Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix16.12.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#75302
1   2   3   4   5   6   7
SIMSIZ TARMOQ

Simsiz shahar tarmoqlar (WMAN)
maydoni bo’yicha shaharga 
teng bo’lgan hududga xizmat qiladi. Aksariyat hollarda ilovalarni 
bajarishda belgilangan ulanish talab etilsa, ba’zida mobillik zarur bo’ladi. 
Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi 
klinikalar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Yoki energetik 
kompaniya bunday tarmoqdan shahar masshtabida foydalanib
tumanlardan beriladigan ish naryadlaridan foydalanishni bir erga 
to’playdi yoki mobil foydalanuvchilariga mavjud tarmoq infratuzilmalari 
bilan ulanishni o’rnatishga imkon beradi. 
Simsiz Internet xizmatlari bilan ta’minlovchilar (Wireless Internet 
Service Provider, WISP) uyda foydalanuvchilar va kompaniyalar uchun 
doimiy simsiz ulanishlarni ta’minlash maqsadida shaharlarda va qishloq 
joylarida simsiz shahar tarmoqlarni mijozlar ixtiyoriga taqdim etadi. 
Bunday tarmoqlar, ko’pincha simli yotqizish bilan oddiy simli 
ulanishlarga nisbatan samarali hisoblanadi. 
Simsiz shahar tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. 
Ulanishlarda infraqizil texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni 
uzatish tezligining 100 Gbit/s va unda katta bo’lishini ta’minlaydi. 
Simsiz global tarmoqlar (WWAN) mobil ilovalarning ishlanishini, 
mamlakat yoki xatto kontinent masshtabida foydalanish bilan
ta’minlaydi. 
Telekommunikatsiya 
kompaniyalari 
ko’pgina 
foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni ta’minlovchi simsiz 
global tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday 
yechimning xarajati barcha forydalanuvchilar orasida taqsimlanadi
natijada abonent to’lovi unchalik yuqori bo’lmaydi. 
Ko’pgina telekommunikatsiya kompaniyalarining kooperatsiyasi 
tufayli simsiz global tarmoqlarning ta’sir doirasi chegaralanmagan. 



Telekommunikatsiya xizmatini ta’minlovchilarning birida to’lab, simsiz 
global tarmoq orqali dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan Internet 
xizmatlaridan foydalanish mumkin. 
Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, 
ma’lumotlarni uzatish tezligi 56 Kbit/s ni, ba’zida 170 Kbit/s ni tashkil 
etadi. 
Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni
elektron pochta xabarlarini uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi ilovalar 
hisoblanadi. Umuman, simsiz tarmoqdan foydalanuvchilar hududiy 
chegaralanmaganlar. 
Simsiz shaxsiy, lokal, shahar va global tarmoqlar bir-birini 
to’ldiruvchi bo’lib, turli talablarni qondiradi. Turli simsiz tarmoqlar 
orasidagi farqni aniqlashda ularda ishlatiladigan texnologiyalardan 
foydalanishadi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin