Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Nazorat uchun savollar: 
1. “Manxetten proyekti” deb nomlangan o’ta maxfiy tashkilot faoliyati nima 
bilan bog’liq? 
2. Fashistlar Germaniyasi tomonidan tashkil etilgan “O’lim lagerlari” haqida 
so’zlab bering? 
3. Gitler va Mussolinining Germaniya bilan Italiya o’rtasida harbiy ittifoq 
tarixda qanday nomlanadi? 
4. 1939-yil 23-avgustda hujum qilmaslik haqidagi 10 yillik shartnoma 
imzolangan shartnomaning maxfiy qo’shimcha ahdnomasi haqida nimalarni 
bilasiz? 
5. Ikkinchi jahon urushini tezlashtirgan “Sharmandali Myunxen bitimi” 
haqida ma’lumot bering?
 
ENG YANGI DAVRDA XALQARO MUNOSABATLAR 
REJA: 
1. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro munosabatlar. 
2. Dunyo siyosatida markazga intilish tendensiyalari. 
3. Ko’p qutbli dunyo chizgilari. 
4. Sotsializm yemirilishining sabablari va oqibatlari. 
 


198 
Tayanch
 
so’z va
 
iboralar: Ikki qutbli dunyoda AQSh va SSSRning 
yetakchiligi. Germaniyaning taqsimlanishi. BMT. NATOning tuzilishi. Kuba 
inqilobi va Karib inqirozi. Qurollanish poygasi. Koreya urushi. Isroil – Arab 
davlatlari urushi. AQSHning V’yetnamga hujumi. “Katta sakrash”. Afg’onistonga 
SSSRning bostirib kirishi. Eron – Iroq urushi. Iroqning Quvaytni bosib olishi. 
AQSh – Iroq urushlari. Ko’p qutbli dunyoning vujudga kelish sabablari. SSSRning 
parchalanishi. Yugoslaviyaning parchalanishi. Yevropadagi o’zgarishlar.
 
“Sovuq urush”ning boshlanishi va XX asr 50–70-yillarning birinchi 
yarmida ikki qutbli dunyoviy tartibning shakllanishi. Ikkinchi jahon urushi 
jahon sahnasida mavjud sharoitni o’zgartirib yubordi. AQSh va SSSR 
boshchiligidagi ikki harbiy-siyosiy bloklar – NATO va Varshava Shartnomasining 
qarama-qarshiligi xalqaro munosabatlarning ikki qutbli shaklini vujudga keltirdi. 
Ikki bloklar orasidagi nizo dunyo miqyosidagi mafkuraviy, siyosiy va harbiy 
qarama-qarshiliklarning jamiyat namunasining qarshisidagi aksi edi. SSSR va 
AQSh o’rtasidagi nizo “sovuq urush” – ikki qudratli davlatlarning mafkuraviy 
kurashi va geosiyosiy qarama-qarshiliklari natijasida yuzaga keldi. Bir tomondan 
AQSh va Buyuk Britaniya, ikkinchi tomondan SSSR antigitler ittifoqchilari 
orasidagi nizo – ikkinchi jahon urushi oxirlarida urushdan keyingi boshqaruv 
to’g’risidagi savollar, kun tartibida qo’yilgan paytda antigitler koalitsiyasi 
ittifoqchilari - bir tomondan AQSh va Buyuk Britaniya, ikkinchi tomondan SSSR 
orasidagi nizo o’sib bordi. Buyuk Britaniya, ikkinchi tomondan SSSR orasidagi 
nizo o’sib bordi.
Buyuk Britaniyaning oldingi bosh vaziri U. Cherchil ilgarigi ittifoqchilar 
orasidagi to’liq uzilishni va “Sovuq urush”ning boshlanishini birinchilardan 
ochiqcha e’lon qildi. U 1946-yil 5-martdagi Fulton (AQSh)dagi nutqida 
kapitalistik mamlakatlarga kommunizmni eksport qilish rejalari va SSSRga qarshi 
kurashish uchun anglo-amerika ittifoqini tuzishga chaqirdi. Sovet Ittifoqi o’z 
navbatida natsizm bilan kurashishda va xalqaro sahnada dunyoviy sotsialistik 
tizimni yaratishdagi mavqeini mustahkamlashdagi yutuqlarini ko’rib chiqardi. 


199 
G’olib davlatlarning qattiq qarama-qarshiligi natijasida 1947 – 1949-yillarda 
okkupatsion Germaniyasida ikki davlat – Germaniya Demokratik Respublikasi 
(GDR) va Germaniya Federativ Respublikasi (GFR)ni paydo bo’lishiga olib keldi. 
Dunyoning bo’linishi aniq chizgilarni oldi. 
Keyingi yillarda AQSh boshchiligidagi G’arb mamlakatlari Sovet Ittifoqi 
munosabatida “kuchlar mavqeidan” siyosat o’zaniga doir bir necha tadbirlar 
o’tkazishdi. Ular ichida eng muhimi dunyo bo’ylab “kommunizmga qarshi salib 
yurishi” ga boshchilik qilgan Trumen doktrinasi (1947-yil) Yevropa 
mamlakatlariga iqtisodiy yordam dasturi – Marshall rejasining tadbiq etilishi (1948 
– 1952-yy), atlantika harbiy siyosiy bloki – NATO (1949-y)ning tuzilishi va 
shunga o’xshash Osiyodagi bloklar (SEATO, SENTO, ANZYUS) shular 
jumlasidan. Dunyoviy antikommunizmning qurilishi bevosita urushdan so’ng 
iqtisodiy va harbiy-siyosiy munosabatlarda eng qudratli sanalib AQSHga 
asoslangan edi. Amerikalik boshliqlar ikkinchi jahon urushi tugashining 1-
kunlaridan AQShning dunyo hamjamiyatidagi ildam o’rnini mustahkamlashga 
harakat qilishdi. 1949-yil oxiriga SSSR o’zining 1-atom bombasini sinagunga 
qadar, AQSh yagona atom quroliga ega mamlakat sanalardi. Vashington xalqaro 
tashkilotlar orasida, ya’ni Amerika Davlatlari Tashkilotlari (ADT), Dunyo banki va 
Xalqaro valyuta fondi, Narx va savdo bo’yicha bosh shartnomasi, Iqtisodiy 
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti va boshqalar asosiy o’rin egalladi. Ayniqsa, 40-
yillarning oxiri 50-yillarda Koreya yarim orolida, Yaqin Sharq, Kongo, Kiprdagi 
nizolar vaqtida AQSh BMTning Bosh Assambleyasidan bir necha marotaba 
o’zining imperik maqsadlarida foydalandi. Bunga bahona bo’lib, “ittifoqning 
to’g’ridan-to’g’ri aralashuviga halaqit berish” deklaratsiyasiga intilish xizmat 
qilardi. O’sha yillarda mashhur gazeta magnati G. Lyus “Urush tugashi AQShga 
shu darajada ta’sir ko’rsatadiki, natijada Amerika asri keladi” g’oyasi bilan chiqdi. 
“Amerika asri” XX asrning ikkinchi yarmida dunyo sahnasida Amerika 
siyosatining shiori bo’ldi.
Biroq, AQSh o’zining harbiy va siyosiy qudrati bilan urushdan so’nggi 
dunyoda yagona yo’lboshchi bo’la olmadi. Xalqaro darajada AQSh, o’z ta’siri 


200 
ostidagi hududlarga aralashadigan begonalar bilan qattiq kurashadigan boshqa 
mavjud yirik davlat SSSR bilan hisoblashishga majbur edi. 
Sovet Ittifoqi urushdan qudratli harbiy-siyosiy davlat bo’lib chiqdi va AQSh 
kabi eng qudratli davlat bo’lishga harakat qilardi. Gitler Germaniyasini yengishda 
muhim rol uynagan Sovet Ittifoqi dunyoda o’zining ta’siri va obro’sining oshishiga 
erishdi. Urushdan keyingi tartibga solish natijasida Sharqiy Yevropa (Bolgariya, 
Chexoslovakiya, Vengriya, Pol’sha, Albaniya va Yugoslaviya) va Osiyodagi 
(Xitoy, V’yetnam, KXDR va boshqalar) mamlakatlarning bir guruhi SSSR 
ta’siriga tushib qoldi. Dunyoviy sotsialistik tizim shakllanishiga zamin yaratildi va 
bunga 60-yillarda Kuba ham qo’shildi. SSSR va boshqa sotsialistik mamlakatlar 
tobe xalqlar va davlatlarda milliy-ozodlik harakatlarni qo’llab-quvvatlashdi. 
Natijada uchinchi dunyoda sotsialistik yo’l tanlagan davlatlar guruhi vujudga keldi 
va roli oshib bordi.
Urushdan so’ng vayron bo’lgan iqtisodiyotni tiklagan Sovet Ittifoqining 
rahbariyati diqqatni harbiy qudratni mustahkamlashga qaratdi. AQShning yadro 
monopoliyasini yengish uchun SSSR shaxsiy yadro qurolini yaratish dasturini 
ishlab chiqdi. 1949-yil Sovet Ittifoqida atom bombasining sinovi bo’lib o’tdi. Shu 
yili Yevropa sotsialistik mamlakatlari o’zaro iqtisodiy yordam kengashini tashkil 
etishdi va keyinchalik bunga Mongoliya, Kuba va V’yetnam qo’shildi. Bu tashkilot 
sotsialistik mamlakatlarning bir-biriga iqtisodiy yordam, iqtisodiy hamkorlik 
rejalarini boshqarish va xalqaro mehnat taqsimotini vujudga keltirishda katta rol 
uynadi. Sotsialistik lagerni biriktirish va NATOning harbiy hujumidan 
himoyalanish uchun 1955-yil mayda Varshavada SSSR va Sharqiy Yevropa 
sotsialistik davlatlari Pol’sha va Chexoslovakiya, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya, 
Albaniya (1968-yil shartnomani 1 tomonlama denansatsiya qildi) bilan do’stlik, 
hamkorlik va o’zaro yordam haqidagi shartnoma asosida mavjud Varshava harbiy 
pakti dunyo miqyosidagi kuchlar muvozanatini saqlashda muhim rol uynadi.
Shunday qilib XX asr 50-yillar boshlaridagi mafkuraviy siyosiy va harbiy-
siyosiy munosabatlar dunyoviy kenglik ikki qarama-qarshi qismga ajratilgan edi. 
Shu bilan birga ikki tizimning har biri o’zini xalqlarning umid va qiziqishlarini 


201 
ifodalovchi va himoyalovchi hisoblar, ayniqsa, o’zining g’alabasini to’liq va 
qarama-qarshi tomonning halokati muqarraligini asoslar edi. O’z holatining 
g’oyaviy asosini ishlab chiqib AQSh o’zini ozod dunyo himoyachisi deb SSSR o’z 
navbatida dunyo demokratiya va sotsializm tayanchi deb e’lon qildi.
“Sovuq urush” qudratli davlatlar orasidagi ishonchsizlik qurollanish 
poygasining tezlashishi, harbiy bloklar yaratilishi xalqaro munosabatlarda harbiy 
kuchlarning ishlatilishi, janjalli savollarni kelishuv asosida hal qilishdan bosh 
tortish va boshqalar bilan ta’riflanadi. SSSR va AQSh o’rtasidagi munosabatlar 
qulayligi har bir davlat tashqi siyosiy yo’nalishining asosi edi. Bu vaziyat ikki yirik 
davlat orasida bo’lingan dunyoni doimiy diqqatini qaratardi. Dunyoviy jamiyatda 
ikki qutbli ierarxik tuzilish vujudga kelib, buning boshida ikki qudratli davlat, 
ulardan so’ng buyuk davlatlar BMTning Xavfsizlik Ittifoqi a’zolari, keyin xalqaro 
maqsadlarni yechishda qo’shiladigan davlatlar turardi. 
Ushbu geosiyosiy qiziqishlar o’yinida yer kurrasining barcha joyidagi 
nizolar bir-biriga qarshi tomonlarning global kurashlarining asosiy qismi sifatida 
ko’riladi. Har ikki tomonlarning ko’zida ushbu nizolarni masalalarning yechimini 
Sharq yoki G’arbning yutug’i yoki mag’lubiyati sanalardi. Shu bilan birga u yo bu 
tomondan koinotning biror joyini yoki biror davlatning olishi boshqa tomonning 
mag’lubiyati hisoblanadi. Ikki qudratli davlatlar va ularning bloklarining bosh 
harakatlanuvchi asoslardan biri o’zining xavfsizligini ta’minlash edi. Ayniqsa, ikki 
tomonning 
diqqat 
markazida 
harbiy 
qudrat 
oshirish 
turardi. 
Xalqaro 
munosabatlarning rivojlanishi qurollanish poygasining tezlanishi bilan bog’liq 
bo’lib, odamzot taqdiriga katta xavf tug’dirgani uchun dunyoning ilg’or 
mamlakatlarining kuchlaridan jiddiylikni talab etardi. 
Biroq, dushman bloklarning boshchiligida urushlardan keyingi dunyo 
adashgan ikki qutblilikka sig’mas edi. Bundan tashqari keyingi o’n yilliklarda, 
ayniqsa, 60-yillardan boshlab uni ko’pgina omillar buzardi. Ikkinchi jahon 
urushidan keyingi jarayonlar kolonial imperiyalarning yemirilishi va ko’pgina 
yangi mustaqil har xil g’oyaviy va siyosiy yo’nalishlarga ega davlatlarning tashkil 
topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Asosan dunyo uch xil turli dunyolarga: 1-


202 
kapitalistik, 2-sotsialistik, 3-rivojlanuvchi, iqtisodiy taraqqiyot bosqichi bir-biridan 
farq qiluvchi dunyolarga bo’lingan edi. 
Ikkinchi jahon urushi Afrika va Osiyo davlatlarining ichki taraqqiyotida 
chuqur va bir necha o’zgarishlarga olib keldi. Birinchi jahon urushidek bu davlatlar 
xalqlari ixtiyorsiz jang qiluvchi davlatlar tomonidan urushganlar. Masalan, Hind 
diviziyalari Birmada, Shimoliy va Sharqiy Afrikada, Yaqin Sharqdagi ittifoqchi 
kuchlarning yirik platsdarmlariga xizmat qilib, jang qilgan. Urush davomida 
kolonial va tobe davlatlar og’ir yo’qotishlar berishdi. Masalan, Yaponiya bilan 8-
yil mobaynida urushda Xitoyda halok bo’lgan va yaradorlar 18 mln.ni tashkil etdi. 
1943-yil bir hind provinsiyasi Bengaliyadagi ocharchilikda 4,5 mln. kishi halok 
bo’ldi. Yapon okkupatsiyasi davrida ocharchilik va og’ir mehnatdan 4 mln.ga 
yaqin indoneziyalik halok bo’ldi.
Shu bilan birga ikkinchi jahon urushi tegishli davlatlar xalqlarining bundan 
keyingi milliy kapitalizmining rivoji va milliy o’zlikni anglashni o’sishiga imkon 
berdi. Birinchi jahon urushiga nisbatan u katta masshtablarda koloniyalarga va 
metrologiyalarga qarama-qarshiligini tezlashishiga, ayniqsa milliy ozodlik 
harakatlarning ko’tarilishini rag’batlantirdi. Urush og’irliklari ko’pchilik 
odamlarning kayfiyatini tubdan o’zgarishiga imkon berdi. Jamiyat o’z-o’zini 
anglashiga koloniya va mute davlat aholisini harbiy harakatlarga qatnashish 
tajribasi katta ta’sir ko’rsatdi. Urush qatnashchilari harbiy, texnik va tashkiliy 
amaliyotga ega bo’lib, bu ularning urushdan keyingi milliy-ozodlik urushida o’z 
foydasini berdi.
Urush natijasida Yaponiya qattiq mag’lubiyatga uchrab, o’zining 
koloniyalaridan ajralib qoldi va vaqtincha buyuk davlat statusini yo’qotib Amerika 
okkupatsiyasidan qutilgan Koreya o’z mustaqilligiga erishdi, biroq 1950–1953-
yilgi harbiy nizo natijasida u ikki qarama-qarshi davlatga – Shimolga Koreya Xalq 
Demokratik Respublikasi, Janubga – Koreya Respublikasiga bo’lindi. Indoneziya 
va Hindixitoy xalqlari fransuz va golland kolonizator bilan uzoq va dahshatli 
janglarda o’z mustaqilliklarini qo’lga kiritish uchun kurashishdi.


203 
Xitoy ikki jahon urushlari oralig’ida yarim mustamlakadan 1945-yilda 
Buyuk davlat statusi va BMT Xavfsizlik xizmatining doimiy a’zoligiga bo’lgan 
yo’lni bosib o’tdi. Biroq, XX asr 40-yillarning ikkinchi yarmida bu davlatda 
fuqarolar urushi boshlanib, 1949-yilda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topishi 
bilan tugadi. Boshqa Buyuk Osiyo-davlati Hindiston ikkinchi jahon urushi oxirida 
Angliya mustamlakasi edi, ammo mustaqillik uchun kurashuvchi xalqlarning 
harakati natijasida 1947-yilda ikki mustaqil davlatlar Hindiston va Pokiston 
vujudga keldi. 
Ikki qutbli dunyo tartibi asosida 50-yillarning oxirida Sovet-Xitoy 
munosabatlarining yomonlashuvi natijasida kamchiliklar bilinardi. Boshida XXR 
to’laligicha SSSR va boshqa sotsialistik ittifoqlar andoza olardi. Biroq, 50-
yillarning oxirida vujudga kelgan siyosiy va g’oyaviy kelishmovchiliklar SSSR va 
Xitoy rahbariyatini ochiq qarama-qarshilikka olib keldi. Bu uzilish xalqaro 
munosabatlarda yangi element olib keldi. Xitoy rahbariyati Xitoy Kommunistik 
Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin