Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


partiya dasturlari, uzoq muddatli istiqbolli rejalarni ham qabul qilishdi, ushbu



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


partiya dasturlari, uzoq muddatli istiqbolli rejalarni ham qabul qilishdi, ushbu 
dasturlarda sotsializm juda katta yutuqlarga erishayotgan jamiyat qilib ta’riflandi. 
Mavjud sotsializmni qanday sotsializm deb atash kerakligi to’g’risida ko’pgina 
munozara va diskusiyalar bo’ldi. Uni rivojlangan sotsializmmi, rivojlanayotgan 
sotsializmmi, o’tish davrida turgan sotsializmmi yoki umuman va uzil kesil g’alaba 
qilgan sotsializmmi deb atash kerakligi to’g’risidagi tortishuvlar bo’ldi. Sotsializm 
afzalliklarini ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari bilan bog’lab olib borish kerakligi 
to’g’risida bilag’onliklar qilishdi. Biroq bularning hammasi kosmetika 
laboratoriyasi chegarasida qolib ketdi, amaliyotda qo’llanmadi. 
Savol tug’iladi, Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda hukmronlik 
mavqeini yo’qotib, tarqatib yuborilgan va rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilgan 
kompartiyalarda islohotlar qilish mumkinmidi, shu partiyalar o’z siyosatlarida 


230 
ijobiy, xalqchil bo’lgan qayta qurish va yangilanishlarni amalga oshirib, o’z 
hukmronliklarini saqlab qolishlari mumkinmidi? Shuni aytib o’tish kerakki, har bir 
narsani o’z vaqtida qilmasa, yoki vaqtidan kechiktiribroq qilsa og’ir oqibatlarga 
olib kelishi turgan gap. Masalan: 1985-yilda SSSRda boshlangan qayta qurishni 
KPSS rahbariyati boshladi. Lekin bu qayta qurish juda kech boshlanganligi uchun, 
shu qayta qurishni boshlab bergan shaxs ham, uning partiyasi ham hokimiyatda 
qololmadi. 
Agar Chexoslovakiyani oladigan bo’lsak, mamlakatda reformani 1968-yil 
bahorda boshlash kerak edi, chunki ChKP faoliyatini ommaning katta qismi 
qo’llab-quvvatlagan edi. ChKP shunday yo’l tutganda omma orasida o’z obro’sini 
saqlab qolgan bo’lardi. Partiya rahbarlarining almashtirilishi bilan bu reformaning 
yo’li to’sib qo’yildi va ChKPning omma orasida obro’sining tushib ketishiga olib 
keldi. 
“Praga bahori” mobaynida olg’a surilgan, ko’p yillar davomida qattiq tanqid 
qilinib, “turg’unlik” ideologlari tomonidan sotsial-reformizm ramzi deb e’lon 
qilingan “demokratik sotsializm” davlatini bunyod etish g’oyasi hozirda butunlay 
boshqacha qabul qilinayotganligini tushunib olish qiyin emas. Yangi ijtimoiy 
tuzum o’z qiyofasini mehnatkashlar ommasi sari burmasa, bunday tuzumning umri 
qisqaligini hayotning o’zi ko’rsatdi. 
Bizning nazarimizda, 1989-yil 4-dekabrda SSSR va uning ittifoqchilari 
tomonidan qoralangan, Varshava Shartnomasi Harbiy Tashkiloti qo’shinlarining 
1968-yil Chexoslovakiyaga kiritilishi bilan Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimining metindek mustahkamligini qaror toptirishga 
da’vat etilgan edi. Sotsializmning “oliy maqsadlari» bilan oqlanuvchi bu narsa 
teskari natija keltirdi – uning nufuziga jiddiy va halokatli zarba berdiki, yigirma-
yildan so’ng sodir bo’lgan “Praga kuzi”, go’yo “Praga bahori”dan estafetani qabul 
qilib olayotganday bo’ldi. Uning rahbarlaridan biri A. Dubchek yana siyosiy 
sahnada paydo bo’lib, milliy majlisning raisi bo’ldi. 
GDRning ba’zi bir sobik, rahbarlarining fikricha, respublikada o’zgarishlar 
jarayonini 1983–1984-yillarda boshlash bilan mamlakatdagi normal holatni saqlab 


231 
qolish mumkin edi. Bunday bo’lmagailigining sababi, Sharqiy Yevropadagi 
sotsialistik davlatlarning rahbarlari mavjud vaziyatga to’g’ri baho bera olmadilar, 
tarixiy jarayonlar pallasi yetilib kelganligini va zo’ravonlik siyosati bilan eski 
boshqarish tizimini saqlab qolish mumkin emasligini anglab yetmadilar. Tarix o’z 
ishini qildi, rahbarlarning ba’zi birlarining taqdiri fojiali kechdi, ba’zi birlariniki 
qamoq va ta’qib ostida bo’ldi. Natijada sotsialistik jamiyat qurish uchun qilingan 
40-yillik urinishlar ostin-ustun bo’lib ketdi. Shunisi xarakterliki, qabul qilingan 
barcha deklaratsiya va konstitutsiyalarga, hujjatlar va dasturlarga qaramay 
Yevropadagi sotsialistik davlatlarda to’laqonli insonparvar jamiyat qurilmagan edi. 
Ushbu mamlakatlarda 60-yillarning oxirlarida sotsializm asoslarini qurish 
to’g’risida gap borsa-da, biroq keyingi-yillarda sotsializm qurish yo’lidagi 
harakatlar qiyinchiliklar bilan siljidi, amalda turg’unlik hukm surdi. 
Hozirda Yevropa mamlakatlarida yuz bergan voqealar SSSRdagi qayta 
qurishning bevosita oqibatidir, deyuvchi keng tarqalgan fikrni tez-tez eshitish 
mumkin. Jilovlar yechildi, oqibatda shunday bo’ldi deyuvchilar qattiq adashadi. 
Albatta, SSSRdagi qayta qurish, “Brejnev doktrinasi”dan voz kechish Yevropa 
regionidagi inqilobiy jarayonlarga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Aniqrog’i ularni 
tezlashtirdi. Biroq biz ko’rsatayotgan ibratomuz o’zgarishlarning chuqur ichki 
xarakterga ega ekanligini hamda stalincha va yangi stalincha tipdagi ijtimoiy 
tizimning inqirozi bilan chambarchas bog’liqligini unutmaslik kerak. 
Sotsializmning buyruqbozlik – byurokratik modeli Yevropadagi sotsialistik 
mamlakatlarda ijtimoiy manfaatlarda bir necha marotaba to’qnash kelganligini 
yuqorida aytib o’tdik. 
1956-yilda Vengriya voqeasining bostirilishini vengerlar hozirgi paytda 
kattagina miqyosdagi islohotlarni amalga oshirishga halaqit bergan “milliy fojia” 
deb hisoblamokdalar. 
SSSRda boshlangan qayta qurishni demokratik qayta qurishlarni amalga 
oshirishga to’siq bo’lib kelgan g’ovning olib tashlanishi deb baholashimiz 
mumkin. 


232 
Xo’sh, g’ov olib tashlanibdi, unda nima uchun Yevropadagi sotsialistik 
davlatlarda o’zgarishlar jarayoni 1985-yildan boshlanmadi? Buni shunday izohlash 
mumkin: SSSRda boshlangan qayta qurishning dastlabki-yillaridagi qiyinchiliklar 
bilan, shuningdek, 1956, 1968, 1980–1981-yillardagi tarixiy jarayonlarning 
achchik, saboqlari Yevropadagi sotsialistik davlatlarni birmuncha o’ylantirib 
qo’ydi. Ular agar o’zgarishlar jarayonini boshlasak boshimizga yana og’ir kulfatlar 
tushmasmikan degan xadiksirash va qurquv bilan kutib turdilar. Buning ustiga 
1981-yilda boshlangan Pol’shadagi tarixiy jarayonning inqirozli holatda cho’zilib 
ketishi, eski hokimiyatni saqlab qolish uchun hamma vositalar ishga solinib 1981-
yil dekabrda harbiy holatning e’lon qilinishi ham qo’shni sotsialistik davlatlarni 
birmuncha o’ylantirib qo’ygan edi. 
1986- yil noyabrda Moskvada sotsialistik davlatlar rahbarlarining 
uchrashuvida SSSR rahbari bundan buyon SSSR Yevropadagi sotsialistik 
davlatlarga nisbatan o’z hukmini o’tkazishdan voz kechganligini, ularning ichki 
ishlariga bundan buyon aralashmasligini ma’lum qildi. Shunda ham ular bu aldov 
emasmikan degan o’yda kutib turishdi. Nihoyat 1989- yil 15-fevralda Sovet 
qo’shinlarning Afg’onistondan olib chiqilishi va shu mamlakatga qo’shin 
kiritishning xato bo’lganligini sovet hukumati tomonidan tan olinishi, 1956-yilda 
Vengriyaga, 1968-yilda Chexoslovakiyaga qo’shinlar kiritilishining ham bu 
davlatlarning ichki ishlariga zo’rlik bilan aralashish deb baholanishi va mazkur 
ishlar uchun bu davlatlardan kechirim so’ralishi sotsialistik hamdo’stlik 
mamlakatlaridagi hadiksirashlarga chek qo’ydi. 
Shundan keyin o’zgarishlar jarayoni shiddatli kechdi. SSSRning 
aralashmaslik pozitsiyasida turishi bir-biriga qarshi turuvchi kuchlarning birini 
afsuslantirsa, ikkinchisini kurashga otlantiradi. Natijada Chexoslovakiya, 
Bolgariya, GDR, Pol’sha, Vengriya va Ruminiya davlatlarida xalq ommasining 
shiddatli chiqishlari byurokratik boshqarish tizimining to’g’onini qo’porib tashladi. 
Ruminiyada ahvol yanada fojiali kechdi, Yugoslaviyada kurashlar shu darajada 
keskinlashib ketdiki, uning parchalanib ketishi yetmaganday qirg’inbarot fuqarolar 
urushi uzoq-yillarga cho’zildi. 


233 
SSSRda va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarda bo’lgan o’zgarishlar 
jarayoni Sharq va G’arb tarixchilari orasida ham, davlat arboblari orasida ham 
“Sotsializm va kommunizmning tarixiy taqdiri halokatli tugadi” degan xulosani 
tug’dirdi. Masalan: AQShning sobiq davlat arboblaridan biri Z.Bjezinskiy o’zining 
“Buyuk ag’darilish, XX asrda kommunizmning tug’ilishi va o’lishi” degan 
kitobida: – “Kommunizm bugun mafkuraviy jihatdan ham, sifat jihatdan ham 
umumiy inqiroz holatidadir” – deb yozgan edi. Professor Z.Bjezinskiy SSSRga 
alohida e’tibor berib: “XX asrning 20-yillarida dunyo davlatlari SSSRdagi 
kommunistik qurilish tajribasini biron-bir natija beradi deb kutgandilar. Bu taxmin 
ayniqsa Ikkinchi jahon urushidan keyin 60-yillargacha ishonch qozonib kelajak 
takdiri kommunizm bilan bog’liq bo’ladi deyishga asos bo’lgan edi. Biroq keying 
yillarda SSSR kishilarni va davlatlarni o’ziga jalb qilmaydigan, xalq xo’jaligi 
turg’unlikka yuz tutgan davlatga aylanib qoldiki, bu kommunistik jamiyatning 
kelajagi yo’qligini ko’rsatadi”, – degan edi. 
Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarda yuz bergan o’zgarishlar 
jarayoni tarixga zo’ravonlik hukmini o’tkazishga urinishning yaroqsizligini, kuch 
ishlatish va gegemonlik yo’li bilan siyosat yuritishning og’ir oqibatlar bilan 
tutashligini ko’rsatdi. Ko’pgina partiyalar va siyosiy kuchlar shunday yo’l 
tutishlari oqibatida tarix maydonidan mag’lub bo’lib chiqib ketdilar. 
Biroq, shuni aytish lozimki, jamiyatning mazmunini va partiyalarning yaxshi 
yoki yomonligini ularning qanday nom bilan atalishi belgilamaydi, aksincha, 
amalga oshirilgan ishlarning ko’lami va xalqparvarligi belgilaydi. Shu nuqtai 
nazardan oladigan bo’lsak, jamiyatning sotsializm deb siyosiy yetakchi 
kuchlarning kompartiyalar deb nomlanishini qoralash unchalik to’g’ri emas. Faqat 
shunisi achinarliki, o’zlarini xalq manfaati uchun xizmat qiluvchi, uning dardi va 
g’ami bilan yonuvchi kishilar qilib ko’rsatgan rahbar kommunistlargina 
aybdordirlar. Kommunistik partiya ham sotsializm jamiyati ham shuning uchun 
kishilar nazarida yomon ko’rinib qoldiki, yuqoridagi chinovnik-byurokratlar 
barcha qilg’iliklarini sotsializm va kommunistik partiya nomidan qildilar. 


234 
1989-yilning oxiridagi anketa so’rovlarning natijasi shuni ko’rsatdiki, 
Chexoslovakiyadagi oddiy kishilarning ko’pchiligi “Hokimiyat tepasida kommu-
nistlar turadimi, demokratlar turadimi bizga baribir. Eng muhimi, kishilarning 
yaxshi yashashi va mehnat qilishi uchun sharoit yaratib berilsa bo’ldi, shunisi 
achinarliki, bizni uzoq yillar davomida kaltafahmlar boshqarib keldi”, deyishdi. 
Yevropadagi sobiq sotsialistik davlatlarda bo’lgan o’zgarishlar jarayonidan 
keyin ko’plab partiyalar siyosiy maydonga keldi. Bo’lib o’tgan demokratik 
parlament saylovlarida ular ishtirok etsalarda, bu partiyalarning qaysilari qancha 
vaqt yashab turishi mumkiiligi to’g’risida biron narsa deyish qiyin bo’ldi. 
Parlament saylovlaridan keyin hokimiyatga o’ng sentristlar bloki chiqib oldi, ba’zi 
bir mamlakatlarda hal qiluvchi rolni sinfiy partiyalar emas, balki yangidan tuzilgan 
Pol’shadagi “Birdamlik” formasidagi xalq harakatlari o’ynadilar. Xususan, 
Slovakiyada “Zo’ravonlikka qarshi jamoatchilik harakati”, Bolgariyada 
“Demokratik kuchlar ittifoqi” va hokazo. Bir qancha hukmron partiyalar Pol’sha 
BIPni hisobga olmaganda, jumladan VSIP, GBSP, RKP, YUKP va ChKP qayta 
qurishning dastlabki davridayoq o’z faoliyatlarini to’xtatdilar. 
Shuni ham aytib o’tish kerakki, 1989-yildan boshlangan o’zgarishlar 
jarayoni forma jihatidan Yevropa qit’asida “orqaga qaytish” protsessini boshlab 
berdi. Varshava Shartnomasi mudofaa tashkiloti o’z faoliyatini to’xtatdi. O’zaro 
Iqtisodiy Yordam Kengashi tugab ketdi, GDR GFR bilan qo’shilib, yagona 
Germaniya davlati tashkil topdi. Chexoslovakiya Chexiya va Slovakiya 
davlatlariga, Yugoslaviya bir qancha mustaqil davlatlarga bo’linib ketdi. SSSR 
qurolli kuchlari Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlaridan olib chiqib 
ketildi. Rossiyaning so’nggi qo’shinlari ham Germaniya davlati hududidan 1994-
yilning oxirida olib chiqib ketildi. 
Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sobiq sotsialistik davlatlarda 
ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda nishonlanib kelingan bayram kunlari 
ham o’zgartirildi. Masalan; Bolgariyada 9-sentyabr (1944-yil, frontining tuzilishi) 
kuni o’rniga 3-mart – (1878- yil, San Stefano bitimi imzolanishi) kuni; 
Ruminiyada 23-avgust (1944-yil, Antonesku diktaturasining ag’darilgan) kuni 


235 
o’rniga 1-dekabr – (1918-yil, Ruminiyaga Transilvaniyaning qo’shilgan) kuni; 
Chexoslovakiyada 9-may (1945-yil, Chexoslovakiyaning ozod qilingan) kuni 
o’rniga 28-oktabr (1918-yil, Chexoslovakiyaning mustaqilligi e’lon qilingan) kuni; 
Pol’shada 22-iyul (1944-yil, Pol’sha millatini ozod qilish komiteti e’lon qilingan) 
kuni o’rniga 11-noyabr (1918-yil, Pol’shaning mustaqilligi e’lon qilingan) kuni; 
Vengriyada 4-aprel’ (1945-yil, fashizmdan ozod qilingan) kun o’rniga 23-oktabr 
(1956-yil, Budapesht qo’zg’oloni boshlangan) kuni milliy bayram kunlari sifatida 
nishonlanadigan bo’ldi. 
Bu mamlakatlarda ikkinchi jahon urushi yillari tarixi va undan keyingi 
o’tgan-yillar tarixi qayta yozildi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin