Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Vena kongressi. Fransiya tor-mor qilinmasdan oldinoq, oltinchi ittifoqning 
asosiy qatnashchilari diplomatik kongress chaqirishni va’dalashib qo’ydilar. 
1814- yil sentyabrda Venada juda katta diplomatik kongress ochildi, ilgari hech 
qachon bunday katta diplomatik kongress chaqirilmagan edi. Kongressga birgina 
Turkiya imperiyasidan boshqa Yevropadagi barcha davlatlardan 216 vakil keldi. 
Kongressda Napoleonni yenggan eng kuchli davlatlar: Rossiya, Angliya va 
Avstriya asosiy rol o’ynadi. Rossiyaning vakillari imperator Aleksandr I, diplomat 
Karl Nesselrode va Rossiyaning kongressdagi birinchi muxtor vakili Andrey 
Razumovskiylar edi. Rossiya kongressning ishiga juda katta ta’sir ko’rsatib, 
Napoleonni tor-mor keltirishda rus xalqi o’ynagan hal qiluvchi roldan o’z 
manfaatlari uchun foydalandi. 
Yevropadagi yirik monarxiyalarning kongressga to’plangan vakillari 
Napoleonning burjua imperiyasi ustidan qozonilgan g’alabani tantana qildilar. 
Kongress qatnashchilarining birinchi maqsadi Yevropa xalqlarining 
respublikachi-demokratik va milliy-ozodlik harakatlarini bostirish va ilgari 
Napoleon bo’ysundirgan davlatlardagi avvalgi, feodal-absolyutistik tartiblarni 
tiklash edi. Bu davlatlarning hammasida kongress oldingi sulolalarni imkon 
boricha qaytadan taxtga o’tqazdi. G’oliblarning ikkinchi maqsadi Napoleon 


79 
ustidan qozonilgan g’alabani mustahkamlashdan, Fransiyaning bonapartizm 
rejimiga qaytishiga va qaytgan taqdirda Yevropani yangidan istilo qilishga 
urinishi ehtimollariga qarshi mustahkam to’siq yaratishdan iborat edi. Buning 
uchun kongressning rahbar qatnashchilari Fransiya bilan chegaradosh davlatlarni 
kengaytirish va kuchaytirishga hamda bu davlatlarni Fransiyaga qarshi to’siqqa 
aylantirishga harakat qildilar. 
 G’oliblarning uchinchi maqsadi o’zlarining hududiy davolarini qondirish, 
davlatlarning Yevropadagi va mustamlakalardagi yerlarini qaytadan taqsimlab 
olish edi. Shu bilan birga Vena kongressi yirik monarxiyalarning muddaosiga 
xizmat qilib, ayrim xalqlarning milliy-ozodlik yo’lidagi intilishlari va 
etnografik 
chegaralarini e’tiborga olmadi. Bu esa buyuk davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlarning 
keskinlashuviga olib keldi. 
Kongressda uning qatnashchilari o’rtasida jiddiy ziddiyatlar ro’y berdi. 
Rossiya imperiyasining G’arbiy Yevropadagi ta’sirini mustahkamlash uchun 
Aleksandr I Germaniyada ikkita kuchli davlat – Avstriya bilan Prussiyani saqlab 
qolishga intildi: ular o’zaro raqobat qilib, doimo bir-biriga qarshi bo’lishi kerak 
edi. Aleksandr I o’zini Fransiya tomonidan bo’ladigan xavfdan saqlashga intilish 
bilan birga Fransiyaning haddan tashqari xo’rlanishi va zaiflanishiga yo’l 
qo’ymadi: bunga yo’l qo’yish Fransiyani german davlatlarining kuchini G’arbga 
chalg’itish qobiliyatidan mahrum qilgan bo’lar edi. Rossiya Yevropa sharqida 
tugatilgan Varshava gersogligining deyarli butun hududini bosib olmoqchi bo’ldi. 
Bu vazifaning hal qilinishini osonlashtirish uchun Aleksandr pol’yak 
dvoryanlarining bir qismi bilan til biriktirdi. Pol’shada mahalliy qonunlarni saqlab 
qolishni hamda Pol’shaga cheklangan, aristokratik konstitutsiya va o’z armiyasiga 
ega bo’lish huquqi berishni va’da qildi. 
Avstriya bilan Prussiya Aleksandr I ning bu ishiga norozilik bildirdilar, bu 
ikki davlat o’zlari olmoqchi bo’lgan pol’yak viloyatlariga hech qanday muhtoriyat 
berishni istamadilar. 
Aleksandr I pol’yak yerlaridan katta bir qismining Rossiyaga o’tishiga 
Prussiyaning roziligini olish maqsadida Prussiyaning butun Saksoniyani olish 


80 
to’g’risidagi da’vosini qo’llab-quvvatlashga va’da berdi. Prussiya qiroli singari, 
Aleksandr I ham bosqinchilik niyatida edi. Saksoniya qirolining (ayni zamonda u 
Varshava gersogi ham edi) Napoleonga ittifoqchi va vassal bo’lganligi Pol’sha 
bilan Saksoniyaning taqsimlab olinishiga bahona bo’ldi. 
Angliyaning 
torilar 
hukumati 
savdo-sanoat 
va 
mustamlakachilik 
monopoliyasining Angliya qo’lida bo’lishini ta’minlashga harakat qildi. Torilar 
hukumati Yevropa ligasidagi aristokratik reaksiyani qo’llab-quvvatlashni o’z 
maqsadiga erishishning eng yaxshi vositasi, deb bilar edi va shu sababli u 
Angliyaga raqib bo’la oladigan mamlakatlarda turg’unlik va qoloqlik holatini 
mumkin qadar uzoqqa cho’zishga harakat qildi. Britaniya tashqi ishlar vaziri 
Kaslri Napoleon urushlari davrida fransuzlardan, ispanlardan va gollandlardan 
bosib olingan mustamlakalarning Angliya qo’lida qolishiga erishmoqchi bo’ldi. 
Ammo u dastlab burjua Angliyasining eng xavfli raqibi bo’lgan Fransiyani 
zaiflashtirishga va uning hududini 1792- yildagi chegara doirasi bilan cheklashga 
harakat qildi. Britaniya kabineti Burbonlar sulolasini qaytadan taxtga chiqarishni 
ayniqsa qattiq talab qildi. U shuningdek, Fransiya chegaralari yonida to’siq 
davlatlar barpo etishga va Reyn daryosi bo’yida Prussiyani kuchaytirishga katta 
ahamiyat berdi. Ingliz diplomatiyasi o’zining Yevropadagi siyosatini Yevropa 
qit’asidagi davlatlarni bir-biriga qarama-qarshi qilib qo’yishga qaratdi. Bu 
davlatlar bir-biriga “tenglashib” olguncha Angliya ularga doimo hakamlik qilish 
imkoniyatiga ega bo’ldi va mustamlakalarni bemalol bosib olaverdi. Kaslri 
Rossiyaning Yevropadagi ta’siri yanada kuchayib ketishidan qo’rqib, Aleksandr I 
ning Pol’sha to’g’risidagi rejalariga turli yo’llar bilan qarshilik ko’rsatishga 
urindi, shuning uchun ham Pol’shani yangidan taqsimlashda uning Rossiyaga 
o’tishi mumkin bo’lgan qismini kamaytirishga va Avstriya bilan Prussiyaning 
hissasini ko’paytirishga harakat qildi. 
Vena kongressida Avstriyaning vakili knyaz Metternix edi. Inqilobiy va 
milliy-ozodlik harakatlari chinakam “xalqlar turmasi” bo’lgan ko’p millatli 
Gabsburglar monarxiyasining hayotiga xavf solmoqda edi. Shu sababli, Metternix 
monarxlarni inqilob bilan qo’rqitib va ularni jipslashtirib, reaksiya tamoyillarini 


81 
zo’r berib himoya qildi. Avstriya hukumati Prussiya bilan Rossiyaning kuchayib 
ketishiga mumkin qadar yo’l qo’ymaslikka harakat qildi. Metternixning 
Germaniya masalasida tutgan siyosati Germaniyaning tarqoqligini saqlab qolish 
bilan birga unda Avstriya ta’sirining ustun bo’lishini ta’minlashdan iborat edi. 
Prussiyaning Vena kongressida yuritgan siyosatning negizi pruss yunkerlari 
ahvolini mustahkamlashdan, Saksoniyani bosib olish va ayni zamonda Reyn 
daryosi bo’yidagi boy yerlarni qo’lga kiritishdan iborat edi. 
Fransiya hukumati Prussiyani Fransiyaning o’ta ketgan dushmani, deb bildi 
va Saksoniya qo’shib berilgan taqdirda pruss monarxiyasining yanada kuchayib 
ketishidan xavfsiradi. Fransiya hukumatida Prussiyaga protestantlar yashaydigan 
Saksoniya o’rniga katoliklar yashaydigan Reyn viloyati bilan Vestfaliyani berish 
mayli bor edi, Fransiya hukumati, Prussiya bu ikki o’lkani o’ziga qo’shib 
ololmaydi, deb o’ylagan edi. Shu sababli Taleyran Vena kongressida Prussiyaning 
Saksoniyani bosib olishiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdi. Taleyran kongressda 
davlatlar o’rtasida ro’y bergan ziddiyatlardan ustalik bilan foydalandi. Bu 
ziddiyatlardan foydalanib, Taleyran, Fransiya urushda tor-mor qilingan bo’lishiga 
qaramay, kongressda beshinchi buyuk davlat vakili sifatida o’rin ola bildi. 
Rossiyaga xalaqit berish uchun Kaslri bilan Metternix Taleyranni zo’r berib 
qo’llab-quvvatladilar, 
Napoleon 
ustidan 
qozonilgan 
g’alaba 
natijasida 
Rossiyaning g’oyat darajada kuchayib ketishi uning kechagi ittifoqchilarini shu 
qadar qo’rqitib yuborgan ediki, rus hukumati bilan pruss hukumatining Pol’sha va 
Saksoniya masalalaridagi rejalariga qarshi turish maqsadida Angliya, Avstriya va 
Fransiya 1815- yil 3- yanvarda o’zaro maxfiy ittifoq tuzdilar. Fransuz tarixchilari, 
odatda, bu shartnomani Taleyranning qilgan ishi, deb ko’rsatsalar ham, lekin 
haqiqatda uning qilgan ishi emas edi. Bu bitimni zimdan tayyorlashda ingliz va 
Avstriya diplomatlari asosiy rol o’ynagan edilar. Yangi ittifoqchilar bir-birlariga 
harbiy yordam berishni va’da qildilar va bu akt imzolangandan keyin Rossiya 
bilan Prussiyaga tazyiq qilishni juda kuchaytirdilar. 
Prussiya Saksoniyaning hammasini emas, balki shimoliy qisminigina 
olishga rozi bo’ldi, Saksoniyaning janubiy qismi mustaqil qirollik bo’lib qoldi. 


82 
Podsho ham sobiq Varshava gersogligining hamma yerini o’z mulklariga qo’shib 
olishdan voz kechishga majbur bo’ldi, gersoglikka qarashli hududning katta bir 
qismi Rossiyaga o’tdi, Poznan bilan Gdansk (Dansig) Prussiya qo’lida qoldi. 
Bundan tashqari, Shvetsiya Pomeraniyasi Prussiyaga tegdi, Galitsiya esa 
Avstriyaga berildi. G’arbda ilgari mayda knyazliklarning yerlaridan tashkil topgan 
ikkita katta viloyat – Reyn viloyati bilan Vestfaliyani Prussiyaga qo’shishga qaror 
qilindi. Germaniyaning bu viloyatlari iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy qilgan bo’lib, 
strategiya jihatidan muhim ahamiyatga ega edi. Bu viloyatlarning qo’shib berilishi 
Prussiyaga keyinchalik Germaniyaning katta qismini bo’ysundirish hamda 
Fransiyaning eng kuchli va eng xavfli dushmaniga aylanish imkoniyatini berdi. 
Vena kongressida Pol’sha to’rtinchi marta qayta taqsimlandi. Pol’shaning 
yangidan taqsim qilinishi natijasida uch davlat: Rossiya, Avstriya va Prussiyaning 
hukmron tabaqalari polyak milliy harakatini birgalikda bostirishdan avvalgidek 
manfaatdor bo’lib qola berdilar. Faqat Krakov shu qadar janjalli punkt bo’lib 
qoldiki, uning kimga berilishi to’g’risida bir fikrga kelish mumkin bo’lmadi. 
Krakov shahri va unga bevosita tutashgan hududdan kichik bir mustaqil 
respublika barpo etildi. Pol’shani navbatdagi taqsimlashda va polyak xalqini 
ezishda Rossiyaning Prussiya va Avstriya bilan hamkorlik qilishi Yevropada 
reaksiyami mustahkamlashga yordam berdi. 
Napoleon Elba orolidan chiqib, Fransiya shimoliga kelib tushgan va qo’shin 
to’plab Parijga qarab yo’l olgan paytda Vena kongressi o’z ishini yakunlab qolgan 
edi. Fransiyada Bonapart sulolasining qayta tiklanishidan qo’rqib, kongress 
qatnashchilari hal bo’lmagan janjalli masalalarni yig’ishtirib qo’yib, darhol yangi 
(yettinchi) ittifoq tuzdilar. 
Napoleonning Vaterloo yonidagi jangda so’nggi marta yengilishidan sal 
oldinroq, 1815- yil 9- iyunda Vena kongressining аsosiy (oxirgi) hujjati 
imzolandi. Bu hujjatda Fransiyaning sharqiy chegaralarida fransuz tajovuzining 
yangi urinishlariga qarshi mustahkam to’siqlar barpo qilish ko’zda tutilgan edi.
Prussiyaning G’arbdagi yangi yerlari: Reyn viloyati bilan Vestfaliya 
Fransiyaga qarshi qaratilgan sharqy to’siqning asosiy bo’yini va platsdarm edi. 


83 
Gollandiya va Belgiya yagona Niderlandiya qirolligi qilib birlashtirildi va 
shunday qilib, belgiyaliklar ezilgan xalq ahvoliga tushirib qo’yildi. Bundan 
tashqari, Niderlandiya qiroli Lyuksemburg gersog ligini shaxsiy mulk qilib oldi. 
Mustaqil davlat qilib qaytadan tiklangan Shveytsariyani kongress betaraf 
davlat deb e’lon qildi va uning Napoleon tomonidan o’z davrida tortib olingan 
chegara viloyatlari (bu viloyatlarning strategiya jihatidan muhim ahamiyatga ega 
bo’lgan tog’ yo’llari bor edi) yana o’ziga qaytarib berildi. 
Italiyada Sardiniya qirolligi qaytadan tiklandi va kuchaytirildi; unga 
Savoyya bilan Nitsa qaytarib berildi va sobiq Genuya respublikasining hududi 
olib berildi. Sardiniya qirolligi Fransiyaning janubiy chegarasida Fransiyaga 
qarshi platsdarm rolini o’ynashi lozim edi. 
Vena 
kongressining 
asosiy 
oxirgi 
hujjatida 
Yevropaning 
va 
mustamlakalarning Napoleon ustidan g’alaba qozongan g’oliblar o’rtasida 
qaytadan taqsimlanish yakunlari bayon qilindi.
Rossiya Pol’shaning katta bir qismini oldi va ilgari qo’shib olingan 
Finlyandiya bilan Bessarabiyani o’z qo’lida saqlab qoldi. 
Angliya Mal’ta oroli va Gollandiya bilan Fransiyadan bosib olgan 
mustamlaka yerlarni o’ziniki qilib oldi. Afrikaning janubida ilgari Gollandiyaga 
qaragan Kap mustamlakasi va Seylon oroli mustamlaka yerlarning eng muhimlari 
edi. Bu mustamlakalar, birinchi navbatda, Hindiston yo’lidagi va uning 
bo’sag’asidagi muhim strategik punktlar sifatida Angliya uchun juda katta 
ahamiyatga ega edi. Hindistonni batamom va uzil-kesil istilo qilish Britaniya 
mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadi edi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin