Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Ko’p qutbli dunyo chizgilari. “Sovuq urush”ning tugashi kun tartibida 
geosiyosiy kuchlarning yangi konfiguratsiyasi, ikki qutbli dunyo tartibli tizimini 
almashtirishni olib chiqdi. Xalqaro-siyosiy sahnada ikki qudratli davlatlarning 
birini yo’qolishi, boshqa qudratli davlat – AQSh boshchiligida bir qutbli dunyo 
tartibini shakllanishi xulosasini beradi. Biroq, shuni ham esdan chiqarmaslik 
kerakki, o’zgarishlar natijasida faqatgina Rossiyani emas, balki AQShning ham 
geosiyosiy sharoiti o’zgaradi. “Sovuq urush” davridagi o’lchamlar yangi 
sharoitlarga to’g’ri kelmaydi. Har qanday davlatga, shu bilan birga Rossiya va 
AQShga yangi sharoitdagi dunyo geopolitik kengligida o’z roli va o’rnini izlashga 
to’g’ri keldi. 
G’arb boshqaruv doirasining bir qismi AQSh yangi sharoitida yagona 
qudratli davlat bo’la olmasligini to’laligicha anglashdi. Boshqa qismdagilar bunga 
qo’shilishlari qiyin bo’ldi. Bu qism vakillari dunyo jamiyatida AQShning yagona 
sardorlik rolini saqlab qolishga harakat qilishdi. Buni tadbiq etishdagi muhim 
asboblardan biri sifatida Amerika boshliqlari NATOni tanlashdi. 
NATO harbiy-siyosiy ittifoq ikki qutbli dunyoning bir qutbi sifatida tashkil 
topdi. “Sovuq urush”ning tugashi va Sovet Ittifoqining yemirilishi bilan NATO 
tuzilishining eng muhim sabablari yo’qoldi. Biroq G’arb davlatlari boshliqlari, 
boshqalardan ko’ra AQSh harbiy-siyosiy blokning mustahkamlash va keyinchalik 
kengaytirish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlashdagi rolini oshirish rejasini amalga 
oshirishdi. 
AQShning dunyoda sardorlik uchun kurashi, NATOning kengayishi 
hisobida uning to’g’ri harbiy-siyosiy ta’sirining kengayishi amerikalik 
boshliqlarning xalqaro tashkilotlarga nisbatan qattiq sharoiti dunyo siyosati 
tizimining tekis shakllanishi, bu “sovuq urush”ning davomi deb da’vo qiluvchi 


215 
davlat boshliqlariga katta xavf tug’dirdi. Biroq zamonaviy siyosatda “Amerika 
faktori” eng muhim sharoit sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Yer sharining 
hamma burchaklaridagi odamlar avlodlariga Amerika siyosiy qaramlik va moddiy 
qiyinchiliklardan qutilish yo’lini ko’rsatuvchi nur sifatida xizmat qildi. Katta 
Shimoliy Amerika kontinentining tez egallanishi, qishloq xo’jaligi va yengil 
sanoatning tez rivojlanishi, tarixda ko’rilmagan moddiy boyliklarning oshib borishi 
ko’pgina xalqlarning boshqa davlat va xalqlarning taqdiridan ko’ra uning taqdiri 
yaxshiligiga ishontirdi.
Har qanday boshqa g’oyaday, Amerika g’oyasi o’zining rivojlanish va 
rivojlangan devorlariga egadir. U uchun rivojlangan davr “sovuq urush” davri 
bo’ldi. Shuning uchun Vashingtonga tarix darslariga o’qish va tegishli xulosalar 
chiqarishi qiyin, chunki AQShga bir qutbli dunyoda yagona qudratli davlat 
statusini berishni yoqlab chiqqanlar bo’ldi. “XX asr Amerika asri edi. XXI asr ham 
Amerika asri bo’ldi”, deb yozgan mashhur politolog S.Xantington bu vaziyatning 
g’oyaviy bazasini keltirdi. 
Albatta, amerikaliklarning birinchi ko’rinishga bunga yetarli moddiy, 
mafkuraviy, psixologik va geosiyosiy xarakterga ega sabablari mavjud edi. Tarixda 
SSSR nomi bilan sobiq bosh raqibi vayron bo’ldi. Amerika esa o’z qudratining 
oxirgi nuqtasiga yetdi. U dunyodagi eng qudratli iqtisodiy va harbiy-siyosiy davlat 
sanalib, kelajakda ham shunday bo’lib qoladi. Lekin hozirgi kungi sharoitdan kelib 
shuni aytish kerakki, bir davlat u qanchalik qudratli bo’lmasin hozirgi qiyin turli 
masalalar bilan to’la dunyoni boshqara olmaydi. Oxirgi o’n yilliklarda AQShning 
bir o’zi dunyoni boshqara olmasligiga guvohlik beruvchi ko’pgina aniq 
ma’lumotlar mavjud. Undan tashqari eng qudratli davlat nomi hozirgi kunda 
yo’qolib ketmoqda.
Vujudga kelgan aniqliklarga ko’ra ikki qutbli dunyo tartibi bo’lmasdan bir 
necha davlat boshliqlari va teoretiklari tomonidan geosiyosiy kuchlarning 
uchburchakli joylashuvi – uch markazi AQSh, G’arbiy Yevropa va Yaponiyaga 
tayanuvchi tartib ilgari surilmoqda. Industrial dunyoning bu markazlari orasidagi 
iqtisodiy yoki boshqa nizolarni yangilik deb bo’lmaydi. Ammo, “sovuq urush”ning 


216 
tugashi bilan ular yangi o’lcham va yangi sifatlarni qabul qilmoqdalar. Bu 
shakllanayotgan ko’p qutbli dunyo tartibining tabiatidan kelib chiqmoqda. Ierarxik 
tizimidagi davlatlarning “sovuq urush” davri uchun an’anaviy davrdan yangi 
tuzimiga o’tish rejalashtirilgan. 
AQSh va uning ittifoqchilari o’rtasida sifatli o’zgarishlar bo’lib o’tdi. Oxirgi 
Amerikaga nisbatan “kichik ukalik” kompleksidan, ya’ni urushdan keyingi davrda 
sovet bosqinidan yonini oluvchi kopleksdan birin-ketin ozod bo’lindi. G’arb va 
Sharq o’rtasidagi g’oyaviy va tizimlararo nizo tugagan paytda, u yoki bu davlatga 
harbiy yoki harbiy-siyosiy ta’siri ko’p tomonlama o’z ahamiyatini yo’qotdi. 
Davlatning kuchi, potensiali va qudratini ko’rsatuvchi asosiy ko’rsatkichlar 
iqtisodiy, ilmiy va texnikaviy, undan so’ng harbiy imkoniyatlaridan kelib chiqdi. 
Bu sohalarda AQSh tez rivojlanuvchi industrial davlatlar – Yevropa iqtisodiy 
Ittifoq a’zolari va Yaponiyadan orqada edi. Amerika g’oyasiga qarshi ikkinchi 
tug’ilishni boshdan kechirayotgan Yevropa g’oyasi va Xitoy modeli, yangi 
industrial davlatlar (Janubiy-Sharqiy Osiyoning “kichik ajdaholari”) o’z modellari 
bilan chiqishdi. 
Dunyo siyosatida Yevropani rolini oshirish uchun bu hududda integratsion 
jarayonning omadlari, umumiy iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarga oshib 
borishi asos bo’ldi. 70-yillarda G’arb tafakkur doiralarida Yevropaning yiqilish 
tezisi mashhur bo’lsa, 1990-yilda 344,6 mln aholisi bor Yevropa jamiyati AQShga 
nisbatan (5,47 trln.dollar) 5,53 trln.dollar ko’p mahsulot ishlab chiqardi. 80-
yillarda hamma Yevropaning qayta tug’ilishi-geosiyosiy va ruhiy kuch sifatida 
ishonarli gapira boshlashdi, “katta” va “kichik uka” munosabatlardan teng 
hamkorlar munosabatiga o’tishiga asos yaratdi. 
Yevropa davlatlarning bundan “yevropezatsiya” siyosati, o’zini-o’zi 
boshqarishni qo’lga kiritishi 80-yillarning boshlarida Yevropa davlatlari 
amerikaliklarning SSSR bilan munosabatda qattiq yo’nalishiga qarshilik 
ko’rsatayotgan bir paytda boshlandi. “Sovuq urushi” tugashi bilan bu tendensiya 
kuchaydi. Yevropaliklar Vashington qo’l ostidan chiqishni ochiq aytishdi. Ular 
xalqaro sahnada va NATOda o’z rolini kengaytirishi, ayniqsa, nizolarni yechishda 


217 
javobgarlik va katta yukni o’z zimmasiga olishga tayyorgarligini aytishdi. Bu 
kontekstdagi o’sib boruvchi rolni G’arbiy Yevropa davlatlarning harbiy-siyosiy 
alyansi hisoblanadigan G’arbiy Yevropa Ittifoqiga (ZES) berildi. G’arbiy Yevropa 
Ittifoqi antonom boshqaruv tizimini yaratish rejalari ishlab chiqilmoqda. 
Voqealarning bunday rivojlanishiga ko’ra NATO yagona emas, balki Yevropa 
xavfsizlikni ta’minlovchi ikki tanyachdan biri bo’lib qolishi mumkin.
SSSRning yemirilishi va Yevropa kontinentida siyosiy xaritaning o’zgarishi 
Yevropa Ittifoqini past sotsialistik mamlakatlarning tortish markaziga aylandi. 
Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari to’g’risini aytganda Yevropa bilan 
birlashishdi. “Sharqiy Yevropa” va “Markaziy Yevropa” so’zlari yana o’zining 
ilgarigi siyosiy-geografik va geosiyosiy ma’nosini oldi. Totalitar tizimning 
yemirilishini boshidan kechirgan xalqlar uchun “yagona Yevropa” “tog’dagi 
shahar”ga aylandi. 
Yevropa markazidan tashqari hozirgi dunyo taqdiriga Osiyo-Tinch okeani 
hududi katta ta’sir ko’rsatdi. XIX asr oxirida AQShning o’sha paytdagi davlat 
(sektori) kotibi J. Xey “O’rta Yer dengizi – o’tish okeani, Atlantika okeani – 
hozirgi okean, Tinch okeani – kelajak okeani” tezisini ifodaladi. 
Rivojlanuvchi Osiyo (aniqrog’I, sharqiy) Rossiyaning Uzoq Sharqi va 
Koreyadan shimoli-sharqqa Avstraliyagacha janubga va Pokistonga sharqda yirik 
uchburchak shaklida o’z yerini ichiga oladi. Ushbu uchburchak ichida taxminan 
koinot aholisining yarmi yashaydi va ko’pgina davlatlar – Yaponiya, Xitoy, Yangi 
Zelandiya, Tayvan, Janubiy Koreya, Gongkong, Singapur va boshqalar. XX asr 
davomida iqtisodiy tez rivojlanuvchi davlatlar kiradi. 1960-yilda AQShdan 
tashqari ushbu hududdagi davlatlarning umumiy yalpi milliy mahsuloti dunyo 
yalpi milliy mahsulotining 7,8% tashkil etgan bo’lsa, 1982-yilga kelib u 2 baravar 
ko’paydi. 16,4% tashkil etdi. 2000-yilga kelib bu raqam dunyo yalpi milliy 
mahsulotining 20% tashkil qilib, AQSh yoki Yevropa hissasiga teng. Shunday 
qilib, Osiyo-Tinch okeani hududi dunyo iqtisodiy qudratining asosiy 
markazlaridan biriga aylandi. 


218 
Osiyo-Tinch okeani hududida integratsiya jarayoni tez yoyilmoqda. ARES -
Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi bo’yicha hukumatlararo konferensiyasi 
(1989-yilda Osiyo va Shimoliy Amerika davlatlari tomonidan tuzilgan forum). 
ReSS -Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik kengashi RVES -Tinch okeani havzasida 
iqtisodiy kengashi, ATES Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy kengashi va boshqa obro’li 
tashkilotlar tashkil etildi. 1967-yilda tashkil etilgan subregional siyosiy-iqtisodiy 
tashkilot - Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlar Assotsiatsiyasi (ASEAN) e’tibori va 
ta’siri olib bormoqda, uning tarkibida birinchilardan Indoneziya, Malayziya, 
Singapur, Tailand, Filippin va Bruney kirgan edi. Janubi-Sharqiy Osiyoda 
tinchlikni o’rnatish, a’zo davlatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va turdagi 
hamkorliklarni rivojlanishi bu tashkilotning asosiy maqsadi edi. U davlatlarning 
ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga, ularning bu hududda siyosiy ta’sirini o’sishiga 
muhim rol o’ynadi. 
Ushbu hududda siyosiy iqlimning yaxshilanishi kuzatilmoqda. Ayniqsa, 
Rossiya-Xitoy va Xitoy-Hind, Xitoy-V’yetnam munosabatlarining yaxshilanishi
Koreya davlatlari o’rtasida faollikni oshirdi. ASEAN davlatlari bilan V’yetnam 
o’rtasidagi yaqinlashish tendensiyasi ko’rilmoqda. “Sovuq urush”ning tugashi va 
Sovet Ittifoqining yemirilishi Osiyo-Tinch okeani hududida Yaponiya va 
Xitoyning ta’siri va e’tibori omiliga (to’g’ri keldi) va shu bilan birga bu bir qator 
yangi industrial davlatlarning rivojlanishiga to’g’ri keldi. “Sovuq urush” tugashiga 
Yaponiya iqtisodiy qudratli davlatga aylanib, har qanday Yevropa davlatidan o’tib 
AQSh bilan iqtisodiy sohada raqobatlashishi mumkin edi. Uning tashqi kapitallari 
1 trln. dollardan oshdi, bu esa AQShning ko’rsatkichidan ko’p edi. 
Yaponiya izidan dunyo sahnasiga dunyo bozorida o’z o’rnini topish va 
uchun bir qancha ko’zga ko’rinarli g’alabalarga erishgan yangi industrial davlatlar 
chiqdi. Xitoydagi iqtisodiy o’zgarishlar o’z natijalarini berdi va u iqtisodiy va 
siyosiy qudratini oshirgan davlatga aylandi. Xitoy sharqiy va janubiy-sharqiy 
Osiyo xalqlari va davlatlarini o’ziga torta oluvchi aholi resurslariga boy, tabiiy va 
iqtisodiy imkoniyatlari keng, texnik hamda harbiy strategik kuchga ega bo’lgan 


219 
markaziy davlatga aylandi. Bu sifatda Xitoy butun Osiyo-Tinch okeani hududi 
shakli va tuzilishini shakllanishiga muhim rol o’ynaydi. 
Xitoy, Gongkong, Makao, Tayvan, Singapurni o’z ichiga oluvchi “Katta 
Xitoy” nomini olgan jarayonning jadal rivojlanishi bormoqda. Ularning 
hamkorlikdagi eksport potensiali Yaponiyanikidan oshadi. 2002-yilda Jahon 
bankining bergan ma’lumotiga ko’ra, Xitoyning Gongkong va Tayvan bilan birga 
tashqi milliy mahsuloti 9,8 trln.dollarni tashkil etishi mumkin. AQShning km.ning 
9,7 trln.dollariga nisbatan. 
Xitoy harbiy sohada ham bu yutuqlarga erishdi. Xitoy yaqin kelajakda 
qudratli iqtisodiy va harbiy kuchga, shu bilan tugamas odam resursiga ega bo’lgan 
yadroviy davlatga aylanishi mumkin. Bu Xitoy xalqaro ta’sirda yagona yirik qutb 
bo’lib qolishidan dalolat beradi. Xitoyliklar esa XXI asr “Xitoy sivilizatsiyasi asri” 
bo’lishiga intilganligini aytishmoqda. 
Ushbu barcha ma’lumotlar shu haqda guvohlik beradiki, Yevropa va 
Shimoliy Amerikaning iqtisodiy-siyosiy markazlari yonida yangi markazlar 
vujudga keldi. 80-yillarning boshida ikki qutbli dunyo modeli o’rniga o’z ichiga 
SSSR, AQSh, G’arbiy Yevropa, Yaponiya va Xitoyni oluvchi beshburchakli 
modeli keldi. Bu Yaponiya va Germaniyaning Xavfsizlik Ittifoqiga doimiy a’zo 
bo’lish talabida o’z ifodasini topdi. Shuni esda tutish kerakki, Xitoy va Hindiston 
o’zlarining demografik gigantlik statusini o’zida saqladi, bu esa ularning dunyo 
masalalarini yechishda rolini oshirmasligi mumkin emas. Strategik resurslar 
doirasida Yaqin Sharq va Janubiy afrika o’z mavqelarini saqlamoqdalar. 
Shu bilan birga hech qachon hisobdan mustahkam bo’lmagan yirik hudud 
bo’lgan va global masshtabdagi o’zgarishlar epitsetrida qolgan Rossiyani chiqarib 
tashlash mumkin emas. Rossiya boshidan kechirgan qiyinchiliklar oldida uni “kuni 
bitdi” deyish mumkin emas. 
Mavjud yirik resurslar zonasi va ularning qo’lga kiritish rejalari Markaziy 
Osiyoni geosiyosiy nuqtainazardan muhim bir hududga aylanishiga zamin 
yaratmoqda. Bu va boshqa markazlar bilan hamkorlik va raqobat qila oluvchi 


220 
geoiqtisodiy va geosiyosiy kuchga ega bo’lgan mustaqil markazga aylanishi 
mumkin. 
Shunday qilib ko’p qutbli dunyo tartibining chiqishi torayib borardi, ammo 
dunyo holatini o’zi boshqara oluvchi u yo bu davlatlarning qudratli davlat sifatida 
chiqishi yoki saqlash imkoniyati berilmadi. Dunyo bir vaqtning o’zida ko’proq bir 
xil va ko’proq har xil bo’lib, ba’zi imkoniyatlar ko’payib, boshqalari qisqarmoqda, 
yagona jamoaviy va milliy saylash imkoniyati kengaymoqda. 
Ko’pgina yuqorida sanab o’tilgan davlatlar -har biri alohida yoki boshqa 
markazlar bilan hamkorlikda – dunyo siyosatida boshqa a’zolarga nisbatan u yo bu 
qudratli davlatning diktatini to’sishi yoki qabul qilmasligi mumkin edi. Jiddiy 
ilmiy-texnik va moliyaviy qudratga ega mayda davlatlarning ta’siri va obro’si 
oshib borishi kuzatilmoqda. Davlat va mintaqalarning ko’payishi natijasida yirik 
davlatlarning geosiyosiy o’yinidagi an’anaviy konsertida oddiy rol bajarilmay 
qoldi.
Ular shaxsiy siyosatini o’tkazish va ustalik bilan boshqarishni mustaqil 
o’rganib olmoqdalar. Dunyoni uning dunyoga bo’linishi yoki “Uchinchi dunyo” 
o’z ma’nosini yo’qotdi. Yangi industrial davlatlarga keladigan bo’lsak, ularning 
safi-yil sayn kengayib, eski industrial davlatlar klublarning haqiqiy a’zolariga 
aylanmoqda. 
Janubning bir qator davlatlari yangi turdagi qurollarni so’rayveradigan 
o’zining jangari boshliqlari bilan diktatlik hukmronlik qilishi mumkin. Bir qator 
uchinchi dunyo davlatlarining yadro qurolini qo’lga kiritish aniq ko’rinish 
olmoqda. Bu dunyo jamiyatining shakllanish ko’rinishlariga o’zgartirish kiritdi. 
ikki qutbli dunyo tartibida ikki bloklar yoki qutblar o’rtasidagi chegara aniq, 
mustahkam o’tib bo’lmas edi. Bu qarama-qarshilik aniq va sodda edi; bu dushman, 
bu biz, bu esa 2 dunyo orasidagi chegara. shuning uchun har qaysi tomon qaerdan 
va qanday hujum bo’lishini bilardi. Hozir esa hammasi o’zgardi. Urushdan keyingi 
o’n yilliklarda xalqaro tizimda mustahkamlik kuchi o’zgardi, aniqlik noaniqlikka 
o’rnini bo’shatdi, hukmronlik va ta’sir o’zgarib egasiz bo’lib qolmoqda. 


221 
Vaziyatdan o’tish “yoki-yoki” prinsipi asosida ikki imkoniyatdan birini 
tanlash o’rin qoldirdi, bunda ko’pgina davlatlarning tanlash diapozoni ko’paygani 
sababli, ularning ko’pgina variantlarni tanlash imkoniyati bo’ldi. Ularning har biri 
aniq 
milliy-davlat 
manfaatidan 
kelib 
chiqib, 

yo 
bu 
blok 
bilan 
maslahatlashmasdan tashqi siyosiy qaror qabul qilishi mumkin. Vaziyatning 
yangiligi shundan iboratki, birga ildam a’zolarning tashqi siyosati koinot 
masshtabida ko’p sektorli joylashuvni qo’lga kiritmoqda. Bir vaqtning o’zida 
davlatlar turli koalitsiyalarda qatnashishi mumkin bo’lmoqda. masalan, Sharqiy 
Osiyo hududida buyuk davlatlar juftligi o’z-o’zini boshqaradigan mazmunni kasb 
etdi. AQSh-Yaponiya, AQSh-Xitoy, AQSh-Rossiya, Yaponiya-Xitoy, Yaponiya- 
Rossiya, Rossiya-Xitoy. 
Hozirgi vaziyatning ahamiyatli tomoni shundaki, dunyoviy siyosatning faol 
a’zolari dunyoviy voqealarga ta’sir eta oluvchi yangi davlatlar, mintaqaviy 
guruhlar, xalqaro tashkilotlar va transmilliy korporatsiyalar bilan to’ldirildi. 
Bularning hammasi chegaralarning o’tkazuvchanligini ko’paytirilishi bilan 
birgalikda kerakli tartib va tinchlikni saqlash, bir-biri bilan qarshi harakatlanuvchi 
davlatlar, davlat bloklari, mintaqalar o’rtasida muvozanatni saqlashda qiyinchilik 
tug’diradi. Ikki bloklar ramkasida bir qutbli dunyo tartibida vertikal bir-biriga 
bog’liq davlatlar o’rniga gorizontal bir-biriga bog’liq davlatlar keladi. Mintaqaviy 
birlashmalar yakka bloklar bo’lmayapti. 
Bunday xalqaro sahnada bir qancha uzoq vaqt vaziyatni aniqlaydigan 
sharoitda geosiyosiy kuchlarning joylashuv imkoniyatlari haqida gapirish qiyin. 
Bunday sharoitni kutish ham mumkin, davlatlar, mintaqalar, siyosiy-iqtisodiy yoki 
boshqa davlatlar bloklarining o’zaro munosabati doimiy o’zgarishlarga mo’l yil 
bo’ladi. Buning natijasida ikki qutbli o’zini tutishdan tartibsiz va nazoratga 
berilmaydigan o’zaro o’zini tutishi qayta tug’ilib, kuchlarning ishlatilishi davlatlar 
va xalqlarning o’zaro munosabatlar tizimida doimiy belgi bo’lib qoladi. 
Urush va qonli nizolardan ozod dunyo odamzod tafakkuridagi eng yaxshi 
yuksak maqsad edi. Biroq, tarixiy tajribaning kursatishicha odamlar oliy baht deb 
hisoblashmagan. Bir xillari boshqa davlat va xalqlarning o’z hukmronligiga 


222 
olishga intilishar, boshqalari harbiy shuhratini istashar, uchinchilari esa tizzada 
turib yashagandan ko’ra tik turib o’limni afzal ko’rishardi. Bu g’oyalar XX asrdagi 
Ikkinchi jahon urushidagi katta yo’qotishlarga qaramasdan bizning kunlarimizda 
ham yashamoqda. 
Hozirgi dunyodagi davlatlarning o’zaro munosabatlarini hammaga qarshi 
urush deb tasavvur qilib bo’lmaydi. Zo’ravonlik yoki zo’ravonlikni qo’llash 
dag’dag’asi davlatlar va xalqlar ustidan uchib yuribdi deb tasavvur qilib 
bo’lmaydi. Lekin urush va nizolar mavjudligini tan olish shart. Hozirgi dunyoviy 
jamiyat o’zining tizimlarni vujudga keltiruvchi xarakteri, stixalari, tuzilish tarkibi 
va funksiyalarini namoyish qilmoqda. Natijada o’z ta’sirini har bir davlat butun 
jahon jamiyati ishlariga kiritilmoqda.
Iqtisodiyotdagi yangi o’zgarishlar va shunga bog’liq siljishlar natijasida 
geosiyosiy masalalarning butun kompleksining tasavvurida bu milliy xavfsizlikni 
ta’minlashi bilan bog’liq. Oldin jahon sahnasida davlatlar hukmronlik uchun 
armiya va mafkura bilan kurashsalar, hozirda valyuta kursi va bozorning natijasiga 
o’tishdi. Boshqacha aytganda, “sobiq urush” vaqtida harbiy haqiqat global 
strategiyani aniqlar va iqtisodiy tasavvur qilsa, hozir iqtisodiy haqiqat dunyoni 
shakllantirmoqda. Bu o’zgarishning maqsadi o’z maydonini kengaytirmoqchi 
bo’lgan davlatlarning “kuchlar o’yini”dan iqtisodni rivojlantirish maqsadi 
qo’yilgan “yaxshilik o’yinlari”ga o’tishdir.
XX asrning 70–90-yillari dunyo shari-butun mintaqalar va davlatlar, xalqlari 
iqtisodiy, ekologik, siyosiy va madaniy hamkorlikning keyingi kengayishi va 
chuqurlashuvi davri bo’ldi. Bu esa o’z navbatida mavjud masalalarni bir milliy 
davlat alohida yecha olmasligini anglashishiga olib keldi. Ularning yechimi 
xalqaro hamkorlik va barcha davlatlar kuchlarining birlashishini talab qiladi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin