Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Besh davlat kelishuvi. Konferensiyaning keyingi ishlari faqatgina Angliya 
va Fransiya o’rtasidagi kelishmovchiliklarni kuchaytirdi. Uzoq muzokaralardan 
so’ng beshta davlat – AQSh, Angliya, Yaponiya, Fransiya va Italiya dengiz qurolli 
kuchlarini qisqartirish to’g’risida kelishuv imzoladi. Kelishuvga qaraganda, 
ko’rsatilgan davlatlar o’rtasida 5:5:3:1, 75:1, 75 o’lchamida flot belgilangan. 
So’nggi hisob bo’yicha Angliya umumiy miqdorda 558950 t ga 20 ta 
kemaga ega bo’lishi kerak. AQSh 525850 ga 18 kema, Yaponiya 301320 ga 10 
kema, Fransiya 221170 ga 10 kema, Italiya 182800 ga 10 kema. 
Vashington konferensiyasi kreyser va yerosti flotiga hech qanday chegara 
qo’ymagan. 
Kelishuvda aytilishicha, har bir davlat urush paytida kelishuvni to’xtatib 
turishi mumkin. 1923- yil 17- avgustdagi AQSh tomonidan tasdiqlangan 
Vashington kelishuvi faqatgina dengiz kuchlarini taqsimlash to’g’risida edi. 
Kelishuv davlatlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarga nuqta qo’ymadi. 
Aksincha u davlatlar o’rtasidagi keyingi kelishmovchiliklarga sabab bo’ldi. 
“To’qqiz davlat shartnomasi”ning vujudga kelishi va Xitoy. AQSh 
davlati Tinch okean va Uzoq Sharqda o’z pozitsiyalarini mustahkamlashga, 
Angliya va Yaponiyaning harbiy-dengiz flotidagi vaqtincha ustunligini yo’qotish 
va zo’r berib qurollanish uchun vaqtdan yutish maqsadida dengiz qurollarini 
“cheklash”ga, Parij sulh konferensiyasining Uzoq Sharqqa doir qarorlarini qayta 


161 
ko’rib chiqishga, Parij konferensiyasidagi mag’lubiyat uchun qasos olishga 
kirishdi.
1921- yil martda hokimiyat tepasiga kelgan prezident Garding boshchi-
ligidagi respublikachilar hukumati Parij konferensiya sining Uzoq Sharqqa doir 
qarorlarini qayta ko’rib chiqishni o’zining asosiy vazifalaridan biri qilib qo’ydi. 
AQSh Angliyaning dengizdagi hukmronligini yo’qotishga, Angliya-
Yaponiya ittifoqini tugatishga, Yaponiyaning Xitoyda kuchaygan pozitsiyasiga 
putur yetkazishga hamda Xitoyda “ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” prinsipiga 
rioya qilish bahonasi bilan Xitoyning AQSh tomonidan asoratga solinishi uchun 
sharoit yaratishga zo’r berib intildi.
AQSh o’zining iqtisodiy va moliyaviy quvvatiga tayanib, o’zidan boshqa 
kapitalistik davlatlarning Uzoq Sharq rayonidagi ziddiyatlaridan foydalandi. 
AQSHning tashabbusi bilan yangi xalqaro konferensiya – Vashington 
konferensiyasi chaqirildi. Bu konferensiya 1921- yil 12- noyabrdan 1922- yil 6-
fevralgacha davom etdi. Konferensiyada 9 ta davlat: AQSh, Angliya, Fransiya, 
Italiya, Belgiya, Gollandiya, Portugaliya, Yaponiya va Xitoy qatnashdi. Bu 
konferensiyada ham AQSh asosiy rol o’ynadi.
Konferensiyaning asosiy hujjatlaridan biri – AQSh, Angliya, Fransiya va 
Yaponiyaning 1921- yil 13- dekabrda qabul qilgan “To’rt davlat shartnomasi”dir. 
Bu shartnomada mazkur davlatlarning Tinch okeandagi orollarining daxlsizligi 
ko’rsatildi. Ular bu orollarga boshqa bironta davlat xavf solgan taqdirda o’zaro 
maslahatlashish to’g’risida kelishib oldilar. Bu shartnomada 1902- yilda tuzilgan 
Angliya-Yaponiya ittifoqi tugatildi, u o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblandi. 
Natijada AQSh Angliyani Yaponiyadan ajratib, katta diplomatik yutuqqa erishdi.
Konferensiyaning asosiy yutuqlaridan yana biri – AQSh, Angliya, 
Yaponiya, Fransiya va Italiyaning 1922- yil 6- fevralda qabul qilgan “dengiz 
qurollarini cheklash to’g’risida shartnoma” degan “Besh davlat shartnomasi”dir. 
Bu shartnomaga muvofiq, AQSh Angliya flotining o’z floti bilan teng darajada 
bo’lishiga, Yaponiya flotining AQShnikidan ortiq bo’lmasligiga, Angliya bilan 


162 
Yaponiyaning o’zlarining Tinch okeandagi orollarida harbiy-dengiz bazalari 
qurmaslik majburiyatini olishiga erishdi.
Konferensiyaning hujjatlaridan yana biri 1922- yil 6- fevralda qabul 
qilingan Xitoyga nisbatan siyosat to’g’risidagi “To’qqiz davlat shartnomasi”dir. 
Bu shartnomaga muvofiq, mazkur davlatlar Xitoyning suverenitetini, mustaqilligi 
va territorial daxlsizligini tanish “majburiyati”ni oldilar. Ular Xitoyda “teng 
imkoniyatlar” prinsipiga rioya qilib, Xitoyda alohida imtiyozlar va huquqlarga 
erishish uchun urinmaslik va ta’sir doiralari vujudga keltirmaslik “majburiyati”ni 
oldilar. Yaponiya Shandundan, Angliya Vey Xayveydan voz kechdi. Bu shartnoma 
Xitoyda AQSh hukmron doiralarining “ochiq eshiklar” va “teng imkoniyatlar” deb 
atalgan doktrinasini mustahkamladi. Amerika imperialistlarining Xitoyga suqilib 
kirishlari uchun qo’shimcha imkoniyatlar vujudga keldi.
Vashington konferensiyasida qabul qilingan shartnomalar “Vashington 
tizimi” deb ataldi. Vashington tizimi Versal tizimining davomi bo’ldi.
Versal-Vashington tizimi mamlakatlar o’rtasida mustahkam tinchlik 
munosabatlari o’rnatmadi. Tinch okeanda kuchlar nisbatini tenglashtirish tartibi 
mutlaqo beqaror edi.
Kapitalistik dunyoda Sovet Rossiyasiga nisbatan ikki xil tendensiya 
vujudga kelgan edi: birinchi tendensiya Sovet Rossiyasi bilan iqtisodiy aloqa 
o’rnatish tendensiyasi edi. Bu tendensiyadagi davlatlarning ko’pchiligi Sovet 
rejimining aynib ketishiga va keyin uni taqsimlab olishga umid bog’lar edi. Bu 
tendensiya vakillari (Angliyada Lloyd-Jorj, Fransiyada Errio, AQShda senatorlar 
Bora, Uiler va Gudrich)lar edi. Ikkinchi tendensiya qulay imkoniyat topib, Sovet 
Rossiyasiga qarshi yana qurolli intervensiya qilish tendensiyasi edi. Bu tendensiya 
vaqti-vaqti bilan oshkora ko’rinib turdi. AQSh prezidenti Garding, davlat sekretari 
Yuz, Angliyada Cherchill, Kerzon, Fransiyada Klemanso, Puankare, Germaniyada 
Lyudendorf va boshqalar bu tendensiyani zo’r berib qo’llab-quvvatladilar. 
Kapitalistik dunyoda birinchi tendensiya ikkinchi tendensiyaga nisbatan ustun 
chiqdi.


163 
Demak, shuni qayd etish mumkinki, Vashington konferensiyasi Xitoy 
masalasiga katta ahamiyat berdi. Xitoy hududidagi sobiq nemis yerlarini 
Yaponiyaga berilganligi sabab, Versal kelishuvini imzolashdan bosh tortdi. 
Konferensiyada Xitoyga qarashli yerlarni qaytarish masalasi ko’rildi. Oxir-oqibat 
Yaponiya ba’zi yerlarni (Sindao va Shandun) Xitoyga qaytarishga majbur bo’ldi. 
1922- yil 6- fevralda Vashington konferensiyasi ishtirokchilari Xitoy 
siyosati to’g’risida kelishuv imzolashdi. Besh davlat kelishuvida Xitoy 
daxlsizligini va “Ochiq eshiklar” siyosatini saqlash aytildi. 
Rasmiy ravishda Yaponiyaning Xitoyga nisbatan “21 talabi” bekor 
qilinmadi. Yaponlar “hal qilingan masalalarga” qaytmaslikni talab qildi.
Buyuk davlatlar Xitoyni teng huquqliligini xohlashmasdi va uni 
mustamlaka davlat sifatida qolishini istashardi. Biroq, bu davlatlar Xitoydagi xalq 
ozodligi kurashini to’xtata olmadi. Vashington konferensiyasi Uzoq Sharqdagi 
dunyo bo’linishiga nuqta qo’ydi. Bu ma’noda u Versalni to’ldirdi. Biroq, 1919-
yilda Fransiya va Angliya AQSh diplomatiyasini ilgarilab o’tishga muvaffaq 
bo’ldi. Vashington konferensiyasida esa anchayin ustunlikka ega bo’ldi. 
Vashington konferensiyasi buyuk Tinch okeani davlatlari SSSR va Xitoyni 
zarariga qaratildi. 
Birinchi jahon urushi tugab kelayotgan va Rossiyada Oktabr sotsialistik 
revolutsiyasi g’alaba qozongan paytda ham Xitoy qoloq, yarim feodal va yarim 
mustamlaka mamlakat edi. Qishloqda pomeshchik va quloqlar hukmronlik qilar, 
iqtisodiy hayot, jumladan, savdo-sotiq chet el monopoliyalari nazorati va 
qaramligida edi. Lekin shunga qaramay, Xitoyda milliy sanoat rivojlana boshlagan, 
kapitalistik uklad shakllanayotgan edi. Milliy burjuaziya bilan chet el kapitali 
o’rtasida ziddiyatlar kuchayib bordi, proletariat saflari o’sdi. To’qimachilik 
sanoatidan tashqari mamlakatda yengil sanoatning boshqa tarmoqlari va oziq-ovqat 
sanoati vujudga keldi, qazilma boyliklar qazib chiqarish ortdi. Milliy 
burjuaziyaning iqtisodiy va siyosiy pozitsiyalari mustahkamlanib, uning ilg’or 
vakillari orasida kapitalizm taraqqiyotiga g’ov bo’layotgan feodal munosabatlar va 
chet el kapitali hukmronligiga qarshi kayfiyatlar o’sib bordi. 


164 
Oktyabr inqilobining g’alabasi tufayli Sharq mamlakatlari, jumladan, 
Xitoyning xalqaro ahvoli tubdan o’zgardi. O’sha paytda imperialistik davlatlar 
Xitoy ishlariga aralashishni kuchaytirib yuborgan edilar. Ayniqsa AQSh 
imperializmi o’zining “ochiq eshiklar” va “teng imkoniyatlar” siyosati bilan 
mamlakatning savdo-sotiq va moliya ishlariga hukmron bo’lib olishga intilar edi. 
AQSh va Yaponiya Xitoyning antisovet siyosat yuritishiga erishish uchun sovet-
xitoy muzokaralari (1919- yil)ni buzish maqsadida Pekin hukumatining reaksion 
doiralaridan foydalandilar. Yaponiya va AQSh imperializmi va mahalliy 
reaksionerlarning ikki yoqlama zulmi hamda antisovet siyosati Xitoy xalq ommasi 
keng tabaqalarini g’azablantirar edi. 
1919- yil mayda boshlangan keng milliy-ozodlik harakati, avvalo, AQSh 
yordamida harakat qilayotgan yapon imperializmiga qarshi qaratilgan edi. “4–5 
may harakati” deb mashhur bo’lgan bu harakat Xitoy xalqi ozodlik kurashining 
yangi davrini boshlab berdi. 1919- yil 4- mayda 5 ming pekinlik student Versal 
konferensiyasi Germaniyaning Shandundagi konsessiya huquqlarini Yaponiyaga 
berganligiga qarshi norozilik bildirdi. Studentlar va 71 ta demokratik ruhdagi 
ziyolilarning “4–5- may harakati” “Xitoy-xitoyliklar uchun!” shiori ostida, 
Yaponiyaning “21 talabi”ga bo’ysunmaslik ruhida ko’tarildi. Namoyishlar 
politsiya va qo’shinlar tomonidan bostirildi. Hukumatning studentlardan bunday 
o’ch olishi harakat ko’lamini yanada kengayishiga, butun mamlakatga yoyilishiga, 
tashkiliy tus olishiga olib keldi. 
1919- yil 25- iyulda Xitoy hukumatiga qarata qilgan murojaatida Sovet 
hukumati o’zining Xitoy bilan do’stona aloqalar o’rnatishga tayyor ekanligini, u 
bilan tuzilgan ilgarigi noteng huquqli shartnomalardan voz kechishini, Xitoyning 
tengligi va suverenitetini hurmat qilishini tantanali suratda e’lon qilgan edi. Bu 
murojaatni keng xitoy tabaqalari zo’r xursandchilik bilan kutib oldilar. 
Oktabr rezolyusiyasi va uning bevosita ta’siri ostida 1921- yilda Xitoy 
Kommunistik partiyasi tuzildi. Partiya keng xalq ommasi orasida ish olib borgan 
marksistik to’garaklar negizida tashkil topgan edi. 1921- yil 1- iyulda Shanxayda 
Xitoy Kompartiyasining II s’yezdi ochildi. S’yezd partiya Ustavini qabul qildi. 


165 
Rahbar organlarni sayladi, Xitoy Kommunistik partiyasining tashkil topishida V. I. 
Lenin asos solgan Kommunistik Internatsional ham katta ta’sir ko’rsatdi. 
Xitoy tarixining bu davri uchun 1921–1922- illarda bo’lib o’tgan, 
talonchilik xarakteridagi Vashington konferensiyasi ham alohida o’rin tutadi. 
Konferensiyadagi “9 davlat shartnomasi”da Xitoyning mustaqilligi, territorial 
butunligi rasmiyat uchungina e’tirof etildi. AQShning “ochiq eshiklar” siyosati o’z 
kuchini saqlab qoldi. 
Xitoy Kompartiyasining II s’yezdi (1922- yil, may) partiyaning 
Kominternga kirishi haqida qaror va partiyaning yaqin fursatdagi vazifalarini 
belgilagan programm-manifest qabul qildi. Xitoy dehqonlar ommasining 
uyg’onishi kompartiya faoliyati bilan chambarchas bog’langandir. Xitoy 
Kompartiyasi mamlakatdagi progressiv kuchlarni yagona frontga birlashtirish 
yo’lini tutdi, Gomindanga kirishga qaror qildi. Bunda partiyaning g’oyaviy, 
tashkiliy mustaqilligini saqlash va mustahkamlash zarur edi. 
SSSR bilan Xitoy o’rtasida normal diplomatik munosabatlarni o’rnatishda 
Sovet-Xitoy muzokaralari katta rol o’ynadi. AQSh, Yaponiya, Fransiya 
diplomatiyasi muzokaralarni buzishga bir necha bor urindi. Biroq, Xitoy 
jamoatchiligi sovet-xitoy bitimi tuzishni qat’iy talab qilardi. 1924- yil 31- mayda 
mamlakatning xalqaro aloqalari tarixida yangi davr ochgan sovet-xitoy bitimi 
imzolandi. Xitoy tarixida birinchi marta ulug’ davlat bilan teng huquqlilik, o’zaro 
manfaatdorlik va suverenitetni hurmat qilish asosida bitim tuzilgan edi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin