniya jahon urushining boshlanishi va u
154
yetkazgan zarar uchun aybdor, deb e’lon qilindi. Shu tariqa ittifoqchilar ko’rgan
“barcha talofat va zararlar” ni qoplash yo’lida Germaniyada reparatsion to’lovlarni
olish uchun huquqiy asos yaratildi. Germaniyaning shartnomani to’la bajarishini
ta’minlovchi kafolat sifatida ittifoqchi qo’shinlari tomonidan 1919- yil 5- yildan –
15- yilgacha bo’lgan muddat davomida Reyn daryosidan G’arbda joylashgan
hududlarni okkupatsiya qilinishi nazarda tutilgan edi.
Dostları ilə paylaş: |