Global simsiz tarmoqlar (WWAN) texnologiyalari
WWAN tarmoq texnologiyalarini avlodlarga ajratish qabul qilingan
(1G, 2G, 3G, 4G, …). G – Generation, ya’ni avlodni bildiradi.
Birinchi avlod texnologiyalariga (1G)
analog texnologiyalari
taalluqli. Analog texnologiyalari faqat ovoz chaqiriqlarini amalga oshirish
uchun yaratilgan bo’lib, ma’lumotlarni uzatish tezligi haddan tashqari
past edi.
Ikkinchi avlod texnologiyalari (2G) analog texnologiyalariga
nisbatan
qator afzalliklarga ega, ya’ni ovozning yaxshilangan sifati,
yuqori himoyalanganlik va unumdorlik. Ikkinchi avlod texnologiyalari
xususida so’z borganida, avvalo,
GSM (Global Standard for Mobile
Communications) -
"mobil uyali aloqa uchun global standart"
texnologiyasini ko’rsatish lozim. Ushbu texnologiyada nafaqat
raqamlashtirilgan nutq, balki raqamli ma’lumotlar uzatilishi mumkin.
GSM tarmoq abonentlari mobil modem xizmatlaridan,
kompyuter
tizimlaridan foydalanishlari, elektron pochta xabarlarini yuborishlari va
qabul qilishlari mumkin. Bunday tarmoqlarning asosiy kamchiliklaridan
biri – uzatishning past tezligi. Internetdan mobil foydalanish imkoniyati
GPRS (General Packet Radio Service) - ma’lumotlarni radiotarmoq orqali
paketli uzatishga o’tish bilan anchagina kengaydi. GPRS texnologiyasi
GSM texnologiyaga ustqurma bo’lib, ma’lumotlarni uzatish tezligi 171,2
Kbit/c gacha etadi.
Uchinchi avlod texnologiyalari (3G) yuqorida aytib o’tilgan
ma’lumotlarni uzatish tezligiga talablarga qo’shimcha ikkinchi avlod
tarmoqlari bilan osongina integratsiyasini ta’minlashga mo’ljallangan.
Ushbu avlod texnologiyalariga CDMA
texnologiyasining rivoji
hisoblanuvchi
WCDMA (Wideband Code Division Multiple Access) – kod
ajratishli keng polosali ko’p miqdordagi foydalanish – radiointerfeys
texnologiyasi mansub. Ushbu texnologiya har biri 5 MGs li
radiochastotaning ikkita keng polosasidan foydalanadi.
Mobil
foydalanish texnologiyasi rivojining navbatdagi bosqichi EDGE
(Enhanced Data rates for GSM evolution) – GPRS tarmoqlarga ustqurma
hisoblanuvchi mobil aloqa uchun ma’lumotlarni simsiz uzatuvchi raqamli
texnologiya. EDGE yordamida tarmoqqa ulanish GPRS ga nisbatan
17
taxminan 3 marta tez, ma’lumotlarni uzatish tezligi esa 474 Kbit/s gacha
tashkil etishi mumkin.
HSPA+ (Evolved High-Speed Packet Access) – uchinchi avlodning
tezligi yuqori paketli foydalanish texnologiyasi bo’yicha ma’lumotlarni
uzatish tezligi (bazaviy stansiyadan
barcha lokal abonentlarga
ma’lumotlarni uzatish tezligi) 10 - 20 Mbit/s gacha tashkil etadi.
To’rtinchi avlod texnologiyalarining (4G) uchinchi avlod
texnologiyalaridan asosiy farqi, ushbu texnologiyalar ma’lumotlarni
butunlay paketli uzatish protokollariga asoslangan. 3G texnologiyasi esa
o’zida paketli kommutatsiya bilan kanalli kommutatsiyani birlashtiradi.
WiMAX va LTE (Long-Term evolution) texnologiyalari to’rtinchi
avlod
texnologiyalari hisoblanib, ularda multiplekslashning yangi,
haddan tashqari samarali sxemalari ishlatiladi. Ularning ikkalasida ovozni
uzatish kanali mavjud emas. LTE standartida tarmoqda abonentgacha
tezlik 173 Mbit/s gacha va abonentdan tarmoqqacha tezlik 58
Mbit/s gacha belgilangan.