158
AQSh bilan qurolli kuchlarini tengligini tan olishi kerak edi. Biroq, Fransiya
armiyasi kuchli edi. Shuning uchun Angliya o’zining armiyasini faqatgina Fransiya
qurolli kuchlarini qisqartirsagina, qurolsizlantirishini aytdi. Amerika Fransiyaning
armiyasi qisqarishini xohlamas edi. Chunki, bunda Angliyaning Yevropada
ahamiyati kuchayar edi. Lekin, Amerika qurolli kuchlarini qisqartirishidan maqsad,
AQSh Yaponiya armiyasini kuchsizlanishini xohlardi.
Brian shunday deydi: “Fransiya uchun bundanda ortiq sharmandalik
bo’lmaydi. Agarda tinchlik uchun kurashadigan biron-bir davlat bo’lsa ham, u ham
bo’lsa, Fransiya deydi”. U armiyani qisqartirishdan bosh tortdi. U armiya ularga
Pol’sha va G’arbiy Yevropani bol’sheviklardan himoya qilish uchun kerak dedi.
Yapon armiyasini qisqarishini Kato ham xohlamadi. Bunday pozitsiyani Bel’giya
va Italiya ham egalladi.
1921- yil 13- dekabrda Vashington konferensiyasida birinchi bitim
imzolandi. Bu 4 ta davlat kelishuvi edi. Kelishuv o’n yilga imzolandi. Kelishuv
Amerika diplomatiyasi yutug’ini bildirardi. Bitim imzolangandan so’ng 1911-
yildagi Yaponiya-Angliya bitimiga yakun yasadi.
1922- yil 6- fevralda qo’shimcha kelishuv imzolandi. Bitimda shunday
deyilgan, Karafuto, Fazmozu, Peskador orollariga Yaponiya mandat oldi. Shundan
kelib chiqib, 4 ta davlat kelishuvi SSSR va Xitoyni huquqlarini himoya qiladi.
1922- yil 4- fevralda Angliya, AQSh, Fransiya, Yaponiya, Niderlandiya va
6- fevral Portugaliyaga tantanali xabar qildi. Bunda shunday deyilgan, bu
davlatlarga 4 ta davlat tomonidan hurmat bilan qaralishi va yordam berilishi
aytilgan.
Dostları ilə paylaş: