Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Tub burilishning amalga oshirilishi. Stalingrad va Kursk janglarining



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Tub burilishning amalga oshirilishi. Stalingrad va Kursk janglarining 
tarixiy ahamiyati. Stalingard va Kavkazning qahramonlarcha mudofaasida Qizil 
Armiyaning muvaffaqiyat qozonishida yuqoridagi kabi omillar juda muhim rol 
o’ynagan edi. Sovet qo’mondonligining rejasi bo’yicha dastavval Stalingrad 
ostonasida “Uran” operatsiyasi, undan keyin Don daryosi o’rta oqimi rayonidagi 
hujum – “Saturn” opersiyasi, va nihoyat Markaziy frontda “Mars” operatsiyasi 
boshlanishi kerak edi. 
1942- yil 19- noyabrda Stalingard ostonalarida sovet qo’shinlarining 
nemislarga qarshi hujumga o’tadi. Ushbu jang ikkinchi jahon urushida tub 
burilishning debochasi bo’lib qoladi. Janubi-G’arbiy, Stalingrad, Don frontlari 
kuchlari hamda ko’p miqdordagi tanklar, artilleriya va aviatsiya yordami bilan 
nemis-fashistlarning 330 ming kishilik harbiy kuchlar guruxi o’rab olinadi va tor-
mor qilinadi. 1943- yil 2- fevralda o’rab olingan gruppirovkaning tirik qolgan 
harbiylari taslim bo’ladilar. Feldmarshal Paulyus boshchiligidagi 24 ta general va 
ularning jamoasi asirga tushadilar. Germaniyada esa uch kunlik motam e’lon 
qilinadi. 
Stalingard ostonasida janglar qizg’in bo’lib o’tayotgan bir vaqtda sovet 
qo’shinlari O’rta Don rayonida dushmanlarga qarshi hujumlarni boshlashga o’tadi. 
Ular 
Stalingradga 
hujum 
uyushtirishga 
tayyorlanayotgan 
nemis-fashist 
bosqinchilarining guruxiga qaqshatqich zarba beradilar. Yutuqlardan ruhlangan 
sovet armiyasi, Markaziy frontda va janubi-G’arbiy hamda G’arbiy yo’nalishlarda 
ham janglarni kengaytirib yuboradi. Ular Kavkaz, Donbassning bir qancha qismini, 
Rossiyaning markaziy rayonalarini ozod qilib, Leningrad blokadasini yorib 
o’tadilar. Natijada Sovet Armiyasi tomonidan 1942–1943-yillar qishki janglar 
mavsumida dushmanning 100 dan ortiq diviziyalarini yakson qildilar. Fashistik 
blok 1700 ming ga yaqin soldat va ofitserlaridan, 24 ming qurol-aslaha, 3500 dan 
ko’proq tank, 4300 samolyotlaridan judo bo’ldilar. Germaniyaning Stalingrad 


179 
ostonasidagi texnika bo’yicha yo’qotishi bo’lib o’tgan butun sovet-german fronti 
janglari davridagi yo’qotishlar bilan teng keldi. 
Germaniyaning ittifoqchilari: Italiya, Vengriya, Ruminiya davlatlari ham 
juda katta talafotlar ko’rishdi. Stalingrad ostonsidagi va Donda bo’lib o’tgan sovet-
german janglarida 8-italyan armiyasi, 2- vengr armiyasi, 4 va 5- rumin armiyalari 
yakson qilib tashlanadi.
Stalingrad ostonalarida nemis-fashist qo’shinlarining tor-mor qilinishi. 1942-
yilning noyabr oyi boshlarida frontning Stalingrad yo’nalishida quyidagicha holat 
mavjud edi. 
Janubi-G’arbiy front Don daryosining chap qirg’oqlarini mudofaa qilardi. 
Mamondan Kletskgacha. Frontning asosiy kuchlari Serafimovichning janubi-
G’arbiy va G’arbiy rayonlari platsdarmlarida to’plangan edi. 
Donning o’ng qirg’og’ida Kletsk, Novo-Grigorevsk, Sirotinsk platsdarmlari 
bilan bilan birgalikda - Don fronti Kletskdan Yerzovkacha. 
62, 64-armiya kuchlari bilan birgalikda Stalingrad fronti qo’shinlari 
Stalingrad shahrini, qolgan kuchlar bilan esa Volganing g’arbi va uning quyi oqimi 
– Stalingraddan to Astraxangcha bo’lgan qismini takil etardi. 
Stalingrad ostonalaridagi jang Sovet Qurolli Kuchlari va butun sovet 
xalqining buyuk g’alabasi bilan yakunlandi. Bu g’alaba Sovet hukumatining 
yengilmas kuch-qudratini, butun sovet xalqining temirdek irodasini, mardligi 
hamda sovet harbiy san’atining fashist Germaniyasi harbiy san’atidan ustunligini 
butun jahon oldida namoyish qildi.
Stalingrad jangini butun sovet xalqi yutib chiqdi. Sovet xalqi Stalingradga 
o’zining eng yaxshi o’g’il va qizlarini jo’natdi. Ishchilar, kolxozchilar o’zining 
harbiy kuchlariga dushman ustidan g’alaba qilish uchun o’zlarida borini keragicha 
berdilar. 
Stalingrad jangi nafaqat Ulug’ Vatan urushi tarixiga, balki butun jahon 
tarixiga ham zarhal harflar bilan kirdi. Stalingrad ostonalarida Sovet armiyasi 
nemis-fashist bosqinchilari ustidan misli ko’rilmagan g’alabaga erishdilar. Birgina 
1942-yilning 19-noyabridan – 2-fevraligacha bo’lgan sovet jangchilarining nemis-


180 
fashistlarga bo’lgan janglarida beshta dushman armiyasi tor-mor qilindi. Dushman 
32 ta diviziya va uchta brigada butunlay yo’q qilib yuboriladi. Dushman bu 
janglarda harbiy qo’shindan tashqari, juda katta sondagi texnikasidan mahrum 
bo’ladi. 
Stalingrad jangidan keyin Sovet Armiyasi frontda strategik tashabbusni 
qo’lga oladi va bu tashabbusni dushman to’la tor-mor bo’lgunicha ham o’z 
qo’llaridan bermaydilar. Stalingraddan keyin Sovet Armiyasi Leningraddan to 
Kavkaz tog’ oldilarigacha juda ulkan frontda shiddatli hujumga o’tadi, dushmanni 
ommaviy ravishda Sovet mamlakatidan quvib chiqarish boshlanadi. 
Stalingrad ostidagi nemis armiyasining halokati Germaniyaning ittifoqchilari 
orasida obro’sini tushiribgina qolmay, balki fashistik blokka birinchi darzlardan 
edi.
Stalingrad ostonasida Ruminiya va Italiya armiyalarining yakson qilinishi 
ushbu davlat ichki siyosatiga ham o’z ta’srini ko’rsatdi. Italiya qo’shinlarining 
mag’lubiyati mamlakat ichidagi ziddiyatlar asos bo’ladi va uning Germaniya 
tomonida turib olib borayotgan urushdan chiqib ketishini tezlashtirib yubordi. 
Ruminiyada ham xuddi shunday holat edi.
Stalingard ostonasidagi jang va undan keyin bo’lgan janglardagi Qizil 
Armiyaning g’alabalari xalqaro siyosiy ahvolga juda katta ta’sir o’tkazadi. Bu 
g’alabalar fashist Germaniyasining vaqtinchalik bo’lgan harbiy ustunligini yo’qqa 
chiqarib, uning bundan buyog’iga hech qanday g’alaba to’g’rsida so’z ham bo’lishi 
mumkin emasligini ko’rsatib qo’yadiki, Italiya va boshqa fashistik bloklarning 
davlat rahbarlari Germaniyaning bu urushda muqarrar mag’lub bo’lishini tushunib 
yetadilar. Germaniya bilan aloqalarini uzishga va urushdan chiqib ketishga 
tarafdorlar paydo bo’la boshlaydi. 
Stalingard ostonasidagi nemis qo’shinlarining tor-mor bo’lishining harbiy 
ahamiyatlari nimalardan iborat edi? 
Birinchidan, bu sovet harbiy san’atining katta yutug’i va urushda tub 
burilishning boshlanishi edi.


181 
Ikkinchidan, ushbu g’alaba Yaponiya va Turkiya davlatlarining SSSR bilan 
aloqalari “neytral” bo’lishiga majbur qiladi. 
Uchinchidan, Stalingard jangidagi g’alaba fashistik blokning inqrozga 
uchrashini tezlashtiradi, nemis armiyasining ruhiy holatini keskin tushirib yubordi. 
To’rtinchidan, nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kuchlar harakatining 
yanada tezlashishiga juda qulay sharoit yaratiladi. Sovet Ittifoqida tuzilgan 
Yevropa davlatlari harbiy tuzilmalarining soni urush oxiriga kelib 550 mingdan 
oshib ketdi. 
Stalingard jangidan keyin Sovet Ittifoqining dunyoda mavqei ham keskin 
ko’tarilib ketadi. Bosqinchilar ustidan g’alaba nishonlanayotganda Buyuk 
Britaniya qiroli Georg VI Stalingard fuqarolariga faxriy qilich yuboradi, AQSH 
prezidenti Ruzvelt esa faxriy yorliq jo’natadi. Unda sovet jangchilarining mardligi 
va jasorati alohida ta’kidlanadi. “Ularning shavkatli g’alabasi, deydi Ruzvelt – 
agressiya kuchlariga qarshi urushning tubdan o’zgarishiga va bu kuchlar oqimining 
harakatgiga juda qaqshatqich zarba bo’ldi”. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin