22.MAYDONLI TRANZISTORLAR
Maydonli tranzistor – chiqish toki kirish kuchlanishi
bilan boshqariladigan
yarim o‘tkazgichli asbob. Maydonli tranzistorlarda chiqish tokiga ta’sir qiluvchi
kirish kuchlanishi elektr maydon hosil qiladi.
Maydonli tranzistorlarda tok asosiy tok tashuvchilar yordamida hosil qilinib,
asosiy bo‘lmagan tok tashuvchi zaryad muhim rol o‘ynamaydi.
SHu sababli
maydonli tranzistor
unipolyar tranzistor deb ham ataladi.
Maydonli tranzistorda tokni boshqarish elektr maydon vositasida
boshqarilganidan o‘zgarmas tok va past chastotali o‘zgaruvchan
toklar uchun
tranzistorning kirish qarshiligi juda katta bo‘ladi: 10
8
– 10
15
Om.
Maydonli tranzistorni tayyorlash texnologiyasi bipolyar tranzistorlarni
tayyorlashga nisbatan soddaroq.
Bundan tashqari, maydonli tranzistorlar
mikrosxemalarda kichik yuzani egallaydi va kam tok iste’mol qiladi. SHu sababli
kichik o‘lchamda bir necha mingdan, o‘n mingacha tranzistor va rezistorlarni hosil
qilish imkonini beradi.
Maydonli tranzistorlar tayyorlash texnologiyasi
va konstruktiv ijrosiga
ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: boshqariladigan r-p o‘tishli va zatvori
izolyasiyalangan maydonli tranzistorlar.
Dostları ilə paylaş: