Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Tub burilishdan so’ng fashizmga qarshi koalitsiya davlatlarining



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Tub burilishdan so’ng fashizmga qarshi koalitsiya davlatlarining 
hamkorligi. Amerika Qo’shma Shtatlari urushga kirishi bilanoq, tezlik bilan 
o’zining ulkan iqtisodiy salohiyatini, imkoniyatlarini gullab-yashnatishga kirishadi. 
AQSh hududida garchi harbiy harakatlar olib borilmasa-da, Amerika Qo’shma 
Shtati shaharlari havodan bombardimon qilinmas va hech qanday aholi soni 
jihatidan talafot ko’rmagan edi. AQSh juda katta xom-ashyo va oziq-ovqat, 
energetik resurslar, ishlab chiqarish kuchlari zaxiralari, eng malakali ishchi va 
muhandis kadrlarga ega davlat edi. AQSh hukumati harbiy ishlab chiqarishga juda 
katta mablag’lar ajratadi.
Shunday qilib, AQSh urushga ishtirok etgani holda, urushning birinchi 
oylaridayoq, harbiy buyurtmalarni 6 barabarga orttiradi va bunga 100 mlrd. dollar 
sarflaydi. Davlatning eng asosiy e’tiborini kemalar, samolyotlar va tanklar 
qurishga qaratadi. Yaponiyaning avianosetslarini sindirish maqsadida AQSh 


185 
birvarakayiga 28 ta turli turdagi yangi avianosetslarni qurishga kirishadi. Xudda 
shu paytda Yaponiya faqat 6 tagina qurdirayotgan edi, xolos. Harbiy kemalar bilan 
bir qatorda ommaviy ravishda transport kemalari, ayniqsa arzon narxdagi “Liberti” 
kemalari ham ishlab chiqarila boshlandi.
AQShning jahondagi eng yirik avtomobil ishlab chiqarish sanoati zudlik 
bilan tank va samolyotlar ishlab chiqaradigan qilib qaytadan jihozlanadi. Alohida 
e’tiborni bombardimonchi aviatsiyaga qaratgan bo’lib, dunyodagi eng yirik 4 ta 
motorli bombardimonchi (“Letayuchaya krepost”) samolyot qurilib, harbiy 
ishlarga jalb qilingan edi. 1942-yilning o’zi davomida AQSh sanoati 32 ming dona 
tank, 49 ming dona jangovor samolyotlar ishlab chiqarib, dunyoda birinchi o’ringa 
chiqib oladi. Samolyot va kemlar eng yangi radiolakatorlar va boshqa asboblar 
bilan jihozlangan edi. 
1942-yilning yozida Cherchill va Ruzvelt o’zaro uchrashganlarida 
Amerikada atom bombasini ishlab chiqarishga tayyorgarlik ishlarini boshlab 
yuborishga qaror qiladilar. “Manxetten proekti” deb nomlangan o’ta maxfiy 
tashkilotga general Grovs boshliq etib, ilmiy rahbar qilib esa atoqli fizik 
R.Oppengeymer tayinlanadi. “Manxetten proekti” da 150 mingdan ziyod olimlar, 
muhandislar, texnik xodim va ishchilar faoliyat ko’rsatadilar. Bu ishlar AQSh 
hukumati 2 mlrd.dollar sarf qiladi. AQShning bu proektga qilgan xarajati 
Germaniyaning “uran proekti”ga sarflaganidan 200 baravar ortiqroq edi.
1942-yilda italiyalik fizik Ye.Fermi AQSHga muhojir bo’lib keladi. Ital’yan 
fizik olimi birinchilardan bo’lib zanjir reaksiyasini yadro reaktorida ishlatib 
ko’radi. Shuning bilan atom bombasini yaratish uchun yo’l ochiladi. 
Uni tayyorlash uchun amerikaliklar ulkan zavodlar qurishadi. Bu zavodlar 
Ok-Ridj va Xenford degan maxfiylashtirilgan shaharlarda joylashgan edi. 
Maxfiylik shu darajada ediki, hatto AQShning vitse-prezidenti va davlat kotibi 
ham uzoq vaqt mobaynida yadro bombasi ustida olib borilayotgan ishlar to’g’risida 
xabar topmagan edilar. 
Buyuk Britaniyaning ham harbiy iqtisodiyoti ham 1942–1943-yillar 
davomida ulkan zafarlarga erishadi. Lekin barcha ko’rsatkichlar bo’yicha AQSh 


186 
dan keyingi o’rinda turadi. Bir qator koloniyalarida Birma va Malayini boy 
berishlariga natijasida yuzaga kelgan keskin tarzdagi oziq-ovqat va hom ashyoning 
yetishmovchiligiga qaramasdan, ingliz sanoati harbiy kuchlarni oziq-ovqat, tank, 
samolyotlar yetkazib berish bo’yicha Germaniyadan o’zib ketgan edi.
1942-yilning kuzigacha SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya birgalikda qurol 
va minomyotlar ishlab chiqarish bo’yicha – 5 marotaba ko’p, samolyot ishlab 
chiqarish bo’yicha – 3 marta, tank ishlab chiqarish bo’yicha - 10 marotaba ko’p 
Germaniya, Italiya va Yaponiyalarning birgalikdagi ishlab chiqarganlaridan ko’p 
ishlab chiqarilgan. SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya harbiy kuchlarining soni esa 
fashistik blokning kuchlaridan 1,5 baravarga ortiq kupaydi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin