Nazorat uchun savollar:
1. Fransiyada Burbonlarning hokimiyat tepasiga kelish jarayoni haqida
ma’lumot bering?
2. “Muqaddas ittifoq”ning maqsadlari haqida aytib bering?
3. Vena kongresi qatnashchilarining maqsadlari haqida so’zlab bering?
4. “Xalqlar jangi” haqida nimalarni bilasiz?
5. “Samimiy inoqlik” (yentente cordiale) deb nom olgan Angliya – Fransiya
yaqinlashuvining maqsadi nimalardan iborat?
107
6. Gizo diplomatiyasi haqida so’zlab bering?
7. 1840- yildagi London konvensiyasining maqsadi haqida aytib bering?
8. Vena kongressiga muvofiq, Angliyaning maqsadlari nimadan iborat edi?
XIX ASR – XX ASR BOSHIDA XALQARO MUNOSABATLAR VA
DIPLOMATIYA
REJA:
1. XIX asr 50–70- yillaridagi xalqaro munosabatlar.
2. XIX asr so’nggi choragidagi xalqaro aloqalar.
3. Birinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar.
4. Birinchi jahon urushi yillarida xalqaro munosabatlar.
Tayanch so’z va iboralar: Qrim urushi. Rossiya–Turkiya urushlari. Bolqon
inqirozi. Bolgariya. Berlin kongressi. San-Stefano shartnomasi. Uch imperator
ittifoqi. Otto fon Bismark. Berlin konferensiyasi. “Hadiksirash bitimi”. AQShning
kuchayishi. “Xey” doktrinasi. Rus-yapon urushi. “Bo’mba solingan bo’chka”.
Birinchi jahon urushi.
XIX asr 50–70-yillaridagi xalqaro munosabatlar. XIX asr o’rtalariga
kelib xalqaro munosabatlar va turli zidiyattlarning jahon gegemon davlatlarining
nigohi Bolqon yarimoroli, Usmoniylar imperiyasiga qaratildi. Demak, endi
Usmonli turk imperiyasini zaiflashtirish uni mustamlakalariga ko’z olaytirish bu
davr xalqaro munosabatlarining o’ziga hos xususiyaiga aylandi. Bu masalada
birinchi navbatda, Rossiya imperiyasi va Avstriya-Vengriya manfaatlari birinchi
navbatda to’qnash keldi. Rossiya imperiyasini tashqi siyosatda ancha agressor
harakat qilishga undadi. To’gri, Yevropa mamlakatlari ham jim qarab turmadi.
Jumladan, Buyuk Britaniya va Fransiya o’z navbatida Germaniya ham bunga turli
qarshiliklar ko’rsatib keldi, chunki bu hududlarda Rossiyaninng hukmron
bo’lishiga toqat qila olmas edi. Imperiyaning yarim mustamlakaga aylanishi.
Buyuk davlatlar Turkiya ichki ishlariga aralashishni tobora kuchaytirdilar.
108
Rossiyaning Turkiyaga qaram o’lkalarda mustahkamlanib olishga urinishlari
1853- yilda “Sharq urushi”ni keltirib chiqardi. Bu urush Rossiya tarixiga “Qrim
urushi” nomi bilan kirgan. Rossiya podshosi Nikolay I sultondan Rossiyani
Turkiya imperiyasiga qaram o’lkalarda yashovchi barcha pravoslav xalqlarining
homiysi ekanligini tan olishini talab etdi. Buyuk Britaniya va Frantsiya sultonni
bu talabni rad etishga undadilar. Oqibatda, Rossiya – Turkiya urushi boshlandi.
Urushda Buyuk Britaniya, Fransiya va Turkiya uchlik koalitsiyasi g’alaba
qozondi. Biroq, bu g’alaba Turkiyaning Buyuk Britaniya va Fransiyaga
qaramligini yanada kuchaytirdi. Urush natijasida imzolangan Parij Tinchlik
shartnomasi Turkiya ustidan amalda G’arb davlatlarining “homiyligi”ni
ta’minladi. Chet elliklarga Turkiyada yer va boshqa ko’chmas mulklar sotib
olishga ruxsat etdi. Chet davlatlarga berilgan konsessiyalar kafolatlandi. Shu
tariqa Turkiyaning yarim mustamlakaga aylanishiga yo’l ochildi. G’arbiy
Yevropada sanoat inqilobi tugallanayotgan bir davrda Turkiyada hamon o’rta asr
feodal tartiblari hukmronligicha qolaverdi.
G’arb davlatlarining Turkiyaga nisbatan tutgan siyosatlari bu tartiblarni
yanada mustahkamladi. XIX asrning 60- yillariga kelib mustamlakachi davlatlar
Turkiyada uning siyosatini belgilashga imkon beruvchi iqtisodiy va siyosiy
mavqega ega bo’ldilar.
Ayni paytda Turkiya moliyaviy qaramlik botqog’iga ham bota boshladi.
XIX asr 70- yillarda uning chet davlatlardan qarzi 2,4 mlrd frankni tashkil etdi.
Shu tariqa bir vaqtlar dunyoning 3 qit’asida ulkan mustamlakalarga ega bo’lib
olgan Turkiya endilikda Yevropaning buyuk davlatlari yarim mustamlakasiga
aylandi.
Voqealar bunday rivoji Rossiyani to’xtatib qolmadi. Harqanday yo’l bilan
ham kurashdan qaytmasdan, o’z manfaatlaridan voz kechmadi. Rossiya agressiv
siyosatining asosiy yo’nalishlari Bolqon, Uzoq Sharq, Turkiya hamda Qora
dengiz bilan O’rta Yer dengizini bog’lovchi Dardanell va Bosfor bo’g’ozlari
hamda O’rta Osiyoda o’z hukmronligini o’rnatish edi. Tez orada Bolqon inqirozi
yuz berdi. 1875- yilning yozida Gersegovina va Bosniyada Turkiya
109
mustamlakachiligiga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. Ular milliy mustaqillik talab
qildilar. Bolgariyada ham shunday qo’zg’olon ko’taritdi. Biroq, qo’zg’olon
shafqatsizlik bilan bostirildi. Bolqon inqirozi buyuk davlatlaraing manfaatini yana
bir bor to’qnashtirdi.
1876- yilda Serbiya–Turkiya urushida Turkiyaning qo’li baland kela
boshladi. Shunday sharoitda 5- oktyabrda Rossiya Turkiyadan Serbiya bilan
yarash bitimi imzolashni va armiyasini demobilizatsiya qilishni talab etdi. Biroq,
Turkiya bu talabning bajarilishini paysalga soldi. 31- oktyabr kuni Rossiya bu
masalada Turkiyaga ultimatum topshirdi. Shu tariqa, Serbiya halokatdan saqlab
qolindi.
1876- yil 26- dekabrda Konstantinopolda Bolqon masalasida xalqaro
konferensiya chaqirildi. 1877- yil 28- fevralda Serb-turk tinchlik shartnomasi
imzolandi. Bosniya, Gersegovina va Bolgariyaga muxtoriyat berish talablari esa
qog’ozda qoldi.
Turkiya Serbiya bilan tinchlik shartnomasi tuzgan bo’lsa-da, o’z armiyasini
demobilizatsiya qilmadi. Bu Rossiya uchun ayni muddao bo’ldi. Rossiya 24- aprel
kuni Turkiyaga urush e’lon qildi. Serbiya va Chernogoriya ham urush
harakatlarida qatnashdi. Rossiya armiyasi Turkiya armiyasiga katta talofat
yetkazdi. 1877- yilning oxirida Plevna yonida Usmon poshsho 43 ming qo’shini
bilan taslim bo’ldi. 1878- yil yanvarda Skobelev armiyasi Adrianopolni ishg’ol
qildi. Rossiyaning muvaffaqiyatlari Angliyani tashvishga solib qo’ydi. 1878-yil 3-
fevralda Angliya o’z harbiy kemalarini Marmar dengiziga kiritdi. Rossiya
armiyasi Konstantinopol shahriga bostirib kirsa, Rossiya bilan diplomatik
aloqasini uzishini ma’lum qildi.
1878- yil 19- fevralda San-Stefanoda Rossiya-Turkiya shartnomasi
imzolandi. Shartnoma Bolqon yarim oralining siyosiy xaritasini tubdan o’zgartirib
yubordi. Chunonchi, Bolgariya Turkiyaga nomigagina qaram, amalda esa
mustaqil davlatga aylandi. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiya to’la mustaqil
davlatlar deb tan olindi. Turkiyaning Rossiyaga 1 mlrd. 410 mln. rubl tovon
to’lashi belgilandi.
110
Biroq, San-Stefano shartnomasini “jahon hokimi” – Angliya tan olmadi. U
bu shartnomani qayta ko’rib chiqishni talab etdi. Germaniya va Avstriya-
Vengriya ham bu talabga qo’shildilar. Yakkalanib qolgan Rossiya yangi xalqaro
kongress – Berlin kongressi chaqirilishiga noiloj rozi bo’ldi.
Kongress 1878- yil 13- iyunda ochildi. Unda Angliya, Fransiya,
Germaniya, Rossiya, Avstriya-Vengriya, Italiya va Turkiya delegatsiyalari
qatnashdi (Bolqon davlatlari Berlinga taklif etilgan bo’lsalar-da, ularga kongress
qatnashchisi maqomi berilmagan).
3- iyulda kongress o’z ishini yakunladi va “Berlin traktati” deb nomlangan
hujjat imzolandi. Bu hujjat Rossiyaning San-Stefano shartnomasi natijasida qo’lga
kiritgan katta muvaffaqiyatlarining ahamiyatini kamaytirib yubordi. Chunonchi,
Angliya harbiy kemalari Qora dengizga kirish huquqiga ega bo’ldi, Kipr oroli
Angliyaga, Bosniya va Gersegovina Avstriya-Vengriyaga in’om etildi. Bolgariya
ikkiga bo’lib yuborildi. Ayni paytda, Turkiya to’lashi lozim bo’lgan tovonning
katta qismi evaziga Rossiyaga Kavkazning Botumi, Kars va Ardagan hududlari
berildi. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyaning davlat mustaqilligi tan olindi.
Berlin kongressi Bolqon va Usmonli imperiyasini amalda taqdirini
beligilash, kelajak uchun belgilangan reja bo’lib xizmat qildi. Bu tez orada o’z aks
sadosini namoyish etdi. Jumladan, Bolqonda kelajakda “bo’mba solingan
bochkaga”
aylandi, rejalashtirilgan bahonaviy urushlar uchun sabab bo’ldi,
Turkiya esa taqdirini o’zgalarga tuhfa etishda davom etishga majbur bo’lib qoldi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan asr boshida Yevropada hukmronlik uchun kurash
ketgan bo’lsa asta-sekin uning miqyosi kengayib borib Afrika, Osiyo va
dunyoning mustamlakalarga ega bo’lish jarayoni bilan yer yuzini qamrab oldi. Bu
vaziyatni biz ko’rib chiqayotgan XIX asrning so’ngi choragida, ayniqsa yaqqol
namoyon bo’ladi, keyingi davrda esa jahonda yakka hokimlik ucun ochiqdan
ochiq davolar qilishga intildi.
Monopalistik kapital hukmronlik qilayotgan mamlakatlar siyosati shu
davlatlardagi badavlat guruhlar vakillarning manfaatlariga xizmat qilar edi.
111
Bu davlatlarning tashqi siyosati boshqa davlatlarni ko’proq talash va
ularning xalqlarini ezish orqali olayotgan foydalarini oshirish, o’z mulklari ta’si
doiralarini kengaytirishga qaratilgan edi.
Bundan tashqari, millatchilik, boshqa millatlarga nisbatan ishonchsizlik va
dushmanlik avj oldirildi. Boshqa xalqlar ustidan hukmronlik qilishga intilish
ularni talash va ekspluatatsiya qilish, shovinizm millatchilik targ’ib qilindi.
Kapitalistlar xalq ommasini chalg’itar, hukmron doiralar olib borayogan
bosqinchilik siyosatidan mazlum xalqlarning ozodlik uchun kurashiga qarshi
foydalanar edi.
Millionlab odamlarni qurbon qilgan va g’oyat katta vayronagarchiliklar
keltirgan jahon urushlari “ochko’z” monopolistlarning insoniyat boshiga solgan
dahshatli fojiyalardandir.
Germaniyaning qaytadan birlashuvi va Germaniya imperiyasining 1876-
yilda paydo bo’lishi hamda Italiya qiroligining vujudga kelishi Yevropaning
siyosiy xaritasini butkul o’zgartirib yubordi. Germaniyada ilgari 36 ta, Italiyada 7
ta kichik viloyat mavjud edi. Endilikda ularning o’rnida ikkita tirik davlat paydo
bo’ldi.
Bu davlatlarning kuchayishidan xavotirlangan Rossiya Fransiya–Prussiya
urushida betaraflik pozitsiyasida bo’lsa-da, Bismarkning Fransiaga hujum
uyushtirishigan to’sqinlik qildi. Bu hol Rossiya–Germaniya munosabatlarining
keskinlashuviga olib keldi. Lekin, Germaniya qaysi qaysi davlat bian
munosabatlarni yomonlashtirmasin, dushmani Fransiya billan ittifoqdosh
bo’lishidan xavfsirar edi. Bismark buni e’tiborga olib, Fransiyaning Germaniya ga
qo’shni bo’lgan birorta mamlakat bilan yaqinlashuviga yo’l qo’ymaslik
maqsadida “Uch imperator ittifoqi” (1873- yil) nomi bilan mashxur bitimni
tuzishga erishdi. Germaniya, Avstriya–Vengriya va Rossiya birortalariga hujum
bo’lish xavfi bo’lgan taqdirda birgalikda harakat qilish haqida kelishib oldilar. Bu
bitim noaniqlik xususiyatiga ega bo’lib bitim ishtirokchilarining birortasi ham
o’ziga aniq majburiyatlar olishini xohlamas edi. Aslini olganda, Bismark qanday
bo’lmasin, Fransiyaga o’zini o’nglab olmasdan oldin yana tez fursat ichida zarba
112
bermoqchi edi. Chunonchi, 1875- yilning bahorida Bismark nemis matbuotida
Fransiyaga qarshi ig’vogarlikdan iborat tashviqotni boshlab yubordi. Bismark
Peterburgga maxsus missiya yuborib, unga yangi Germaniya – Fransiya urushida
Rossiya betaraf bo’lishi evaziga Turkiya “hisobiga” nimalarni olishi mumkinligini
aniqlashni topshirdi. Biroq, rus hukumati Germaniyaning bu o’zboshimchaligiga
yo’l qo’ymasligini bildirdi. Angliya ham huddi shunday qildi. Shu sababdan ham
Germaniya yuqorida keltirganimiz Rossiyaning Turkiyaga XIX asrning 70-
yillardagi bosqinlariga toki San-Stefano sulhiga qadar jim turib kelgan edi.
Yuqorida izohlanganimiz Berlin kongressidan so’ng nemis hukumati 1879- yilda
chegara boji joriy qilib, rus chorvachilik mahsulotlarini Germaniyaga kiritilishini
cheklab qo’ydi. Bu narsa Rossiya eksportiga, qishloq xo’jaligiga katta iqtisodiy
zarba bo’ldi.
Ikkinchidan, Rossiya Turkiya bilan bo’lgan urushda Bolqon mamlakatlarida
o’z ta’sir doirasini kengaytirishni maqsad qilgan edi. Bolqon davlatlariga
Avstriya–Vengriya ham da’vo qilar, u ham Bolqon yerlarida o’z hukmronligini
kengaytirishni ko’zlar edi. Urush yakunida bir necha Bolqon davlatlari o’z
mustaqiliklarini qo’lga kiritgan edilar (Berlin kongressi) ta’ sirini o’rnatish uchun
Rossiya bilan Avstriya-Vengriya o’rtasidagi bu kurashda Germaniya Avstriya-
Vengriyani yoqlab chiqdi va Rossiyaning Bolon yarim orolidagi mufaqiyyatlarini
to’la tan olmadi.
Germaniya Rossiya bilan Fransiyaga qarshi kurashish maqsadida agressiv
harbiy bloklar tuzishni boshladi va 1879- yilda Avstriya-Vengriya bilan harbiy
ittifoq tuzdi. 1882- yilda Germaniya, Italiya va Avstriya-Vengriya bilan yangi
ittifoq bitimlarini imzoladi. Bu “Uchlar ittifoqi nomi bilan tarixga kirgan siyosiy,
harbiiy blok shaklandi.
Bismark 1883- yilda Avstriya–Vengriya bilan hamkorlikda 3 yil muddatga
Rossiya bilan bitim tuzishga erishdi. Bitimga muvofiq, Germaniya bilan Fransiya
o’rtasida nizo chiqsa Rossiya betaraf turadigan, Avstriya-Vengriya va
Germaniyaning esa Rossiya bilan Buyuk Britaniya urushida betaraf turishiga
113
kelishildi. 1884- yilda esa rus hukumati faqatgina Fransiya Germaniyaga hujum
qilgandagina betaraf qolishini aytdi.
Bitimning boshqa moddasiga binoan Avstriya-Vengriya va Germaniya
Turkiya hukumatidan Bosfor va Dardanell bo’g’ozlarini “yopib“ qo’yishni talab
qildi va ingliz flotining Qora dengizga kirishini to’xtatdi , bu bilan Rossiyaga
yordam berdi. Bismark ma’lum darajada Rossiya xavfsizligini ta’minlab, O’rta
Osiyoda rus ekspansiyasini kuchaytirishni rag’batlantirdi va Buyuk Britanya–
Rossiya munosabatlarini keskinlashtirdi. Germaniyaning asl maqsadi ham shu edi.
Dostları ilə paylaş: |