Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Birinchi jahon urushi yillarida xalqaro munosabatlar



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Birinchi jahon urushi yillarida xalqaro munosabatlar. Birinchi jahon 
urushi unda qatnashgan hamma davlatlar uchun ham imperialistik bosqinchilik va 
adolatsiz urush bo’ldi. Faqat Serbiya va Belgiya uchun bu urush bir qadar milliy 
ozodlik urushi bo’ldi. Biroq, bu narsa urushning umumiy xarakterini o’zgartira 
olmas edi, chunki urushning umumiy xarakteri do’nyoni yangidan qayta 
taqsimlash uchun, dunyoda hokim bo’lish uchun kurashayotgan buyuk 
imperialistik davlatlarning qatnashishi bilan belgilanar edi. 
German imperialistlari o’z foydalarini ko’zlab, dunyoning butunlay qayta 
taqsimlashga urush yo’li bilan erishmoqchi bo’ldilar. Germaniyaning bosqinchilik 
dasturi Pangerman ittifoqining 1914- yil 28- avgustda e’lon qilgan talablarida o’z 
aksini topgan edi. Bu talablar quyidagilardan iborat edi: 
Rossiyaning tabiiy qazilmalarga boy bo’lgan va nemis kolonistlarini 
ko’chirib kelishga yaraydigan katta-katta unumdor hududlarini bosib olish, sanoat 
mamlakati bo’lgan Belgiyani anneksiya qilish va uning Afrikadagi Kongo 
mustamlakasini qo’lga kiritish fransuzlarning Longvi va Bris temir ruda 


130 
havzalarini anneksiya qilish va Fransiya bilan tuzgan chegarani Belfor, Tul, 
Verden shaharlari va Somma daryosidan G’arbroqdagi liniyaga ko’chirish, 
shuningdek, Fransiya mustamlakalarini bosib olish, Angliyaning dengizdagi 
hukmronligiga chek qo’yish, jahon bozorlarida ingliz konkurepsiyasini 
zaiflashtirish, dengizlardagi tayanch punktlarga ega bo’lish va ingliz 
mustamlakalarini bosib olish, yengilgan davlatlardan milardlab kontributsiya olish, 
barcha dushmanlarni zaiflashtirib, “Buyuk Germaniya”ning chetdan hech qanday 
to’sqinlik sezmay o’n yilliklar davomida taraqqiy etishini ta’minlashdan iborat edi. 
Avstriya-Vengriya imperialistlarining bosqinchilik dasturi Serbiyani 
anneksiya qilish va Bolqonda Avstriya-Vengriya monarxiyasining hukmronligini 
o’rnatishdan, Rossiyadan Pol’sha podsholigi, Podoliya va Volinni tortib olishdan 
iborat edi. Avstriya-Vengriya imperialistlari milliy ziddiyatlar tufayli ajralib 
ketayotgan gabsburglar monarxiyasini mustahkamlashning birdan-bir vositasi, 30 
million kishini tashkil qilgan slavyanlar, ruminlar va italyanlarni yanada ezish 
mumkinligining garovi deb qaradilar. Bu ishlarning amalga oshirilishidan 
Germaniya ham manfaatdor edi, chunki u Avstriya kapitali bilan chambarchas 
bog’langan german kapitalini Bolqonga, Egey dengizi rayonlariga Turkiyaga 
eksport qilish uchun keng imkoniyat ochib berar va Markaziy davlatlar bilan Eron 
ko’rfazigacha cho’zilgan hududda to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatish imkoniyatini 
yaratar edi. 
Rossiya imperialistlari, rus pomeshchiklari va burjuaziyasining urushdan 
maqsadi Germaniyaning qudratini sindirish, Galitsiyani, Nemanning quyi oqimini 
Rossiyaga qo’shib olish, Konstantinopol va bo’g’ozlarni bosib olishdan iborat edi. 
Ingliz burjuaziyasi nihoyatda tez taraqqiy qilayotgan german raqibining 
iqtisodiy va siyosiy qudratini zaiflashtirishga, Germaniyaning harbiy dengiz va 
savdo flotini yo’q qilishga, neft konlariga boy bo’lgan Mesopotamiya va Arabiston 
yarim orolini bosib olishga hamda Germaniyadan uning mustamlakalarini tortib 
olishga erishmoqchi bo’ldi. 
Fransiya imperialistlari ham Germaniyaning harbiy, iqtisodiy va siyosiy 
qudratini sindirish maqsadini ko’zladi. Ular Fransiyadan 1871- yilda tortib olingan 


131 
Elzas va Lotaringiya hududlarini kaytarib berishini talab qilib qolmay, balki 
Gsrmaniyadan Reyn daryosining chap qirg’og’idagi yerlarni olib berishni, 
Fransiyaga Saar viloyatini qo’shib berishni, Suriya, Falastinni va boshqa arab 
hududlarini bosib olishni, Germaniya mustamlakalarini bosib olishni, Germaniya 
mustamlakalarini ko’lga kiritishni talab qildi. 
Urushning dastlabki oyida urushuvchi davlatlarning kuchlari quyidagicha 
edi; bir tomonda Angliya, Fransiya, Rossiya, Serbiya va majburan urushga 
tortilgan Belgiya turgan bo’lsa, ikkinchi tomonda Germaniya bilan Avstriya-
Vengriya turardi.
1914-yil avgust oyining o’rtalarida Germaniyaga qarshi Yaponiya ham 
urush e’lon qildi. Davlatlarning ikkala blokida moddiy va odam potensiallari bir xil 
emas edi. Germaniyaning harbiy tayyorgarligi Antata mamlakatlari harbiy 
tayyorgarligidan yuksakroq edi. Uning armiyasi artilleriya bilan yaxshiroq 
qurollangan va unda yaxshi ta’lim olgan ofitser hamda unterofitser kadrlar ko’proq 
edi. 
Germaniya bilan Avstriya-Vengriya urushning dastlabki haftalaridan 
boshlab, dengizda Antanta tomonidan qamal qilindi. Bu ikki mamlakat faqat 
o’zlarida mavjud bo’lgan iqtisodiy resurslardangina foydalanishi mumkin edi; 
urush boshlarida ularning bu resurslariga nemislar bosib olgan Lyuksemburg, 
Belgiya va Shimoliy Fransiyaning o’nta sanoat departamentidagi sanoat resurslari, 
1915- yilning ikkinchi yarmidan boshlab esa rus Pol’shasi, Litvasi, shuningdek, 
Kurlyandiya va Serbiyaning qishloq xo’jalik va sanoat resurslari qo’shildi. 
Germaniya betaraf qo’shni mamlakatlardan, shuningdek, Ruminiya, Bolgariya, 
Turkiyadan resurslar olib kelish imkoniyatiga ega edi, xolos. 
Angliya bilan Fransiya esa, aksincha son-sanoqsiz mustamlakalar va 
dominionlarining xom ashyo va oziq-ovqat boyliklaridan foydalanish imkoniyatiga 
ega edi. 
1914- yil avgustda Yevropada uchta front tashkil etilgan edi. Shimoliy 
dengizdan Shveytsariyagacha cho’zilgan G’arbiy frontning uzunligi 700 
kilometrdan ortiq edi. 


132 
4- avgustda german armiyasi Belgiyaning betarafligini qo’pol ravishda 
buzib, uning hududiga bostirib kirdi. O’ng qanoatdagi uchta nemis armiyasi 
belgiyaliklarning jasorat bilan ko’rsatayotgan qarshiligini yengib, deyarli butun 
Belgiyani egallab oldi va tez harakat qilib, fransuzlarning chap qanotini o’rab ola 
boshladi. Fransuzlar o’zlarining chap qanotlarini tezlik bilan qayta guruhlashga 
kirishdilar. Fransuz armiyasi chap qanoti boshida Fransiyaga olib kelingan 80 
ming kishilik ingliz ekspeditsion korpusi harakat qilmoqda edi. 
21- avgustda Germaniyaning asosiy kuchlari Fransiya kuchlari va ingliz 
ekspeditsion korpusi bilan Belgiya-Fransiya chegarasida to’qnashdi. Kuch jihatdan 
germanlar ustun edi. Shelda va Mozel daryolari oralig’ida 250 kmlik front bo’ylab 
boshlangan va tarixda “chegara jangi” deb nom olgan jang 25- avgustgacha davom 
etdi va ittifoqchilar ya’ni fransuzlar va inglizlarning chekinishi bilan tugallandi. 
Germaniya bosh qo’mondonligi “chegara jangi” dan so’ng, fransuzlar tor-
mor qildi va G’arbdagi urush Germaniya foydasiga hal bo’ldi, deb hisobladi. 
Aslida esa fransuz armiyasi mutlaqo tor-mor qilinmagan edi va u o’z kuchlarini 
qayta guruhlab, qarshi hujumga tayyorlanmoqda edi. 27- avgustda german 
armiyasi yana hujum boshladi. O’ng qanotdagi armiyalarga fransuz armiyasining 
chap qanoti chuqur kirib borib, ularni uzil-kesil tor-mor qilish vazifasi topshirilgan 
edi. 
Biroq, bu vazifa bajarilmay qoldi. German qo’shinlarining o’ng qanoti 
dushmanning qarshiligini yengib, fransuzlar chap qanotini o’rab olishga qodir 
bo’lmay qoldi. Ko’p talofat berilishi va ayniqsa ikkita korpusning Sharqiy frontga 
jo’natilishi natijasida german qo’shinlari ancha zaiflashib qoldi. Ular o’ng qanotni 
Parij tomonidan hujum qilib kelayotgan fransuz kuchlarining zarbasi ostida 
qoldirib,frontni qisqartirishga va Parijdan sharqroqda hujum boshlashga majbur 
bo’ldilar. 
4-sentyabr kuni kechqurun nemis qushinlari Parijning janubiy sharqidagi 
Marva daryosiga chiqib,undan kechib o’ta boshladilar. 
5-sentyabr kuni tong paytida fransuz va inglizlar qat’iy qarshi hujumga 
o’tdilar 1-nemis armiyasining o’ng qanotiga to’satdan zarba berildi va 1-german 


133 
armiyasi bilan 2-german armiyasi o’rtasida 50 kmlik bo’shliq paydo bo’lib, uni 
faqat otliq askarlar to’sib turgan edi. Bu bo’shliqqa ingliz ekspeditsion korpusi va 
fransuzlarning 5-armiyasining bir qismi yorib kirdi. German qo’shinlari 
qanotlardan o’rab olish xavfidan qutulish uchun 9-sentyabr ertalab Marva 
daryosining o’ng qirg’og’iga chekiningga majbur bo’ldilar. Shu kuni kechqurun 
german o’ng qanotidagi beshta armiyaning hammasi shimoliy-sharq tomon Yeva 
daryosiga chekindi. 
Marva daryosidagi jangda Germaniyaning Fransiyani yashin tezlikda tor-
mor keltirishni ko’zda tutgan reja barbod bo’ldi. Marvadagi janglar yakuni 
Germaniyani yashin tezligidagi urushdan voz kechishga olib kelgan edi, buning 
esa Gsrmaniya uchun halokatli ekanligi ravshan bo’lib qolgan edi. Shliffen 
g’oyasiga asoslangan german operativ rejasi to’la muvaffaqiyatsizlikka uchragan 
edi. Mag’lubiyatga uchrashning asosiy sababi rejaning avantyuristik tarzda 
tuzilganligi edi, german imperializmi o’z kuchiga ortiqcha baho berib va 
dushmanlari kuchiga yetarli baho bermay, real imkoniyatlarga javob bera 
olmaydigan maqsadlarni ko’zda tutgan edi. German armiyasi mag’lubiyatga 
uchraganligining eng muhim sabablaridan biri shu bo’ldiki, urushning dastlabki 
haftalarida G’arbiy va Sharqiy frontlar bir-biriga bog’langan holda jang qila 
boshladi hamma ittifoqchilar Fransiyani qutqarish uchun va dushmanlarni yakka-
yakka holda yashin tezligida tor-mor keltirishga qaratilgan german rejasini barbod 
qilish uchun Rossiya juda katta qurbonlar berdi. 
Rus qo’shinlarining Sharqiy Prussiyadagi muvoffaqiyatsiz, lekin Antantani 
qutqarib qolgan hujumi bilan bir vaqtda Ruminiya bilan Pol’shada katta-katta 
janglar bo’ldi, unda rus qo’shinlariga qarshi Avstriya-Vengriyaning asosiy kuchlari 
turardi. 
23-avgustdan boshlab Pol’shada rus va Avstriya-Vengriya armiyalarining 
katta muqobil janglari boshlandi. Bu janglar sentyabrning boshida Avstriya-
Vengriya qo’shinlarining mag’lubiyati bilan tugadi. Ayni bir vaqtda Janubiy-
G’arbiy frontdagi rus armiyalari dushmanning qarshiligini yengib, muvoffaqiyatli 
ravishda olg’a siljidilar va 3-sentyabrda Lyuvovga kirib bordilar. 


134 
Sentyabr oyining oxirida german armiyalari Avstriya-Vengriya armiyalari 
bilan birgalikda Karpat tog’ etaklaridan Bzura daryosining yuqori oqimigacha 
cho’zilgan keng front bo’ylab urush boshladi. Urushning manyor qilish davridagi 
eng yirik janglardan biri bo’lgan bu Varshava-Ivangorod operatsiyasi rus 
qo’shinlarining g’alabasi bilan tugallandi. Biroq ular to’p o’qlari yetishmaganligi 
sababli erishilgan g’alabani davom ettira olmadilar. 
Yevropada urush boshlanishi bilan uzoq Sharqda yapon imperializmi uchun 
qo’lay sharoit vujudga keldi. Yaponiyaning Xitoyni bosib olishdagi raqiblari 
bo’lgan imperialistik davlatlar urush bilan band bo’lganliklari uchun yaponlarga 
bosqinchilik rejalarini amalga oshishga halaqit berolmadilar. 
Yaponiya bu vaziyatdan foydalanib 15-avgustda Germaniyaga ultimatum 
topshirdi va unda Xitoydan “ijaraga olingan” Szyao-Chjau hududini go’yo 
keyinchalik Xitoyga kaytarish uchun, Yaponiyaga berishni talab qildi. Germaniya 
bu talabni qondirishdan bosh tortdi va 23-avgustda Yaponiya Germaniyaga urush 
e’lon qildi. 
Sentyabr oyining boshlarida Yaponiya bilan Angliya birlashib Sindao 
kal’asini qamal qilishga kirishdilar. Bundan oldinroq Yaponiya Germaniyaga 
qarashli Marshal, Korolin va Marian orollarini egallab olgan edi. 
7-noyabrda Sindao qal’asi taslim bo’ldi. Yaponiyaning 1914–1918-
yillardagi urushda qatnashishi ana shular bilan cheklangan edi. 
Biroq, Yaponiyaning bu urushda “qatnashishi” unga xitoylarning juda boy 
Shandun’ viloyatini bosib olishga, Xitoyning o’sha vaqtdagi sotqin reaksion 
hukumati ustidan nazorat o’rnatishga, Tinch okeanining G’arbiy qismida urush 
vaqtida mutloq xo’jayin bo’lib olishga va bundan tashqari, Xitoy bilan savdo qilish 
hamda ittifoqchilarga qurol sotish orqasidan 100 millionlab foyda olishga imkon 
berdi. 
1914-yil 2-avgustda Konstantinopolda Germaniya bilan Turkiya o’rtasida 
ittifoq to’g’risida maxfiy bitim tuzildi, bu bitimga binoan, Turkiya markaziy 
davlatlar tomonida turib urushga qatnashish majburiyatini oldi. Germaniya rus 
Zakavkaziyasi va Shimoliy Kavkazni, Bolqondagi turklar qo’lidan ketgan 


135 
hududlarning bir qismini, Egey dengizidagi orollarni Turkiyaga qo’shib berishga 
va unga pul kontributsiyasi olib berishga majbur bo’ldi. 
Turkiya suvlariga “Geben” va “Breslau” kemalarining kelishi bilan Qora 
dengizdagi harbiy flotlar nisbatida Rossiyaning kuchi zaiflashdi. Bu esa turk 
hukumatining Anvar poshsho boshchiligidagi eng avantyurist va urushqoq qismiga 
Germaniya ta’sirni mustamkamlash va uni o’ziga bo’ysundirish imkoniyatini 
berdi. Turkiya Antanta hukumatlarn bilan muzokaralar olib borayotgan paytda, 
general Lifan fon Sanders Turkiyaning urush rejasini tuzib tamomladi. Bu reja 
bo’yicha Misrni va Kavkazni bosib olishni, ruslar bilan inglizlarni Erondan haydab 
chiqarishni ko’zda tutgan edi. Bu o’z navbatida, Eronning german imperializmi 
tomonidan asoratga solinishi uchun sharoit yaratib berishi lozim edi. Turklar 
safarbarlikni tamomlagandan so’ng, urush e’lon qilmay turib harbiy harakatlarni 
boshlab yubordilar. 
1914-yil 
29-oktyabrda 
“Geben” va “Breslau” Xeodasiya hamda 
Sevastopolni to’pga tutdilar, turk kemalari Odessa, Novorossiysk, Kerch yonida 
paydo bo’lib, bir necha rus kemalarini g’arq qildilar. Turkiya bilan Antanta 
davlatlari o’rtasidagi urush ana shu tarzda boshlangan edi. Sekin-asta yangi 
frontlar: Kavkaz, Mesopotamiya, Falastin-Suriya frontlari vujudga keldi. 
Turkiya o’z dushmanlariga qarshi yarim millionga yaqin soldat qo’yib, 
Yevropadagi asosiy frontlardan 500 mingdan 800 minggacha rus va ingliz 
askarlarini o’ziga jalb qildi. Rossiya-Turkiya fronti Zakavkazyada katta 
ahamiyatga ega bo’ldi, Saraqamish yonida 9-dekabrdan 24-dekabrgacha davom 
etgan jangda 3-turk armiyasi son jihatdan ancha kam bo’lgan rus qo’shinlari 
tomonidan tor-mor qilindi. Turklarning Eron Ozorbayjonida erishgan dastlabki 
muvaffaqiyatlari ham rus qo’shinlari tomondan Tabrizning olinishi bilan tugatildi. 
Ikkala koalitsiya o’rtasida diplomatiya kurashi boshlangan paytdan 
Bolgariyani urushga tortish masalasi muhim o’rin egallagan edi, ammo bu kurash 
har qaysi tomon uchun bir xil sharoitda o’tmadi. Bolgariyaning podsho Ferdinand 
va Rodoslavov boshchiligidagi hukmron to’dasi urushning boshidanoq Germaniya 
va Avstriya-Vengriya bilan Rossiyaga va Serbiyaga qarshi kurashmoq uchun til 


136 
biriktirgan edi. Bolgariya hukumati o’z hududidan qurol-aslaha ortilgan 
transportlarni Turkiyaga o’tkazib turdi va o’zining chet ellardagi diplomatik va 
harbiy razvetkasini Antanta mamlakatlardagi ahvol to’g’risida Germaniyaga 
axborot berib turuvchi manbaga aylantirdi. 
15 oy davomida Germaniyaga va uning ittifoqchilariga yashirin ravishda 
yordam berib turgan Bolgariya rahbarlari muzokaralar olib borishdan qaytmadilar. 
6-sentyabrda Avstriya – Bolgariya – Germaniya o’rtasida ittifoq to’g’risida 
shartnoma imzolandi va bu shartnoma Avstriya-Germaniya-Turkiya blokini “To’rt 
davlat ittifoqi”ga aylantirdi. 
Sentyabr oxiriga kelib, Bolgariya Serbiya chegarasida 300 mingga yaqin 
qo’shin to’pladi, Serbiya-Avstriya chegarasida 350 ming Avstriya va Germaniya 
qo’shini to’plab qo’yildi. Serbiya mag’lubiyatga uchragach, german diviziyalari 
Serbiyadan Vengriyaga ko’chirildi. Avstriya-Vengriya qo’shinlari 1915- yilning 
qishida Chernogoriya va Albaniyaga hujum qilishni davom ettirib, bu 
mamlakatlarini okkupatsiya qildilar. 
1915-yilning oxirida Gretsiyaning urushda qatnashishi aktual masala bo’lib 
qoldi. Venizelos boshchiligidagi liberal partiya Gretsiyaning Antanta tomonidan 
urushga kirishishiga tarafdori edi. Yunon burjuaziyasining Antanta tarafdorlari 
bo’lgan Konstantinopolni da’vo qilishigacha borib yetdi. Bu hol Angliya va 
Fransiya diplomatiyasini Rossiyaning achchig’ini chiqarib qo’ymaslik uchun 
ehtiyotkorlik bilan ish ko’rishlariga majbur qildi. 
Venizelos hukumatini Gretsiyaning ma’lum tortiq evaziga Aptanta tomonga 
o’tish to’g’risida Antanta bilan kelishay deb turgan paytida korol Konstantin 1915-
yilning martida Venizelosni iste’foga chiqarib, parlamentni tarqatib yubordi. 
Venizelos Salonikida Antanta ko’magi bilan o’z hukumatini tuzdi. 1917-
yilning oxirida Gretsiya Venizelos qo’l ostiga birlashtirilib, Antanta tomonida 
urushga kirdi. 
Ittifoqchi davlatlar bosh shtablari vakillarining Shaptiyda 1915-yil dekabrda 
bo’lib o’tgan konferensiyasi 1915-yilda asosiy frontlarda ittifoqchi armiyalarining 


137 
muvofiqlashib olib bormagan harakatlarini nazarga olib ittifoqchilarning 1916-
yilda harbiy operatsiyalar olib borishga oid umumiy rejasini tasdiqladi. 
1916-yil 21- fevralda german qo’shinlari Verden mudofaachilari ustiga 
mislsiz darajasida ko’p cho’yan, po’lat, yondiruvchi snaryadlarni, zaharli moddalar 
yog’dirdi. Shunga qaramay Verden qutqarib qolindi. 
1916-yilda Germaniya zo’r berib dengizda g’alaba kozonishga urinib ko’rdi. 
Germaniyaning suv usti floti ochiq dengizga chiqishga jur’at qila oldi. 1916-yil 31- 
mayda german qo’mondonligi Gsrmaniyani bo’g’ib turgan dengiz qamalini yorib 
o’tishga va ochiq dengizda ingliz flotiga hal qiluvchi zarba berishga urinib ko’rdi. 
1916-yil 15-mayda Avstriya-Vengriya Tirolda ital’yan armiyasiga qarshi katta 
hujum boshladi. Avstriya armiyasining Venetsiya tekisligiga yorib chiqish va 
Izonsodagi italyan armiyasining orqasida paydo bo’lib qolish xavfi bor edi. 4-
iyunda rus Janubiy-G’arbiy frontining qo’shinlari Avstriya Vengriya armiyalariga 
qarshi katta hujum boshladilar. 
Ruslarning Janubiy-G’arbiy fronti o’tkazgan hujum operaniyasi butun jahon 
urushi davomidagi eng muhim voqealardan bo’ldi va urushning yakuniga juda 
katta ta’sir ko’rsatdi. Frontlardagi muvafaqiyatsizliklar german oliy qo’mondonligi 
sostaviga ikkinchi marta o’zgarish yasashga olib keldi. 1916-yil avgustda general 
Falkengeyn iste’fo berdi, o’rniga general-feldmarshal Gindenburg tayinlandi, ayni 
vaqtda general-kvartermeyster vazifasiga general leteynant Lyudendorf tayinlandi. 
Bu generallar Germaniya barcha qurolli kuchlarini oliy qo’mondoni edilar. Shu 
ikki general uch yillik urush davomida holdan toygan mamlakatni haddan tashqari 
zarar ko’rishga majbur kildilar. 
1914-yil 1-oktyabrda Rossiya Ruminnya bilan maxfiy bitim tuzdi, bu 
bitimga ko’ra Rossiya Ruminiya territoriyasini daxlsizligini kafolatladi va 
“Ruminiya istagan paytda Avstriya-Vengriya monarxiyasining ruminlar 
yashaydigan viloyatlarni qo’shib olish huquqiga ega ekanligini e’tirof qildi” 
Ruminiya buning evaziga Rossiyaga nisbatan xayrihohlik betarafligini saqlashga 
va’da berdi. 


138 
1916-yilda rumin armiyasining jangovorlik kuchi yetarli emasligini to’g’ri 
baholagan rus qo’mondonligi ittifoqchilar uchun Ruminiyaning betaraf bo’lib 
turishi muhimroq deb hisobladi. 
1916-yil 17-avgustda Ruminiya Antanta davlatlari bilan bitim tuzdi, unga 
ko’ra Ruminiyaning Transilvaniya, butun Bukovinani va Banatni qo’shib olish 
huquqini e’tirof qildi. 
Ruminiya 1916-yil 27-avgustda Avstriya-Vengriyaga urush e’lon qilindi. 
Ruminiya armiyasi Transilvaniyaga bostirib kirdi, biroq 6-sentyabrdayoq bolgarlar 
Dobrujada ruminlarni jiddiy mag’lubiyaga uchratdilar. 
Sentyabr oyining oxirida Avstriya-Germaniya armiyasi Transilvaniyada 
shiddatli hujum boshlab, ruminlarni siqib chiqardi. 1916-yil 6-dekabrida nemis 
qo’shinlarni Buxarestni egalladilar, rumin armiyasining qolgan qismi Moldaviyaga 
chekindi. 
Ruminiya territoriyasining ko’p qismi okkupatsiya qilinganligi Avstriya 
bilan Germaniyaning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini bir muncha qondirdi. Bundan 
tashqari Germaniya suv ostida va xavoda urushni kengaytirish uchun rumin neftiga 
ega bo’lib oldi. Urush barcha davlatlarning iqtisodiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. 
Urush ba’zi bir mamlakatlarning xo’jaligini xonavayron qilib, ularni ko’p yil 
orqaga uloqtirib tashladi. 
Faqatgina ikkita davlat urushdan hammadan ko’p foyda ko’rib qoldi. 
Bulardan biri 1917-yilda urushga kirgan AQSh va Yaponiya edi. 1914-yilga qadar 
jahon bankirlari bo’lgan va moliya zanjiri bilan butun dunyoni o’rab olgan 
Angliya, Fransiya va Germaniya urush-yillarida chet ellardagi o’z kapitallaridan 
ko’pini yo’qotdilar. 
Urushdan avval Yevropa kapitalistlaridan qarzdor bo’lib yurgan AQSh, 
Angliya, Fransiya, Italiya va boshqa Yevropa mamlakatlariga qarz beruvchi 
davlatga aylandi, kapitalistik dunyoning markazi bo’lib qoldi. Ingliz floti 
urushning dastlabki xaftalaridan boshlab markaziy davlatlarni, keyinroq esa 
ularning ittifoqchilarini qamal qilib, bularni jahonning xom-ashyo va oziq-ovqat 
manbalaridan uzib qo’ydi, Germaniya ham o’z navbatida suv osti urushi vositasi 


139 
orqali Antanta mamlakatlarini qamal qilishga urindi va ularning juda ko’p 
mustamlakalari bilan aloqasini qiyinlashtirib qo’ydi. 
1914–1918-yillardagi urush ba’zi mustamlaka va yarim mustamlakalar 
iqtisodida muhim o’zgarishlar yuz berishga olib keldi. Urushda katnashayotgan 
davlatlarning sanoati faqat urush ehtiyojlarini qondirishgagina xizmat qildi. 
Hamma urushayotgan davlatlarning hukumatlari mavjud yoqilg’i, xom-
ashyoni asosiy iste’mol buyumlari va oziq-ovqat zaxiralarini taqsimlashni o’z 
qo’liga oldi. Armiyaning oziq-ovqat, qurol aslaxalar bilan uzluksiz ta’minlab 
turilishiga erishish uchun barcha hukumatlar xo’jalik hayotini tartibga solib turish 
va nazorat qilish sohasida qattiq tizim joriy qildilar. 
Urushning uchinchi-yilidagi harbiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat bironta 
koalitsiyaga ham tez va xal kiluvchi g’alabaga erishish imkonini bermadi. Odam 
resurslari va iqtisodiy resurslarning kamayib borayotganligi barcha urushuvchi 
davlatlarda, ayniqsa markaziy davlatlarda juda sezilib qoldi. 1916-yilning oxirida 
Antanta mamlakatlari armiyasida 25 millionga yaqin kishi, Markaziy davlatlar 
armiyasida esa 15 millionga yaqin kishi bor edi. 
Qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish juda ham kamayib bormokda edi. 
1916-yil 12-dekabrda Germaniya hukumati o’z nomidan va o’z ittifoqchilari 
nomidan dushman guruhidagi davlatlarning hukumatlariga sulh haqida 
muzokaralar boshlashni taklif qildi. 
Shu yil oxirida betaraf mamlakatlar – AQSh, Shveytsariya, Norvegiya, 
Daniya, Shvetsiya hukumatlari ham urushayotgan davlatlarga sulh muzokaralari 
boshlashni taklif qilib chiqdilar. 
Urush olib borishning inson sha’niga zid metodlaridan biri german suv osti 
flotining dushman va betaraf mamlakatlarning savdo kemalariga qarshi harakati 
bo’ldi. 1914-yildayoq Germaniya suv osti kemalari Antantaning savdo kemalarini 
ogohlantirmay turib, g’arq qilib, kemalar ekipaji va yo’lovchilarini cho’ktira 
boshlagan edi. 1915-yil fevralda nemis suv osti kemasi inglizlarning “Luzitaniya” 
degan katta kemasini g’arq qildi, natijada ming kishi halok bo’ladi. 


140 
1917-yil 9-yanvarda Germaniya imperiyasining monarxiya kengashi bir 
qarorga keldi va Germaniya 1-fevraldan cheksiz suv osti urushini boshlab yubordi. 
AQSh hukumati urushga aralashish yo’lini qidirib, 1916-yil dekabr – 1917-
yil yanvarda urushayotgan ikkala guruh hukumatlari bilan diplomatik muzokaralar 
olib borishga kirishdi. Germaniya hukumati o’zining sulh haqidagi shartlarini 
maxfiy ravishda Vilsonga topshirdi. Bu shartlarda bosqinchilik talablari 
qo’yilgandi. Ana shu bilan birga Germaniya 1-fevraldan betaraf davlatlar 
kemalariga qarshi ayovsiz urush boshlash haqida AQShni ogohlantirdi. Bu holat 
AQSh va Germaniya o’rtasidagi diplomatik munosabatlarni uzish uchun baxona 
bo’ldi. 
1917-yil 6-aprelda AQSh Germaniyaga urush e’lon qildi. Cheksiz suv osti 
urushining dastlabki oylarida inglizlarning ko’rgan talofoti juda katta bo’ldi. 1917-
yil aprelida nemis suv osti kemalari tomonidan umumiy hajmi 870 ming tonna 
bo’lgan kemalar g’arq qilindi. Lekin kemalarni himoya qilish uchun inglizlar 
tomonidan o’ylab topilgan metodlar ular ko’rayotgan talofotning oydan-oyga 
kamayishiga olib keldi. Ular savdo kemalariii harbiy kemalar bilan himoya qilib 
olib o’tishardi. 
1917-yil oxiriga kelib ham suv osti urushi ittifoqchilarga ancha moddiy 
talofot keltirdi, lekin dushmanning suv osti kemalari ittifoqchilarning kemalari 
uchun ilgarigidek xalokatli xavf keltirmaydigan bo’lib kolgandi. 
German generallari va admirallari “inglizlarni ocharchilikka mahkum etib 
nobud qilishga” qaratilgan yovuz niyatlarini amalga oshira olmadilar, ammo 
ocharchilikning qattiq panjalari nemis xalqining bo’ynidan bo’g’ib kelmoqda edi. 
German imperialistlari Sharqiy Yevropada juda katta hududlarni bosib 
olganlaridan keyin, ular endi urushda uzil-kesil yutib chiqdik hamda Germaniya 
Rossiyaga va Ruminiyaga qanday “nemis sulhi”ni majburan qabul qildirgan bo’lsa, 
G’arbiy davlatlarga ham xuddi shunday “nemis sulhi”ni majburan qabul qildira 
olamiz, deb ishongan edilar. 1918-yil mart oyining o’rtalarida Germaniyaning 
G’arbiy frontda 181 ta piyoda askarlar diviziyasi va uchta alohida brigadasi bor 
edi. Hal qiluvchi janglar jarayonida G’arbiy frontdagi german diviziyalarining soni 


141 
boshqa frontlardan kelgan diviziyalar hisobiga 205 taga yetdi va ittifoqchilarning 
armiyalari esa 21-martda 171 ta piyoda askarlar diviziyasiga ega edi. Biroq, 
nemislarning 10 yoki 34 ta diviziyasining ortiqligi G’arbiy frontda endi hal 
qiluvchi rol o’ynay olmas edi. 
German bloki mamlakatlarining ahvoli juda mushkul edi. Aholi och edi. 
Armiya barcha zarur narsalardan qiynalmoqda edi. Germaniya iqtisodiy jihatdan 
darmoni qurigan edi. Mehnat unumdorligi juda pasayib ketgan edi, yoqilg’i va 
muhim xom-ashyo turlari yetishmas, transport izdan chiqqan, odam rezervlari 
tugay deb qolgan edi. Urush tufayli juda charchagan xalqning ko’pchilik qismi, 
birinchi navbatda ishchilar ommasi nemis imperiaistlarining bosqinchilik 
maqsadlarini ko’zlab, urushning cho’zib yuborganligidan g’azablanmoqda edilar, 
mamlakatda juda keskin inqilobiy inqiroz tez yetilib kelmoqda edi. 
Avstriya-Vengriya armiyasida soldatlar och, yalang’och va yalang oyoq 
bo’lib, ular jangga qodir emas edilar. Avstriya-Vengriyadagi ezilgan xalqlarning 
milliy ozodlik harakati tobora avj olmoqda edi. Turkiya bilan Bolgariya yanada 
og’ir ahvolda edi, ular haddan tashqari holdan toygan ediki, bolgar armiyasida esa 
urushga qarshi harakat kuchayib ketgan edi. 
“To’rtlar ittifoqi”ning a’zolarini hali ham nemis qurolining g’alaba qilishga 
bo’lgan umid uchquni ma’lum darajada saqlab turgani uchun bu ittifoq ham 
tarqalib ketmagan edi. German armiyasi hali jangovarlik qobiliyatiga ega bo’lsada, 
lekin, uning saflarida ham g’ulg’ula va bundan buyon kurashning befoydaligini 
anglash kayfiyati kuchaymoqda edi. 
Urushning to’rtinchi yilida Angliya, Fransiya va Italiyaning ham iqtisodiy va 
oziq-ovqat bilan ta’minlanishi sohasidagi ahvoli og’ir bo’lsa ham, lekin ular 
holdan toyadigan darajada emas edi. Bu mamlakatlarning ayniqsa, Italiyaning 
aholisi anchagina qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan bo’lsada, ammo 
ochlikning nimaligini bilmasdi. Suv osti urushi tufayli mustamlakalar bilan 
aloqalar qiyinlashib kolgan edi, biroq Angliya bilan Fransiya mustamlakalardan 
strategiya xom-ashyosi, oziq-ovqat, ish kuchi va soldatlar olishni davom 
ettirmoqda edi. 


142 
Harbiy texnika, artilleriya soni, tanklar va aviatsiya jihatidan Angliya, 
Fransiya va AQSh armiyalari endi german armiyasidan ancha ustun edi. AQSh 
juda katta iqtisodiy va odam resurslari bilan, qudratli sanoat apparati va moliya 
vositalari bilan Angliya va Fransiyaga yordam berib turdi. 
Shunga qaramay, qo’shinlarning soni haqidagi masala Fransiyada juda 
keskin va Angliyada g’oyat jiddiy masala edi, chunki bu vaqtda Antanta 
Germaniyaning frontdagi askarlari soniga teng keladigan askarlarni yubora olmas 
edi. 1918-yil martda Fransiyada hammasi bo’lib 329 ming amerikalik soldat bor 
edi. Ulardan bittagina diviziya frontda bo’lib, qolganlari front orqasida ta’lim 
olishni tamomlayotgan edi. Lekin Antanta armiyalari ko’paya bordi, iyul oxirida 
Fransiyadagi amerikalik soldatlar soni 897 ming kishiga yetdi, shu sababli oldingi 
qatorlardagi amerikalik soldatlar soni doimo ko’payib bordi. Germaniyada esa 
soldatlar soni kamayib bordi, madad kuchlari esa tugay deb kolgan edi. 
German qo’mondonligi G’arbiy frontda Amerika katta armiyasining ishga 
solinishiga qadar ingliz-fransuz qo’shinlarini tor-mor qilishga shoshilib, 1918-
yilning mart-iyul oylari ichida to’rt marta hujum uyushtirdi: 21-martdan – 4-
aprelgacha Arras va La-Fer urtasidagi front uchastkasida ingliz armiyasiga qarshi, 
9-apreldan 1-maygacha Flandriyadagi Lis daryosi rayonida ingliz armiyasiga 
qarshi, 27-maydan 5-iyungacha Zia va Uaza daryolari qirg’oqlari bo’ylab Shmen-
de-Dam hududiga 15-iyuldan – 17-iyulgacha Shampanda va Marna daryosida 
fransuz armiyasiga qarshi hujum qildi. Ana shu hujumlarning har birida german 
armiyasi yuz minglab kishilardan mahrum bo’lish hisobiga dushman frontini yorib 
o’tib, taktik yutuqqa erisha oldi. Nemis qo’shinlari uchinchi hujum natijasida 
ya’ni, Marna daryosi rayoniga chiqdilar va Parijdan atigi 70 km masofada turib, 
uzoqqa otadigan to’plardan Parijni to’pga tutdilar. Lekin nemis qo’shinlarining ana 
shu barcha taktik yutuklari vaqtincha yutuklar bo’lib, Antanta qo’shinlarini tor-mor 
qilishdan iborat strategik vazifani hal qila olmadi, urushniig borishini german 
qo’mondonligining so’ngi odam rezervlari sekin-asta tugay bordi, Antanta 
armiyalarining moddiy texnika jihatidan to’la ustunligi namoyon bo’ldi, hamda 
nemis soldatlarining jismoniy va ma’vaviy kayfiyatiga batamom putur yetdi. 


143 
Ayni zamonda yuz bergan juda katta xavf Antanta ittifoqchilarining yagona 
qo’mondoiligini tuzish masalasidagi kelishmovchiliklarni tezda bartaraf qilishga 
va general Foshni barcha ittifoqchi armiyalarning bosh qo’mondoni qilib tayinlash 
to’g’risida kelishib olishga majbur qildi. 
1918-yil iyulga kelib tinka madori qurigan va ruhi tushgan german armiyasi 
endi hujum qilishgagina emas, balki uzoq muddatli mudofaaga ham qobiliyatsiz 
bo’lib qolgan edi. 
1918-yil 18-iyulda Fransuz armiyasi nemis qo’shinlariga qarshi zarba berdi 
va avgust oyi boshlariga kelib, 1918-yil may-iyun oylarida nemislar tomonidan 
bosib olingan hududlarning katta qismini qaytarib oldi. Shundan keyin, 1918-yil 8-
avgustda ittifoqchilar Aleven yonida nemis qo’shinlariga zarba berdilar. Sentyabr 
oyining o’rtalarida San-Miyel yonida yangi zarba berildi, oyning oxirida esa 
Antanta armiyalari umumiy hujumga o’tdi va 1918-yil 8-avgustdan – 8-
sentyabrgacha o’tgan bir oy ichidagina ittifoqchilarning armiyalari 150 mingdan 
ortiq nemis soldat va ofitserlarini asirga oldilar, 2000 dan ortiq to’p va 13 mingta 
pulemyotni qo’lga tushirdilar. Dushmanning g’alabalari german qo’shinlarining 
ichidan buzilishini va ularning inqiloblashuvini tezlashtirdi, nemis soldatlari 
qo’mondonlikka itoat qilmay boshladilar. 
German armiyasining oliy qo’mondonligi urushda uzil-kesil yutqazganligini 
hukumatdan va Reyxstagdagi siyosiy partiyalardan yashirishni davom ettirdi. 
Aksincha, oliy qo’mondonlik g’alaba qilayotganligi haqida jar solaverdi. 
Faqat sentyabr oxiridagina Lyutendorf bilan Gindenburg, german armiyasi 
bundan buyon qarshilik ko’rsata olmaydi, deb tan oldilar. Gindenburg va 
Lyutendorf urushni davom ettirish armiyaning asirga tushib qolishga yoki 
urushning Germaniya hududiga kuchirilishiga olib borishi mumkinligini ko’rsatib, 
hukumatdan juda shoshilinch ravishda vaqtincha yarash akti tuzilishiga erishishni 
talab qildilar. 
1918-yil 30-sentyabrda Germaniyada liberal shahzoda Maks Badenskiyning 
yangi “parlament” hukumati tuzildi. Bu hukumatga sotsial-demokratlar ham kirgan 
edi. German imperialistlari va sotsial-shovinistlarining fikricha, bu siyosiy nayrang 


144 
ularning dushman bilan olib boradigan muzokaralarini yengillashtirish va Kayzer 
imperiyasini saqlab qolishi kerak edi. 
Shahzoda Badenskiyning hukumat tarkibida sotsial shovinist Sheydeman 
bilan Bauer muhim rol uynagan “parlament” hukumati Sharqda bosib olingan 
hududlarni qo’lda saqlab qolish, mamlakat ichida kuchayib borayotgan inqilobni 
bostirish va Germaniyada monarxiyani saqlab qolishni o’z oldiga vazifa qilib 
qo’ygan edi. Maks Badinskiy va sotsial-demokrat liderlar Gogentsolerlar 
dinastiyasini saqlab qolish va vaqtincha yarashning maqbul shartlariga erishish 
uchun boshqa iloj topolmay qolgan takdirda, Vilgelm II va shahzodaning taxtdan 
voz kechishiga ham rozi edilar. 
Yangi hukumat 4-oktyabrda prezident Vilsonga nota yuborib, “bundan keyin 
qon to’kilishiga yo’l qo’ymaslik uchun” vaqtincha yarash sulhi tuzishni iltimos 
qildi va Germaniya “Vil’sonning 14 sharti” asosida sulh tuzishga rozi ekanligini 
bildirdi. 
Berlin bilan Vashington bir-biriga notalar yozdilar. Vilgelm II 
chetlashtirilmaguncha va Germaniyaning oliy qo’mondonligi siyosiy hokimiyatga 
itoat ettirilmaguncha ittifoqchilar rasmiy muzokaralar olib borishga rozi emas, deb 
aniq sezdirib qo’ydi. 26-oktyabrda Lyutendorf chetlashtirildi. 
Vil’gel’m II poytaxtda turishni o’zi uchun xavfli deb hisoblab, 30-oktyabrda 
Gindenburg qarorgohiga jo’nab ketdi. G’oliblar german armiyasi tor-mor 
keltirilganligiga, Germaniyada esa inqilob boshlanib ketishi mumkinligiga ishonch 
hosil qilish bilan, ular endi urush qilish haqida emas, balki Germaniyadagi 
inqilobni bostirish haqida o’ylay boshladilar. Ittifoqchilar tayyorlab qo’yilgan 
hujum janglarini boshlashdan voz kechdilar, bu janglar butun german armiyasini 
asirga olish bilan tugallanishi lozim edi. Ittifoqchilar german armiyasini saqlab 
qolishga qaror qildilar, chunki Kayzer armiyasini Germaniyadagi inqilobni 
bostirish uchun zarur bo’lgan armiya deb hisobladilar, Ular german armiyasi qo’li 
bilan “bolshevizmni yo’q qilish” Rossiyadagi sovet hokimiyatini bo’g’ib tashlash 
uchun ham shu armiyadan foydalanmoqchi edilar. 


145 
Vaqtincha yarash haqida muzokaralar olib borilayotgan bir paytda 
Germaniyaning ittifoqchilari urushayotgan davlatlar safidan birin-ketin chiqib keta 
boshladilar. 
Bolgariya 1918-yilning ikkinchi yarmida og’ir iqtisodiy va siyosiy inqirozni 
boshidan kechirmoqda edi. Mamlakat xo’jaligi butunlay izdan chiqqan edi. Xalq 
ommasi va armiya och bo’lib, hamma zarur narsalarga muhtoj edi. Bolgar 
urushqoq harbiylari va burjuaziyasi bilan Bolgariyaning ittifoqchilari o’rtasidagi 
ziddiyatlar Germaniya bilan Ruminiyaning Dobrujasi uchun, Avstriya-Vengriya 
bilan Serbiyani bo’lib olish, Turkiya bilan sharqiy Frakiya uchun o’zaro ziddiyatlar 
juda ham keskinlashib ketgan edi. Germaniya Bolgar armiyasini qurol yaroq, urush 
aslaxa-anjomlari va ust-bosh bilan ta’minlamay qo’ydi. Och-yalang’och soldatlar 
ko’plab armiyadan qochar, ko’pincha polklarda soldatlarning urushga qarshi 
harakatlari bo’lib turardi. 
15-sentyabr kuni Salonikining ittifoqchi armiyasi bolgar armiyasining 
Dobropol rayonidagi asosiy kuchlariga qarshi hujum boshladi. Front yorib o’tilib, 
bolgar armiyasi qurshab olinib asir olindi. Bolgar qo’shinlari o’z yo’lini to’sadigan 
yunkerlar otryadlari va otliq gvardiyani uloqtirib tashlab, orqaga qocha boshladi. 
Soldatlar: “Sofiyaga boramiz” “Mag’lubiyatning aybdorlariga o’lim!” degan 
shiorlar bilan kecha boshladilar. Soldatlar Sofiyaga borayotib batalonlarga uyusha 
boshladilar. Germaniya Bolgariyadagi inqilobni bostirish va koburglar 
dinastiyasini saqlab qolish uchun Qrimdan Bolgariyaga qo’shinlar yubordi. 
Rodomirda respublika e’lon qilindi. Sofiyaga qarab borayotgan soldatlar 
boshlagan qo’zgolondan qo’rqib qolgan Bolgariya hukumati German bloki bilan 
munosabatlarini uzdi. 29-sentyabrda ittifoqchilar qo’mondonligi Bolgariyaga 
vaqtincha yarash shartlarini qabul qildirdi, bu shartlarga binoan, Bolgariya, 
Serbiya, Gretsiya va Ruminiyadan ishg’ol qilgan hamma hududlarini bo’shatib 
chiqib ketish majburiyatini oldi. Ittifoqchilarning armiyalari bolgar aloqa 
yo’llarining to’la xo’jayinlari bo’lib oldilar va parchalanib borayotgan Avstriya–
Vengriyaning bevosita oraqa tomoniga o’tib oldilar. 


146 
Bolgariyadan keyin navbat Turkiyaga keldi. 1918-yil oktyabrda turk 
armiyasi Falastin va Suriyada tor-mor qilingan edi. 31-oktyabrda Turkiya 
Mudrosda taslim bo’lish haqida inglizlar qabul qildirgan bitimni izmoladi. 
Ittifoqchilar Turkiyaning barcha temir yo’llari, portlari, suv yo’llariga xo’jayinlik 
qilish huquqini oldilar va bulardan sovet Rossiyasida intervensiyani kuchaytirish 
uchun foydalandilar. Avstriya-Vengriya monarxiyasi 1918-yil oktyabrga kelib 
mamlakat ichidagi keskin sinfiy va milliy kurashlar, frontlardagi uzluksiz zarbalar 
ostida larzaga kelib, parchalana boshladilar. To’la iqtisodiy vayronalik, ayrim 
o’lkalar o’rtasida xo’jalik aloqalarining uzilib kolganligi, ochlik, ichidan buzilib 
borayotgan okkupatsiyachi armiyaning Ukrainadan qochishi, Italiya frontidagi 
mag’lubiyat, Avstriya-Vengriya 
ittifoqchilarning 
frontlardagi 
mag’lubiyati 
bularning hammasi milliy ozodlik harakatini yangi bosqichga ko’tardi. Avstriya-
Vengriyadagi ezilgan millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi haqidagi 
shiorlarni amalga oshira borib, o’zlarining mustaqil siyosiy hayotini qurishga 
kirishdilar. 
1918-yil 14-oktyabrda Pragada umumiy siyosiy stachka boshlandi. Bu 
stachka butun Chexiyaga yoyilib, Avstriyaning hukumronligiga qarshi milliy 
ozodlik inqilobiga aylandi. Oktyabr oyining o’rtalarida serblar, xorvatlar va 
slovyanlarning milliy kengashi Zagrebda, Janubiy Slovyan yerlarining hududlarida 
hokimiyatni o’z qo’lida oldi. Bukovina xalqi qo’zg’olon ko’tarib, Chernovsida 
o’zining hokimiyat organi – xalq vechesini tuzdi, xalq vechesi 3-noyabrda 
Ukrainaga qo’shilishga qaror qildi. Butun Slovakiyada kuchli xalq harakati 
boshlandi. 
Butun Galitsiya inqilob o’t ichida bo’lib, Avstriya zulmini o’z yelkasidan 
uloqtirib tashladi. Xalq ommasi Galitsiyaning Sovet Ukrainasi bilan qayta qurishni 
talab qildi. Lekin ukrainaliklar burjua separatchi millatchilari bunga halaqit berish 
uchun G’arbiy Ukraina xalq respublikasini tuzdilar. 
28-oktyabrda Chexiyaning milliy kengashi Pragada Chexoslavakiyaning 
mustaqilligini e’lon qildi. 31-oktyabrga o’tar kechasi Budapeshtning qo’zg’olon 
ko’targan ishchilari barcha markaziy hukumat muassasalarini va Vengriya 


147 
poytaxtidagi strategik punktlarni qo’liga olib, butun mamlakatda, ya’ni ish tashlash 
e’lon qildilar. 
Vengriyada burjua demokratik inqilob g’alaba qozondi. Joylarda hokimiyat 
milliy kengashlar qo’liga o’tgandan keyin Avstriyadagi barcha sobiq podsholik 
o’lkalari Vena bilan aloqani uzdilar va o’zlaricha hayot kechira boshladilar. 
21-oktyabrdayoq Avstriya deputatlari o’zlarini Avstriyaning muvaqqat 
milliy majlisi deb e’lon qildilar. Barcha milliy hukumatlar frontdan qo’shinlarini 
chaqirib olishni talab qildilar. 
29-oktyabrda Avstriya-Vengriya flotining deyarli barcha kemalarida 
matroslar qo’zg’oloni bo’ldi. Avstriya-Vengriya imperializmining jangovar kuchi 
bilan harbiy dengiz floti tugadi, u Zagrebdagi janubiy slavyan milliy kengashi 
ixtiyoriga, dunay flotiliyasi esa Vengriyaga topshirildi. 
Avstriya-Vengriya imperiyasi milliy ozodlik inqilobining zo’r siquvi ostida 
alohida-alohida milliy davlatlarga bo’linib ketdi. Imperator Karlning bunday 
bo’linib ketishi reformalar yordamida to’xtatib qolish yo’lidagi urinish hech 
qanday natija bermadi. Ana shu sharoitda, 24-oktyabrda Italiya amalda bo’lak-
bo’lak bo’lib ketgan Avstriya-Vengriya armiyasiga qarshi o’zining oxirgi hujumini 
boshladi. 
Vengr, chex, janubiy slovyan, ukrain va rumin soldatlari oldingi qatorlarga 
o’tib jang qilishdan bosh tortdilar. Polklarda soldat deputlari sovetlari tuzildi. 
Avstriya-Vengriya armiyasi qo’mondonligi taslim bo’lganligi haqidagi hujjatga 
qo’l qo’ydi va qolgan qutgan armiyasini Italiya ixtiyoriga toshirdi. 
Vaqtincha yarashning shartlariga ko’ra, ittifoqchilar mamlakatning to’la 
huquqli xo’jayinlari bo’lib oldilar. Angliya-Fransiya-Italiya korpuslari endilikda 
Germaniyaga janubdan va janubiy sharqdan ham xaf sola boshladilar. 
Germaniya oliy qo’mondonligi o’zining avantyuristik siyosatini davom 
ettiraverdi. 30-oktyabrda Germaniyaning Kildagi harbiy eskadrasi dengizga chiqib, 
ingliz flotiga hujum qilish haqida buyruq oldi. Ana shu be’mani avantyuraga 
javoban matroslar 3-oktyabrda Kil shahrida qo’zg’olon ko’tardilar. 


148 
4-noyabrga kelib qo’zg’olon butun flotni qamrab olgan edi. Bu 
Germaniyada inqilobning boshlanishiga signal bo’lgan edi. Bir necha kun 
mobaynida inqilob butun mamlakatga yoyildi. Germaniya ishchilari Kayzer 
imperialistlariga qarshi kurashga otlandilar. 
Front orqasidagi qo’shinlar qo’zg’olon ko’targan xalq ommasi tomoniga 
o’tdi. Kayzer va oliy qo’mondonlikning boshlangan inqilobning frontdan chaqirib 
olingan diviziyalar yordamida bostirish yo’lidagi urinishlari barbod bo’ldi. 
Vil’gel’m II Gollandiyaga qochib ketdi. 
9-noyabrda Berlinda inqilob bo’lib, 10-noyabrda esa hokimiyat o’ng 
sotsialist-demokrat Ebert boshlik xalq vakillari soveti qo’liga o’tdi. Boshlangan 
inqilob eng qizib turgan 1918-yil 6-noyabrda Maks Badenskiy hukumati vaqtincha 
yarash ahdi tuzish uchun ittifoqchi qo’shinlar qo’mondonligiga shoshilinch 
ravishda delegatsiya yubordi. 
1918-yil 11-noyabrda marshal Fosh Kompen o’rmonidagi Retoid 
stansiyasida turgan o’z vagonida german delegatsiyasiga vaqtincha yarash 
shartlarini qabul qildirdi. Bu shartlarga ko’ra, Germaniya bosib olgan Fransiya 
departamentlarini Belgiyani, Lyuksemburgni va Reyn daryosining qirg’og’idagi 
german viloyatlarini 15 kun ichida bo’shatib chiqib ketish majburiyatini olgan edi. 
Germaniya Turkiyadan, Ruminiyadan va Avstriya-Ventriyadan shuningdek, 
Afrikadagi mustamlakalaridan o’zining barcha qo’shinlarini olib ketish 
majburiyatini oldi. 
Germaniya o’z qurol yarog’larining bir qismini 5 mingta parovoz, 150 
mingta vagon, 3 mingta yuk mashinasi va xokazolarni ittifoqchilarga berishi kerak 
edi.
Kompenda vaqtincha yarash ahdi imzolashi bilan birinchi jahon urushi 
tugadi. Bu urushda yarim milliard kishidan ortiq aholisi bo’lgan 38 ta mamlakat 
qatnashdi, urushga 74 million kishi safarbar etilgan edi. Bu bosqinchalik urushi 
tufayli insoniyat katta talofat ko’rdi. 10 million kishi o’ldirildi, 20 million kishi 
mayib-majruh bo’ldi. 


149 
Bu urush bevosita harbiy xarajatlar shaklida 208 milliard dollar miqdoridagi 
juda katta moddiy boyliklarni yutib yubordi. Nemis inqilobiy tarixchilari 
o’zlarining tadqiqotlarida, generallari va siyosatdonlar esa ko’pdan-ko’p 
yodnomalarida Germaniya, go’yo 1918-yil noyabrda yuz bergan inqilob natijasida 
mag’lubiyatga uchradi, deb inqilob go’yo g’olib Germaniyaning “orqasiga xanjar 
urush” bo’ldi deb baholaganlar. 
Germaniya va uning ittifoqchilari mag’lubiyatining asosiy sabablari 
kuyidagilar: 
1. Antanta tomonida turib urushgan davlatlar Germaniya, Avstriya-
Vengriya, Turkiya va Bolgariyaga nisbatan juda katta iqtisodiy resurslar va odam 
rezervlariga ega edilar. Shuning uchun ham uzoqqa cho’zilgan urush sharoitida 
“To’rtlar ittifoqi” mamlakatlarining front va front orti oldinroq zaiflasha boshladi. 
Antanta mamlakatlariga nisbatan tobora ko’proq holdan toydi. Antanta 
armiyasining umumiy nisbati “To’rtlar ittifoqi” mamlakatlaridagiga nisbatan 
muqarrar sur’atda yaxshi bo’lishi kerak edi va shunday bo’ldi ham. Masalan: 
Antantaning 48355 ming soldat va ofitseri bor edi, bu esa unga 525 ta diviziya 
tuzish imkoniyatini berardi. “To’rtlar ittifoqi” armiyaga 25160 ming soldat va 
ofitserni chaqirib, 372 ta diviziya tuzdi. Antanta aviatsiyada ikki martadan ortiqroq 
ustunlikka ega edi. Shunday qilib, Antantaning iqtisodiy sohadagi kabi harbiy 
sohadagi ustunligi ham Germaniyaning va butun “To’rtlar ittifoqi”ning uzoq 
davom etgan ikki frontda urush olib borishi uning mag’lubiyatga uchrashini 
muqarrar qilib qo’ygan edi. 
2. German imperializmining siyosiy usqurtmasi – yunkerlarining urushdan 
oldinroq avj olgan siyosiy inqiroz tufayli yemirila boshlagan eng reaksion yarim 
absolyutistik monarxiyasi to’rt yillik jahon urushi va kapitalizmning boshlangan 
umumiy inqirozini juda og’ir sinovlariga bardosh bera olmas edi. German 
imperialistlari tomonidan nemis xalqiga yuklangan urushning g’oyat og’ir yuki 
shunga olib keldiki, urushning o’zi vujudga keltirgan inqilobiy inqiroz, qudratli 
ishchilar harakati va katta inqilobiy an’analarga ega bo’lgan Germaniyaga 
hammadan ko’ra keskinroq ta’sir qildi. German imperialistlari Sovet Rossiyasiga 


150 
qarshi intevensiya boshlab va unga ochiqdan-ochiq talonchilik, anneksionistik sulh 
shartnomasini majburan qabul qildirib, nemis xalqi oldida o’zlarining rejalarini 
uzil-kesil fosh qilib qo’ydilar va bu bilan o’zlarining halokatini tezlashtirdilar. 
3. German imperializmining harbiy nazariyasi, strategiyasi va taktikasi 
noto’g’ri bo’lib chiqdi. Uning noto’g’riligi shundan iborat ediki, german 
imperializmi o’z kuchlariga haddan tashqari ortiqcha baho berib, dushman 
kuchlariga yetarli baho bermagan edi, bu harbiy nazariya va taktika urushni 
tezlashtirishga, o’z dushmanlarini yakka-yakka holda avvalo, G’arbda Fransiya, 
undan keyin sharqda Rossiyani tor-mor qilib, shu tariqa ikki frontda uzoq davom 
etgan urushdan qutulish imkoniyatiga mo’ljallagan avantyuristik taxminlarga 
asoslangan edi. German armiyasining oliy qo’mondonligi va Germaniyaning 
siyosiy rahbarlari Shliffenning noto’g’ri doktrinasi changaliga tushib qoldi, chunki 
bu noto’g’ri doktrina XX asrdagi urushlar sharoitiga mutlaqo to’g’ri kelmas, 
hamda Germaniya qurolli kuchlari va xalq xo’jaligi oldiga shunday maqsadlarni 
qo’yar ediki, bu maqsadlarga erishish uchun Germaniyada iqtisodiy imkoniyatlar 
ham, harbiy va siyosiy imkoniyatlar ham yo’q edi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin