182
olishni ko’zlagan edilar. Sovetlarning yirik harbiy gruppirovkasi joylashgan Kursk
rayonida yangidan hujum qilishini oldini olgan holda, nemis-fashist qo’mondonligi
shartli ravishda “Sitadel” deb nomlangan operatsiyasini amalga oshirishga
kirishadi. Ushbu operatsiyaga asosan Kursk yo’nalishidagi Oryol va Belgorod
rayonlaridan turib, Kursk yoyidagi (Kurskaya duga) joylashgan sovet qo’shinlariga
qarama-qarshi chiqib yo’q qilishga qasd qiladilar. Gitler soldatlarga qilgan
murojaatida shunday deydi: Kursk ostonasidagi “Ushbu ulug’ hujumkor jang – olib
borilayotgan butun urush davomida hal qiluvchi (tub burilish) ta’sir ko’rsatadi”.
“Ommaviy safarbarlik” va Yevropada ikkinchi frontning hali ochilmganligi
Germaniga yirik kuchlarini to’plash uchun yaxshi imkoniyat yaratib bergan edi.
Kursk yoidagi janglar uchun 50
ta diviziya, shundan 16 tasi tank diviziyasi
mo’ljallangan edi. Ushub yo’nalishda jang qilish uchun sovet – german frontida
ishlatilgan barcha tanklarning 70 %, samolyotlarning 65% mo’ljallangan edi.
Shunday haraktalariga qaramasdan gitlerchilar Sovet Armiyasidan umumiy
ustunlikka erisha olmaydi. Sovet Harbiy kuchlari dushman harbiy kuchlaridan -
shaxsiy tarkib bo’yicha – 1,2 baravar,
qurol-aslaha, tank va samolyotlar soni
bo’yicha ikki baravarga ortiq edi. Juda g’aroyib manzara vujudga keladi,
mudofaalanuvchi tomon hujum qilayotgan dushman tomonidan har jabxada
ustunlikka ega edi.
Kursk yoyidagi Sovet qo’mondonligi dushman rejalarini bilib qoladi, va
uning hujumini o’zining avvaldan tayyorlangan mudofaa kuchlari bilan kutib olib,
hamda yangi kuchlarni ishga solib qarshi
hujumga utish va dushmanni
batamomom yakson qilishdan rejalashtiradi. Mudofaa bu rayonda 250-300
kilometrga ichkarigacha cho’zilgan bo’lib, juda ham mustahkam mudofaa tizimi
tashkil qilinadi. Yaqinroqda joylashgan front ortidagi sovet qo’shinlari zaxiradagi
Stepnoy fronti kuchlarini kengaytirishni avj oldirib yuboradi. Sovet razvedkasi
dushmanning hujum boshlash muddati va yo’nalishlarini oldindan belgilab bo’lgan
edi. Bir vaqtning o’zida 100 mingga yaqin partizanlar sovet qo’mondonligining
buyrug’iga binoan, “Rels urushi”ni boshlab yuborib,
bosqinchilar fronti ortida
uzunligi 1000 km.dan ko’proq temir yo’llar, ko’priklarni portlatib yuborib
183
dushmanga misli ko’rilmgan talafot yetkazadilar. 1943-yilning 5-iyulidagi nemis-
fashistlarining bosqinchilik hujumi barbod bo’ladi. Proxorovka qishlog’i
ostonasidagi tank jangi ikkinchi jahon urushidagi janglarning eng yirik shafqatsizi
deb e’tirof qilinadi. Bu jangda ikkala tomondan 1200 tank va o’zi yurar qurollar
(to’p, zambarak,
artilleriya qurollari, zenit to’plari) jangga tushirilgan. Shuning
uchun ham bu jang tarixda “tanklar jangi” deb nomlanadi.
Ayniqsa havo janglarida uchuvchilarning qahramonliklari juda ham tahsinga
sazovor edi. Ushbu janglarda sovet jangchilari bilan bir qatorda “Normandiya” deb
nomlangan fransuz aviatsiyasi ham fidokorona jang qilgan.
Sovet Armiyasi dushmanning hujumini qaytarib, qarshi hujumga o’tadi. 5-
avgusda Oryol va Belgorod ozod qilinadi. Ushbu kunni nishonlash uchun
Moskvada birinchi marta bayram salyuti uyushtiriladi. Keyinchalik Sovet
Armiyasi xar-bir katta g’alabasidan so’ng xuddi shunday salyut uyushtirish an’ana
tusiga kirgan edi.
Kursk yonidagi jang 23- avgustda Xarkovni ozod qilish bilan yakunlanadi.
Jang 50 kun davom etgan bo’lib, u o’zining o’lchamlari bo’yicha
Moskva va
Stalingrad janglaridan ham o’tib ketgan edi. Moskva ostonasidagi janglarda ikkala
tomondan - 1,5 mln, Stalingrad jangida – 2 mln. kishi ishtirok etgan bo’lsa, Kursk
yoyidagi janglarda – 4 mln. kishi qatnashgan. Bu jang Germaniyani juda ham
bezovta qilib qo’ygan edi. Shundan so’ng va hatto urush tugagunga qadar ham
Germaniya qo’shinlari faqat mudofaalanishga majbur bo’ladilar. Bu janglardan
keyin sovet qo’shinlarining yangidan-yangi zafarli yurishlari boshlanadi. Qizil
Armiya Donbass va Levoberejnaya Ukrainani ozod qiladi.
Bu bilan Qizil Armiya
nemis-fashistlarning Dnepr chegaralaridagi mudofaa tashkil qilish rejalarini barbod
qiladi. Qizil Armiyaning urush davomida orttirgan harbiy hunarining
takomillashgani sabab, ular Dneprni kechib o’tib, 1943- yil 6-noyabrda
Ukrainaning poytaxti – Kiyev shahrini nemis-fashist bosqinchilaridan ozod
qiladilar va o’ng qirg’oqni ozod qilish uchun yana ilg’or qadam tashlaydilar.
Sovet-german markazi chizig’ida sovet qo’shinlari Bryansk, Gomel,
Smolensk, Belorussiyaning sharqiy qismini bosqinchilardan ozod qiladilar.
184
Muntazam armiyaga partizanlar juda katta yordam ko’rsatdilar. 1943- yilda ular 5
dan ortiq qo’poruvchilik ishlarini uyushtiradilar. 1942- yilga nisbatan bu-yili ular 4
martadan ko’p fashistlarga har xil ko’rinishda talafot yetkazadilar.
Sovet qo’shinlarining hujumlari natijasida 188 dushman diviziyasi tor-mor
qilinadi. Germaniya quruqlikdagi armiyasi 1400 dan ziyod askari va yirik sondagi
harbiy texnikasini yo’qotadi.
Sovet qo’shinlari zarbalari ostida, chekinayotgan gitlerchilar shaharalar va
qishloqlarni yondirar, tinch aholini qiynoqqa solar, va ularni Germaniyaga haydab
ketardilar. Fashistlarning eng og’ir yovuzliklariga birgina
Minsk viloyati Xatin
qishlog’idagi yovuzliklarini misol qilishimiz mumkin. Bosqinchilar 1943-yili
Xatin qishlog’idagi barcha uylarni yoqib yuboradilar va butun aholisin o’ldirib
yuboradlar.
Ikkinchi jahon urushida tub burilish davrini tahlil qilib ko’rganimizda, sovet
– german urushidagi sovet qo’shinlarining xizmatlarini yuqori baholaganimiz
holda,
biz
g’alabaning
ta’minlanishida
Gitlerchilarga
qarshi
koalitsiya
qatnashchilarining ham xizmatlari katta bo’lganligini yoddan chiqarmasligmiz
darkor.
Dostları ilə paylaş: