49
Chingizxonning nabirasi Xubilay zabt etmaguncha umr ko’rgan. Xubilay yangi
mo’g’ul sulolasiga asos solib, bu sulola xitoycha Yuan deb nomlangan.
XIII asrning 50–60- yillarida butun mamlakatda mo’g’ul istilochilariga
qarshi qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan. 1368- yilda qo’zg’olonchi dehqon armiyasining
rahbarlaridan biri bo’lmish Chju Yuan-Chjan imperator deb e’lon qilinib, Min
sulolasi hukmronligi boshlangan. Ushbu sulola Xitoyni 1368- yildan to 1644-
yilgacha idora qilgan.
XIV asrning oxirgi choragi – XV asrda Min sulolasi Koreya, Tibet,
V’yetnam, Indoneziya, Hindi-Xitoy, Malakkaga nisbatan faol tashqi siyosat olib
borgan. Ushbu mamlakatlarga bir necha bor harbiy ekspeditsiyalar uyushtirilgan.
Ayniqsa, 1403–1433- yillar mobaynida admiral Chjen-Xe boshchiligidagi yettita
dengiz ekspeditsiyalarining ko’lami katta bo’lgan. Min hukumati elchiliklar
almashish vositasida Yaponiya, Kampuchiya, Hindiston, Temuriylar davlati kabi
mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlarni ta’minlashga uringan.
XVI asrda Min sulolasi mo’g’ul xonlarining mamlakat chekka hududlariga
qilgan hujumlarini bir necha bor qaytargan. 1570- yilda tuzilgan uzoq muddatli
tinchlik bitimidan so’ng bosqinlar to’xtatilgan. Tinchlik shartnomalari xonlar va
imperatorlar o’rtasida ilgari ham bir necha bor imzolangan, biroq ular doim Xitoy
uchun manfaatsiz bo’lgan. Mo’g’ul xonlari shunday savdo-sotiqni majburan qabul
qildirganlarki, bunday savdo Xitoyga faqat zarar yetkazgan. Xitoyliklar qimmat
mahsulotlarni (ipak, don, qimmatbaho hunarmandchilik buyumlari) arzon sotishga,
chorva mollarini esa ularning haqiqiy qiymatiga ko’ra yuqoriroq narxlarda harid
qilishga majbur bo’lganlar.
Min imperiyasi ayrim davlatlar bilan tinch savdo aloqalariga ega bo’lgan.
Xitoy hunarmandlarining mahorat bilan ishlangan buyumlari mamlakatdan
anchagina tashqarida sotilardi. Xitoy mahsulotlari rus davlatiga ham etib kelgan.
Dostları ilə paylaş: